Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasining ahamiyati



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   147
Agrosanoat m

6.2.Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasining ahamiyati,
iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati 
Mamlakat agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasi katta iqtisodiy va 
ijtimoiy ahamiyatga ega. CHunki ijtimoiy infratuzilmasisiz agrosanoat majmuasi 
mo’’tadil faoliyat yuritishi mumkin emas. Ijtimoiy infratuzilmasi agrosanoat 
majmuasida ishlab chiqarishning uzluksiz tashkil etilishiga, uning barqaror ishlashi 
uchun sharoit yaratadi. Agarda har bir korxona barcha ish va xizmatlarini o’zi 
bajarishga harakat qilsa, bu juda qimmatga tushadi. Ko’p holatlarda buni amalga 
oshirish mumkin ham emas. Bu ish va xizmat turlarini bir xo’jalik bajarishi uchun 
qanchadan qancha mutaxassis, transport, texnikalar va boshqa resurslar kerak. Bu 
xizmatlarni tashkil etish uchun xo’jalikda mutaxassislar, moliyaviy resurslar yetarli 
emas. CHunki ayrim xizmat turlari ta’minoti bir xo’jalik uchun emas, balki yuzlab
minglab tashkilotlarga xizmat ko’rsatadi. Masalan, elektr bilan ta’minlash va h.k. 
Ularni har bir xo’jalik o’zi aholida tashkil eta olmaydi. SHu sababli ham bu ish va 
xizmat turlari aholida mustaqil tizimlarni tashkil etadi. 
Agrosanot majmuasi ijtimoiy infratuzilmasi iqtisodiyotda katta o’rinni egallaydi. 
Eng avvalo, bu ish va xizmatlar ishlab chiqarishning rivojlanishga olib keladi. 
Iqtisodiyot rivojlangan sari esa, infratuzilma xizmatlariga talab ortadi. Natijada, 
ishlab chiqarishning samaradorligi oshadi. Mehnatga layoqatli aholining katta qismi 
infratuzilmaga ishga joylashadi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda jami 
ishlayotganlarning 60-70 foizi xizmat ko’rsatish tizimida ishlaydi. Bizda esa bu 
ko’rsatkich 14 foizdan kamroq. Natijada qishloq xo’jaligi korxonalari o’ziga xos 
bo’lmagan ko’pgina xizmat turlarini o’zlari bajaradilar. SHu bois ishlab 
chiqarishning samaradorligi kutulgan darajada ijobiy emas.


90
Infratuzilma qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensiv rivojlantirishga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi, qishloq xo’jaligi tarmoqlarini asta-sekin ayrim xizmat ko’rsatish 
funktsiyalaridan ozod qiladi. Bu xizmatlar ixtisoslashgan infratuzilma korxona va 
tashkilotlari tomonidan bajariladi. Albatta, bu iqtisodiy samaradorlikning oshishiga 
olib keladi. Qishloq xo’jaligi ham asosan ishlab chiqarish jarayoni bilan 
shug’ullanadi. Natijada barcha ishlarning o’z agrotexnik muddatlarida sifatli 
bajarilishi ta’minlanadi. Lekin hozirda infratuzilma bajarishi kerak bo’lgan juda 
ko’plab ish va xizmatlar qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan bajarilmoqda. Bu, 
o’z navbatida, ayrim ishlarning sifatsiz va katta xarajatlar evaziga bajarilishiga olib 
kelmoqda. Ikkinchi tomondan, mavjud infratuzilma ham samarali va sifatli faoliyat 
ko’rsatadi. Shulardan biri ko’rsatilayotgan xizmatlar bazorida raqobat muhitining 
pastligi, ko’pgina hollarda umuman yo’qligi, xizmatlar sifatining juda pastligidir. 
SHu sababli bu borada ham qilinadigan ishlar juda ko’p. 
Respublikada agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasi ma’lum darajada 
rivojlangan. Ayniqsa bu masalalarga mustaqillik yillarida katta e’tibor berildi. 
Natijada aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 83 foiz, tabiiy gaz bilan 
ta’minlanish darajasi 81 foizga yetdi. Bu yo’nalishdagi ishlar davlatning qattiq 
nazorati ostida rivojlantirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda bozor iqtisodiyotining darajasi faqat ishlab chiqarish 
sohalarining rivojlanish ko’rsatkichlari bilan emas, balki ayni vaqtda xalqning xizmat 
turlaridan qay darajada foydalanayotganligi bilan ham baholanadi. Chunki aholining 
turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri xizmatlar ko’rsatish 
darajasidir. 
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bilan bog’liq muammoning yechiishiga 
salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
·
bu soha mehnati unumsiz deb qaralib, moddiy ishlab chiqarishga sohasiga ko’proq 
e’tibor berish siyosati; 
·
aholi jon boshiga to’g’ri keladigan jami milliy mahsulot hajmining yuqori 
emasligi. Agar rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatkich 30-40 ming AQSH 


91
dollarni tashkil etsa, Respublikamizda 90-yillarning boshiga kelib, 1,5 ming 
so’mni tashkil etgan, 2005 yilga kelib 381,8 ming so’mni tashkil etdi;
·
mehnat taqsimotining ma’lum hudud manfaatlarining ustunligi asosida tashkil 
etilganligi;
·
aholining real daromadi talabning pastligini ta’minlaydi; 
·
davlatning iqtisodiy monopolistik xukmronligi bu sohaning taraqqiyotiga salbiy 
ta’sir ko’rsatishi mumkin;
Shu sababli O’zbekiston Respublikasi prezidenti, hukumati ushbu salbiy 
omillarning ta’sirini keskin kamaytirish va iqtisodiy rivojlanish jarayonida ularni 
butunlay ijobiy yechish siyosatini olib bormoqda.
Respublika aholisining uy-joy fondi bilan ta’minlanish darajasi yildan yilga 
yaxshilanib bormoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi aholisi uy-joy fondi 
bilan yaxshi ta’minlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Birgina 2005 yilda aholining 
uy-joy fondi 6,0 mln. kv.m ga ko’paydi va 2006 yilning 1 yanvar holatiga 379,6 
mln.kv.m.ni tashkil etdi. Respublika aholisining uy-joy fondi bilan ta’minlanish 
darajasi aholi jon boshiga o’rtacha 14,5 kv.m.ni tashkil etdi. Qishloq joylarda bu 
ko’rsatkich 14,2 kv.m.ni tashkil etmoqda. Aholining uy-joy bilan ta’minlanish 
darajasi tibbiyot tashkilotlari belgilagan me’yor darajasida. Bu holat aholining 
mehnatdan keyin o’z kuchlarini tez va sifatli tiklashiga zamin hisoblanadi. 
Respublikada aholiga pullik xizmat ko’rsatish tizimi ham jadal rivojlanib 
bormoqda. 2005 yilda aholiga pullik xizmat ko’rsatish 2004 yilga nisbatan 15 foizga 
o’sdi. 2005 yilda aholiga jami bo’lib 1609,7 mlrd. so’mlik pullik xizmat ko’rsatildi. 
Aholiga pullik xizmat ko’rsatish tizimi bozor talablariga tabora yaxshi moslashib 
bormoqda. Uning tarkibida nodavlat sektorning ulushi o’sib bormoqda. 2004 yilda 
aholiga jami ko’rsatilgan pullik xizmatlarning 28,3 foizi davlat mulkiga asoslangan 
pullik xizmat ko’rsatish korxonalari tomonidan, 71,7 foizi nodavlat sektor 
korxonalari tomonidan ko’rsatildi. 2005 yilda aholiga ko’rsatilgan jami pullik 
xizmatlarning 74,3 foizi nodavlat va 25,7 foizi davlat mulkiga asoslangan korxonalar 
tomonidan ko’rsatildi. 2005 yilda aholi jon boshiga pullik xizmat ko’rsatish o’rtacha 


92
61,3 ming so’mni tashkil etdi va bu 2004 yildagi ko’rsatkichdan 13,6 foizga ko’p 
bo’ldi. 
Olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida aholining turmush darajasi o’sib 
borishi kuzatilmoqda. 2005 yilda 2004 yilga nisbatan aholininig nominal pul 
daromadlari 29,7 foizga o’sdi va 9989,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. Aholining real pul 
daromadlari 2005 yilda 2004 yildagiga nisbatan 22 foizga o’sdi. Aholi pul 
daromadlarining shakllanishida ish haqidan tashqari manbalarning o’rni katta 
bo’lmoqda. Masalan, 2005 yilda aholining jami pul daromadlari va xarajatlari 
tarkibida ish haqi 29,4 foizni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan olgan 
daromadlar 26,0 foizni, ijtimoiy transfertlar 14,6 foizni, ishbilarmonlik va mulkdan 
olinadigan daromadlar 30 foizni tashkil etgan. Bu jarayonning ijobiy tomoni aholi pul 
daromadlarining uchdan bir qismi xususiy mulklardan foydalanish va tadbirkorlik 
faoliyatidan olinayotganligidadir. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə