Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147
Agrosanoat m

Qisqacha xulosalar 
Agrosanoat majmuasining muhim bir sohasi ishlab chiqarish infratuzilmasi 
hisoblanadi. Infratuzilma – ishlab chiqarishning normal ishlashi uchun zarur bo’lgan 
barcha xizmatlarni ko’rsatuvchi va bevosita ishlab chiqarish jarayoni davomida uzviy 
ishtirok etuvchi tarmoq va xizmatlar yig’indisidir. Infratuzilmaning asosiy qismi 
ijtimoiy infratuzilmadan tashkil topadi. Agrosanoat majmuasining ijtimoiy 
infratuzilmasiga taransport (aholini tashish bilan shug’ullanuvchi), yo’llar, sog’liqni 
saqlash va aholining sog’ligini tiklashga xizmat qiluvchi tizimlar, bolalar va 
mutaxassislarga ta’lim beruvchi sohalar, uy – joy, ichimlik suv, gaz bilan ta’minlash 
tizimi va boshqalar kiradi. Agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasi 
agrosanoat majmuasi barcha tarmoqlarining normal ishlashi uchun zarur sharoit 


94
tug’diradi, ularda ishlayotganlarga xizmat ko’rsatadi. Ularning rivojlanganlik darajasi 
juda ko’plab ijtimoiy muammolarni yechadi. Natijada, agrosanaot majmuasida 
mehnatning sifati va unumdorligi oshadi. Bu esa katta samardorlikka olib keladi. 
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasi 
nisbatan yaxshi rivojlangan. Shu bilan birga muayyan kamchiliklar ham mavjud. 
Ulardan eng asosiylari ijtimoiy infratuzilmasining bozor munosabatlariga to’liq javob 
beradigan yangidan-yangi ayrim turlari mavjud emasligidir. Qolaversa, mavjud 
ijtimoiy infratuzilmaning xizmat sifati, madaniyati hali unchalik baland emas. Bu 
muammolar agrosanoat majmuasining natijaviy ko’rsatichlariga salbiy ta’sir etadi. 
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasini 
rivojlantirishning asosiy vazifalardan hisoblanadi.
 
Tayanch iboralar 
Infratuzilma, ijtimoiy infratuzilmasi, ishlab chiqarish infratuzilmasi, ishlab 
chiqarish imkoniyatlari, agrasanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarni mutanosib 
rivojlantirish, mahsulot sifati, agrosanoat integratsiyasi, agrar siyosat, agrosanoat 
majmuasi, iqtisodiyot, agrosanoat majmuasi tarkibi, agrosanoat majmuasining 
sohalari, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy muhit, hudud iqtisodiyoti, tarmoqlarning 
mutanosib rivojlanishi, ijtimoiy masalalar, aholi turmush darajasi, iqtisodiy samara, 
ijtimoiy samara, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, barqaror iqtisodiy rivojlanish, 
iqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, mehnat resurslari, yer va suv fondi, 
ishbilarmonlik, xususiy tadbirkorlik.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə