Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147
Agrosanoat m

9.
 
Raskin I.I, Raskin L. I. ApK: proizvodstvo i pervichnaya pererabotka xlopka. –T.: 
Mexnat, 1986
 
 
Internet saytlari: 
1.
Petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve. Uchebnik. 2004,
http://textbook.ru/catalogue/book/33320.html 
2.
Petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve, Akademiya,
2003, 
http://rbip.bookchamber.ru/description7897.htm
3.
N.A. Popov «Osnovi rinochnoy agroekonomiki i selskogo predprinimatelstva», –
M: Tandem /EKMOS, 2002, http://family.taukita.ru/item22219310.html 
4.
N.A.Popov. 
Ekonomika 
otrasley 
ApK. 
Kurs 
lektsiy, 
2002, 
http://shopper.h1.ru/books.shtml?topic=935&page=1
5.
N.YA.Kovalenko, Ekonomika selskogo xozyaystva, M.: «YURKNIGA», 2004, 
http://web.book.ru/cgi-bin/book.pl?page=4&book=88899
6.
www.bearingpoint.uz
– Ekonomika R. Uz. 


97
7-BOB. QISHLOQ XO’JALIGI - AGROSANOAT MAJMUASINING ASOSIY 
BO’G’INI 
 
7.1. Qishloq xo’jaligi - agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, uning o’ziga 
xos xususiyatlari 
Agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini qishloq xo’jaligi tashkil etadi. 
Agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlar aynan qishloq xo’jaligi bilan 
bog’langan. Ularning ayrimlari qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari 
ishlab chiqarib, yetkazib bersa, boshqalari qishloq xo’jaligida yetishtirilgan 
mahsulotlarni tayyorlaydi, ularni qayta ishlaydi va tayyor mahsulotlarni 
iste’molchilarga yetkazib beradi. Ko’plab sohalar esa shu tarmoqlarning bir me’yorda 
ishlashi uchun xizmatlar ko’rsatadilar.
“Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, 
to’qimachilik, yengil sanoatni, oziq-ovqat, kimyo sanoatini, qishloq xo’jaligi 
mashinasozligini va boshqalarni (bular butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini 
tashkil etadi) rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy 
moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. .... Shu sababli agrar 
sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muammolari islohotlarning 
dastlabki bosqichida hamda O’zbekistonning bozorga o’tish strategiyasida hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi”
*

Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo’jaligi o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq xo’jaligini farqlab 
turadi va ishlab chiqarishni tashkil etishda o’z talablarini qo’yadi. Bu xususiyatlar 
quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo’jaligi tabiiy omillarning ta’siri katta. Ob-havoning keragidan issiq 
yoki sovuq kelishi, Yog’ingarchilikning me’yoridan ko’p yoki kam bo’lishi qishloq 
xo’jaligida qilinayotgan mehnatning natijasi turlicha bo’lishiga olib keladi. Tibiiy 
*
I. Karimov, «O’zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», –T.: «O’zbеkiston», 
1995, 59-b. 


98
omillar qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning mavsumiyligini keltirib chiqaradi. Bu 
esa, ishlab chiqarishni tashkil etishda mavjud resurslardan yil davomida samarali 
foydalanishda hisobga olishni talab etadi. Qish oylarida aholining vaqtinchalik bekor 
qolishi ayrim ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalalar olimlar
mutaxassis va ishbilarmonlar oldiga qator vazifalarni qo’yadi.
2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar 
qatnashadi. 
Bu, 
o’z 
navbvatida, 
mutaxassislardan 
faqatgina 
iqtisodiy 
qonuniyatlarnigina emas, balki bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni 
tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi. Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan 
mehnatning samarasi ko’p jixatdan o’simlik va chorva mollarining biologik 
imkoniyatlariga ham bog’liq.
3. Qishloq xo’jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan 
foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha 
hisobga olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi. Qishloq xo’jaligida yerning 
asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida o’ziga xos xususiyatlari kelgusi bobda chuqur 
o’rganiladi.
4. Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat 
natijasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o’rtasida farq katta. Boshqacha 
qilib aytganda, yil davomida faqat xarajatlar qilinadi. Chunki yerni ekishga 
tayyorlash, urug’lik, o’g’itlar, yoqilg’i-moylash materiallari xarid qilish va sarflash, 
mehnatga haq to’lab borish kabi xarajatlar har oyda qilinadi. Ekin turlari hosili esa 
ma’lum davrlarda pishadi. yetishtirilgan hosil sotiladi va undan keyin pul darmodlari 
kelib tushadi. Albatta, amaliyatda shartnomalar asosida qishloq xo’jalik 
korxonalariga bo’naklar (avans) berish, kreditlardan foydalanish yoki ayrim 
xizmatlarni tashkil etish natijasida ma’lum miqdoridagi pul tushumlari bo’lishi 
mumkin. Lekin, umuman olganda, yil davomida xarajat sarflanishi, daromadlarning 
esa ayrim davrlardagina tushishi o’ziga xos ob’yektiv talablarni keltirib chiqaradi. 
Agrar siyosat bu xususiyatni hisobga olgan holda yuritilishi zarur.


99
5. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi. Bu, 
o’z navbatida, ishlab chiqarishni, aholi punktlarini joylashtirishda ma’lum talablarni 
keltirib chiqaradi, qishloq xo’jaligining moddiy – texnika bazasini shakllantirishda 
hisobga olishni talab qiladi.
6. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir qismini o’zi urug’lik, 
yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte’mol qiladi. Odatda ko’pchilik tarmoqlar 
ishlab chiqargan mahsulotlarini o’zlari iste’mol qilmayda yoki iste’mol qilsa uning 
ulushi juda kichik. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning natijasi o’zi uchun 
tayyorlangan mahsulotlarni sifatiga juda ham uzviy bog’liq. Masalan, kelgusi yil 
uchun tayyorlangan urug’likning sifati ishlab chiqarishning natijalari qanday 
bo’lishini belgilab beradi va x.k.
7. Qishloq xo’jaligi mahulotlarining ko’p turlarini uzoq saqlash mumkin emas. 
Bu muammo qishloq xo’jaligi mahsulotlarining deyarli bir davrda pishib yetilishi 
oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu, o’z navbatida, yetishtirilgan mahsulotni 
tayrlovchi, qayta ishlovchi tashkilotlarning bir me’yorda tinmasdan ishlashini, bu esa 
ayrim davrlarda juda katta quvvatlarning bo’lishini talab qiladi. Yilning qolgan 
darvlarida esa bu quvvatlarning nisbatan bo’sh qolishi kuzatiladi. Bu holat qayta 
ishlash tarmoqlarining katta omborxonalari bo’lishini talab etadi. Yirik 
omborxonalarda mahsulotlarni saqlash katta xarajatlar bilan bog’liq. Bu o’z 
navbatida, mahsulotning tannarxiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
8. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari noelastik hisoblanadi. Buning 
natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab ham noelastik bo’ladi. 
Ko’plab rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlaraning narxga nisbatan 
elastiklik koeffitsienti 0,2-0,25 ni tashkil etadi. Bu degani qishloq xo’jaligi 
mahsulotlariga bo’lgan talabni 10 foiz oshirish (qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
xaridini 10 foizga ko’paytirsh) uchun ularni narxini 40-50 foizga tushirish kerak 
degani.
*
*
Minakov I.A i dr. Ekonomika otraslеy APK. Uchеbnik. –M.: KolosS, 2004.-464. (17s.) 


100 
9. Ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanish darajasining yuqoriligi. 
Mablag’larning aylanishi tezligi juda sekin yuz beradi. Bu qishloq xo’jaligini 
investorlar uchun jozibadorligini pasaytiradi.
10. Qishloq xo’jaligida juda ko’plab bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
korxonalarning mavjudligi. Bu xususiyat natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
bozorida erkin raqobat muhiti yuzaga keladi.
Bu kabi o’ziga xosliklarni, albatta, chuqur o’rganish va doimo hisobga olgan 
holda ishlab chiqarishni tashkil etish qishloq xo’jaligining samarali ishlashini 
ta’minlaydi. SHubhasiz, fan, texnika taraqqiyoti o’sib borgan sari qishloq 
xo’jaligining bu xususiyatlari ta’siri nisbatan kamayib boradi, lekin butunlay yo’q 
bo’lib ketmaydi.
Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi asosiy bo’g’ini bo’lib, uning 
rivojlanishi agrosanoat majmuasining jadal va barqaror rivojlanishining asosi 
hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi quyidagi sabablarga ko’ra agrosanoat majmuasining 
asosiy bo’g’ini, yadrosi hisoblanadi: 
·
qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuasiga kiruvchi sanoat tarmoqlari chiqarayotgan 
ishlab chiqarish vositalarini asosiy iste’molchisi. Sanoatning bu tarmoqlari 
oldigan qanday mahsulotlar chiqarishi lozimligi to’g’risida talablarni qo’yadi; 
·
hududlar bo’yicha qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hajmi qayta 
ishlash tarmoqlari korxonalarining joylashishiga va rivojlanishiga asos bo’ladi; 
·
sanoatda ishlab chiqarilgan ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi qishloq 
xo’jaligida yuzaga chiqadi; 
·
qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi oxir oqibatda agrosanoat majmuasida 
mehnatning unumdorligi darajasini belgilaydi; 
·
qishloq xo’jaligida mahsulot va ishlar tannarxi agrosanoat majmuasi mahsulotlari 
tannarxining darajasini belgilaydi; 
·
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayonlarining sanoatlashishi uni qayta 
ishlash tarmoqlari bilan integratsiyalashuvining asosi hisoblanadi.


101 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə