O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi turon zarmed universiteti «iqtisodiyot»



Yüklə 78,56 Kb.
səhifə1/2
tarix08.04.2023
ölçüsü78,56 Kb.
#104745
  1   2
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnomaning ahamiyati.







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TURON ZARMED UNIVERSITETI



«IQTISODIYOT»
FANIDAN

MUSTAQIL ISH


Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnomaning ahamiyati.




Bajardi: 4-22 IQTS-22 guruh talabasi
Yoqubova Umriya
Tekshirdi:



Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnomaning ahamiyati.
Reja:

1. Bozor va uning asosiy mohiyati hamda vazifalari.


2. Bozorlar tizimi va bozor infratuzilmasi moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va jamiyat hayotining muhim shartidir.
3. Kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlashda shartnoma munosabatlari.

Korxonalar va turli xildagi iqtisodiy subyektlar o'rtasida baja- riladigan ishlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma maz- muni bajariladigan ishlar xususiyatiga, xarakteriga, ogʻir-yengilligiga bog'liq. Shartnomada ishning hajmi, qiymati, muddati, sifati, haq to'lash shartlari ko'rsatiladi. Majburiyatlar nihoyatda o'z mazmuni bo'yicha xilma-xil. Masalan, haq to'lash sharti oldindan va akkreditiv orqali amalga oshirilishi mumkin. Akkreditiv yo'li bilan haq to'lashda pul mablag'lari xaridor tomonidan bankning akkreditiv hisobiga tushadi. Iste'molchi tovarni olgandan so'ng bankka xabar beradi, so'ngra pul mablag'lari akkreditiv hisobidan sotuvchining bankdagi hisob raqamiga o'tkaziladi. Bu 3 5 kunlik tezkor akkreditiv hisob- lanadi.


Ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar (buyutmachilar) oʻrtasidagi shartnoma bilan tovar birjalarining bitimlarini farq qilish zarur. Birja


shartnomalari quyidagilar: - Buyurtma shartnomasi;


- Komissiya shartnomasi;


Ishonch qog'ozi;


Bankning kafolat qog'ozi yoki bank ma'lumotnomasi; Brokkerning mijozga hisoboti;


- Bor boʻlgan tovar bilan oldi-sotdi bitimi tuzish;


- Xabarnoma; - Aloqa bogʻlash shartlarini kelishib olish bayonnoma tarzda


bo'lishi mumkin. Fyucher va forvard bitimlari esa ishlab chiqarishga oldindan pul


mablag'lari kelib turishi bilan, uning ishonchi asosida, muvaffaqiyatli


3-27

33

ishlashi uchun imkoniyat yaratadi, investitsiya mablag'larini eng ko'p foyda keltiruvchi sohalarda to'playdi. Fyucher - kelajakda tovar yetkazib berish bo'yicha barcha shartlar ko'rsatilgan bitim, kelishuv shakli (mahsulot miqdori sifati, bahosi,


muddati va boshqalar); ma'lum muddat mobaynida mahsulotni yetkazib


berish to'g'risidagi bitim.


Fyucher bozori yordamida qishloq xo'jalik mahsulotlari, kofe, shakar va boshqa tovarlar sotiladi. Fyucher bozori yordamida ishbilar- mon ma'lum miqdordagi tovarni bugungi narxda kelajakda ma'lum muddatga qo'yish uchun shartnoma tuzadi.


Forvard bitimi - tovar xomashyo bitimining bir shakli boʻlib, uning mohiyati bitimga ko'ra, tovar iste'molchiga tezda yetkazilishi shart emas. Vaholangki, kelasi davrda bitim tuzish mobaynidagi barcha shartlar belgilangandan keyin tovar iste'molchiga etkazilishi kerak.


Shunday qilib, obyektiv iqtisodiy regulyatorlar yordamida hu- kumat va jamiyat ishlab chiqarishni boshqarish ishlaridan ozod bo'ladi. Tovar xomashyo birjalarining ma'lumotlari korxona aksiyalarini (qimmatini) narxlashning oʻzgarishida aks etgan bo'ladi. Bunday korxonalar birja tovarlarini ishlab chiqaradi yoki iste'mol qiladi. Aksiyalar kursining fond birjalarida narxlanishi, ya'ni qimmatining belgilanishi xususiy investorlarga o'z pul mablag'larini qayerga ajratishlarini, sarflashlarini tanlab olish imkoniyatini beradi.


Sof iqtisodiy usullar vordamida ishlab chiqarishning rivojlanishi


Sof iqtisodiy usullar yordamida ishlab chiqarishning rivojlanishi boshqariladi, sarmoyalar (kapitallar) foyda keltiruvchi sohalarga (mahsulotiga bozor talabi kuchli boʻlgan sohalar) oqib o'tadi. Natijada shunday turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar kuchsiz bo'lib, mahsulotiga talab tushib ketadi, samaradorlik pasayadi. Bunday holat ham iste'molchiga va jamiyatga ham foyda keltiradi. Kapitalning tovarga talab kuchli bo'lgan sohalarga olib borishi ishlab chiqarishni rag'batlantiradi. Tovar bahosining o'sishdan ishlab chiqaruvchilar manfaatdor bo'ladi, ishlab chiqarish o'sadi, bozor tovarlar bilan to'ldiriladi; mo'l-ko'lchilik tovarlar bahosini pasay- tiradi. Bundan iste'molchi manfaatdor boʻladi.


Yuqoridagilarga misol tariqasida Buyuk Britaniya va O'zbekiston hamkorligida yaratilgan tamaki mahsuloti ishlab chiqaruvchi «O'ZBAT korxonasini, Aysel» turk qurilish kompaniyasini keltirish mumkin. Bu kompaniya «Interkontinental» mehmonxonasini, O'zbekiston Respub- likasi Milliy Banki binosini qurib foydalanishga topshirdi. O'zbekiston korxonalariga tashkilotlariga xizmat ko'rsatuvchi Gollandiyaning ABN- AMRO Milliy banki yaratilishi, Chet el investitsion loyihalarini


moliyalashtirish uchun yaratilgan O'zbekiston Respublikasi xusu- siylashtirish banki. Yaponiyaning Sakura LTD xorijiy banki, Fran- siyaning SOSETE Jeneral, Hindistonning milliy banki, turli xildagi Rossiya banklari, Sof xorijiy kapitalga asoslangan (100%) Toshkent» Markaziy Osiyo rekonstruksiya qilish va rivojlantirish banki kabilar shular jumlasidandir.


Qo'shma korxonalardan Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yara- tilgan «UzDEUavto» korxonasi va «UzDEU elektroniks», Buxorodagi neftni qayta ishlash qo'shma korxonasi, Italiya bilan «O'z Italmotor>> hissadorlik jamiyati, AQSH bilan (kompaniya Nyumont Mayning») oltinni birgalikda qazib olish qo'shma korxonasi va boshqalarni misol qilib keltirsa bo'ladi. Xozir O'zbekistonda 1500 dan ortiq xorijiy sarmoyalar bilan ishlaydigan korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan. AQSH bilan yaratilgan 200 ta korxona, Germaniya bilan 150 dan ortiq, Janubiy Koreya bilan 100 dan ortiq korxonalar ro'yxatdan


o'tgan. Mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish jarayonining asosiy ishtirokchilari quyidagilar.


mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki xizmatlarni bajaruvchi; - tovar xomashyo birjasining brokeri;


- Kommersiya banki; Ulgurji baza, omborlari;


- Avtotransport korxonalari, yuk avtomobilining egasi hisoblanadi.


Xo'jalik shartnomasi deganda nimani tushunish lozim?


Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini belgilash o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarga shartnoma (yoki bitimlar) deyiladi (O'zbekiston Respublikasi fuqarolik Kodeksi 101; 353-moddasi yoki O'zbekiston Respublikasi xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risidagi qonunning 3-moddasi).


Shartnoma qishloq xo'jalik korxonalari, dehqon (fermer) xo'ja-


liklari bilan dehqonchilik mahsulotlarini xarid qiluvchilar (tayyorlov,


Feruz Maxmudov, [22.12.2022 16:45]


savdo, qayta ishlovchi va boshqalar) o'rtasida tuziladigan qonuniy hujjatdir. Bunda asosan bir tomondan xo'jaliklar qishloq xo'jalik mahsulotlarini shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, sifatda, assortimentda (turi va navi bo'yicha) va muddatlarda yetishtirib berish majburiyatini olsa, ikkinchi tomondan, buyurtmachi (yoki iste'- molchi) uni qabul qilib olish, qiymatini belgilangan va kelishilgan narxlarda toʻlash, ishlab chiqarishni tashkil etish, avans berish,

Mehnat shartnomasi alohida shartnoma.


mahsulotni transportda tashishda xo'jalikka yordam ko'rsatish maj- buriyatini o'z zimmasiga oladi.


Majburiyat nima?


Majburiyat - fuqarolik huquqiy munosabati boʻlib, unga bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish, pul to'lash va boshqalar yoki muayyan harakatdan o'zini saqlashga majbur bo'ladi, kreditor esa - qarzdordan o'zining majburiyatlarining bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.


Shartnomalar mahsulot yetkazib berish shartnomalariga, xizmat- lar ko'rsatish bo'yicha ijara shartnomalariga va bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab boshqa turlarga bo'linishi mumkin. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga, bir yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli, 5 yilgacha) yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatlarga tuzilishi mumkin. Agar shartnomaning amal qilish muddati ko'rsatilmagan bo'lsa, u bir yilga tuzilgan deb hisoblanadi.


Shartnomaning mohiyati quyidagi bandlar bo'yicha yoritilishi


mumkin:

I. Shartnoma mohiyati (predmeti), nima to'g'risida ekanligi;

II. Tomonlarning majburiyatlari;


2.2. Mijoz (iste'molchi)ning majburiyatlari;


III. Tomonlar huquqi;


3.1.Mijozning huquqlari;


IV. Xizmatlarga iste'molchining pul to'lovlari miqdori va muddati; V. Tomonlarning javobgarligi; VI. Fors-Major majburiyatlari (favqulotda holatlarda);


qilish tartibi;


VII. Shartnomaning amal qilish muddati, uni oʻzgartirish, bekor VIII. Shartnomaning boshqa shartlari;


IX. Tomonlarning huquqiy manzili va to'lov hujjatlari.


Shartnoma qanday tuziladi?


Shartnoma erkinlik, o'zaro manfaatdorlik, shartnoma intizomiga rioya qilish, taraflarninng mulkiy javobgarligi prinsiplariga asoslanib tuziladi.


Xo'jalik shartnomasi qoida tariqasida, taraflardan birining Oferta


(shartnoma tuzish haqida taklif) yo'llashi va ikkinchi taraf akseptlashi


(taklifni qabul qilishi) yo'li bilan tuziladi. Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan bo'lishi


shart.
Oferta yo'llagan shaxs boshqa shaxsning (mijoz, iste'molchi va h.k.) akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi (O'zbekiston Respublikasi fuqarolik Kodeksi. 365; 367; 370-moddalar).


Xo'jalik shartnomasi yozma shaklda, 3 nusxada xo'jalikni o'zida tuziladi. Tuzilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo'lib qoladi. Agarda oferta va aksept talablari bajarilgan bo'lsa, sharnomaning yozma shakliga rioya etilgan deb hisoblanadi.


Xo'jalik shartnomani 7 kun ichida imzolashi va buyurtmachiga


(tayyorlovchiga) yetkazishga majbur. Agar shartnoma shartlari bo'yicha xo'jalikda e'tiroz paydo boʻlsa, xoʻjalik xuddi shu 7 kun ichida kelishmovchiliklar bayonini tuzadi va imzo chekilgan shartnomani kelishmovchiliklar bayonining ikki


nusxasi bilan birgalikda tayyorlovchiga yuboradi. Tayyorlovchi kelishmovchiliklar bayonini olgach, 5 kun mobaynida uni ko'rib chiqishga, qabul qilingan barcha takliflarni shartnomaga kiritishga, agar nizoli masalalar bo'lsa, xuddi shu muddatda xo'jalik sudiga murojaat qilishga majburdir.


Imzolangan shartnoma 3 kun ichida mahsulot tayyorlash va uning sifati bo'yicha Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi (O'zbekiston Respublikasining «Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shart- nomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida» 1998-yil 29-avgustdagi qonuni.


11, 12, 13-moddalar). Xo'jalik shartnomalari qanday qonuniy va me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tuziladi?


Xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilishda yuzaga keladigan munosabatlar «O'zbekiston Respublikasining fuqarolik Kodeksi», «Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni (1998-yil 29-avgust), O'ishloq xo'jaligi mahsulotlari kontrak- tatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish to'g'risida Nizom» (1994-yil 29-avgust), «O'zbekiston Respublikasining fermer xo'jaligi toʻgʻri- sida» (1998-yil 30-aprel), O'ishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida» (1998-yil 30-aprel), «Dehqon xo'jaligi to'g'ri- sida (1998-yil 30-aprel), «O'zbekiston Respublikasida korxonalar to'g'risida (1991-yil 15-fevral), «O'zbekiston Respublikasining tadbirkorlik to'g'risida» (1991-yil 15-fevral)gi qonunlari bilan tartibga solinadi.


Shartnomalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish nima? Bu shartnomani xo'jaliklarning yuristlari yoki jalb etilgan. advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko'rilishi, demakdir. Shartnomalar ularning imzolarisiz tuzishiga yo'l qo'yilmaydi.


Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to'g'risidagi (1998 yil 29 avgust) O'zbekiston Respublikasi qonuning 21-moddasi.


Agar xo'jalik shartnomalarida mo'ljallangan ishlar qimmati eng kam ish haqining 200 barobaridan ortib ketsa, bunday shartnoma yuristlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi. Dovolos kobalami hal ailish tartibi


Da'volar, bahslarni hal qilish tartibi.


Tovarlarni yetkazib beruvchi xo'jaliklar uchun yoki xizmat ishlarini bajaruvchilar uchun shartnoma majburiyatidagi kamchiliklarining xususiyati, xili yoki holatiga qarab, o'ziga yarasha qonun doirasida choralar ko'riladi. Ularning me'yori har xil. Shartnoma majburiyat- larini buzganlik uchun javobgarlik», «Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 24, 36-moddalarida bayon etilgan.


Agar xo'jalik shartnomalari bajarilmasa, bu taraf boshqa tarafga yetkazgan zararini to'laydi; muddatlari kechiktirib yuborilsa buyurt- machiga kechiktirilgan har bir kun uchun 0,5% peniya to'laydi (majburiyat bajarilmagan tovar qiymmatidan). biroq bu peniya yetkazib berilmagan tovarlar qiymatining 50% dan oshib ketmasligi kerak.


Sifati, assortimenti lozim darajada bajarilmaganligi uchun shunday tovarlar (yoki ishlar) qimmatining 20% miqdorida sotib oluvchi jarima undirib olishga haqlidir; tovarlar but kelmagan bo'lsa, yetishmagan tovarlar qiymatini qo'shgan holda but (komplekt) bo'lmagan tovarlar qiymatining 20% miqdorida yetkazib beruvchidan buyurtmachi (sotib


oluvchi) jarima undirishga haqli. Agar tovarlar lozim darajada o'ralib, joylashtirib jo'natilmagan bo'lsa, 50% miqdorida jarima to'laydi.


Sotib oluvchi tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganligi uchun yetkazib beruvchiga o'z vaqtida olinmagan tovarlar qiymatining 5% miqdorida; tez buziladigan tovarlar bo'yicha esa 10% miqdorida jarima to'laydi. Shu bilan birga yetkazib beruvchi o'z muddatida asossiz sabablarga ko'ra tovarlar qiymati to'lanishini talab qilishga haqlidir. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to'lamaganlik uchun tovarni sotib oluvchi 15% miqdorida jarima toʻlaydi. Hisob-kitoblar mahsulot qabul qilib olingandan so'ng 3-5 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.


Kontraktatsiya shartnomasini tuzish muddatini asossiz o'tkazib yuborganliklari uchun tomonlar har bir o'tkazib yuborilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida, ammo eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima


to'laydilar. Tovon (neustroyka) to'laganligidan qat'iy nazar, shart- noma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga shu zarar oqibatida o'zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.


Shartnoma tuzish amaliyotida xo'jalik sudlari quyidagi kamchi-


1) yuqoridan ko'rsatma kutib ishlash hollari; 2) mas'uliyatni to'la his etmaslik;


3) imzo chekish va muhr bosishda e'tiborsizlik, namunaviy shartnoma shakllarini shundayligicha, xo'jaliklarning xususiyatlarini


hisobga olmay qabul qilish; 4) ba'zi bir xo'jaliklarda shartnoma tegishli bandlarining to'l-


dirilmay qolishi;


5) shartnomada mahsulot bahosini belgilashda ba'zi mutasaddi rahbarlar o'z xo'jaliklari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini aniq va to'g'ri hisob-kitob qilmasligi;


6) tomonlarning, ayniqsa, iste'molchining mulkiy javobgarligini


belgilovchi normalarning (talablarning) shartnomaga kirmay qolishi va shartnoma shartlari buzilgan hollarda ularning qoʻllanmasligi hollari; 7) yetishtirilgan mahsulot uchun hisob-kitob ishlarini o'z vaqtida emas, balki kechiktirib, mavsum oxirida, tomonlar o'rtasida solish-


tirish dalolatnomasi tuzilgach amalga oshirish;


8) shartnomada mahsulotni sotish bahosini to'g'ri ko'rsatmaslik; 9) avans pulini to'lash mahsulotni sotish, yetkazib berish va haq to'lash muddatlarining belgilanmay qolishi;


10) shartnomada majburiyatni bajarmaganlik uchun tomonlar o'rtasidagi moddiy javobgarlik choralari nomutanosib ravishda taqsim- lanadi. Shuni ham aytish kerakki, bunda faqat moddiy javobgarlik bilan cheklanib qolingan, xolos. Masalan, go'sht tayyorlab chiqaruvchi hissadorlik jamiyati mahsulotni o'z vaqtida topshirmasa, 25% jarima to'lashi, tayyorlovchi tomon esa atigi 5% jarima to'lashi belgilangan;


11) shartnoma tuzishda ayrim xoʻjalik rahbarlari shartnomani oʻzlari emas, balki boshqa shaxslarga imzolatib, korxona muhri bilan tasdiq- laydilar;


12) ayrim tuman xo'jaliklarida kontraktatsiya shartnomasini tuzishga


yuzaki qaraladi, bu muhim qonuniy hujjat nomigagina tuziladi (bir


kunda); 13) kontraktatsiya shartnomasi majburiyatlari bajarilmagan hollarda javobgar shaxslarga nisbatan da'vo arizalari bilan xo'jalik sudiga murojaat qilmaydigan hollar ko'p. Bu esa shartnomaga imzo chekuvchi xo'jalik rahbarlarining o'z huquqlarini yaxshi bilmasliklarini ko'rsatadi.





Yüklə 78,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə