Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Qishloq xo’jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   147
Agrosanoat m

 
10.2. Qishloq xo’jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari 
 
Ma’lumki, asosiy fondlarsiz hozirgi zamon ishlab chiqarishini tashkil etish 
mumkin emas. Ularning mavjudligi, sifati, unumdorligi ishlab chiqarishning 
samarasini hal qilishda asosiy o’rinni egallaydi. Xo’jaliklarda mavjud fondlar ikki 
katta guruhga bo’linadi. Bular asosiy va aylanma fondlardir.
Asosiy fondlar bir necha ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi, o’zining 
qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lib-bo’lib o’tkazadi. Bu eskirgan 
qiymat, amortizatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarida 
ishtirok etib, tamomam eskirib bo’lganda ham o’zining fizik shaklini o’zgartirmaydi. 


181 
Ana shu xususiyatlarga ega va talablarga javob beradigan fondlar asosiy fondlardir. 
Bularga imorat va inshoatlar, mashinalar (kombaynlar, traktorlar va h.q.), transport 
vositalari, asbob – uskunalar, ko’p yilllik daraxtzorlar, uzumzorlar, mahsuldor chorva 
mollari va ishchi hayvonlar kiradi. Asosiy fondlar asosiy vositalarning qiymat 
ko’rinishiga ega qismi bo’lganligi uchun ham asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan 
yer asosiy fondlar tarkibiga kiritilmaydi. Ishlab chiqarishda qatnashishiga qarab 
asosiy fondlar ikkiga, ya’ni ishlab chiqarishga tayin etilgan va ishlab chiqarishga 
tayin etilmagan asosiy fondlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishga tayin etilmagan asosiy 
fondlarga ijtimoiy sohaning asosiy fondlari kiradi. 
Xo’jaliklar o’z balanslarida mavjud asosiy fondlardan foydalanishning holatini 
ko’rsatkichlar tizimi bilan aniqlab boradi. Qishloq xo’jaligi korxonalarining fond 
bilan ta’minlanish darajasi. Bu ko’rsatkich xo’jalikda mavjud asosiy fondlarning 
o’rtacha yillik qiymatini yer moydonlariga (qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar, 
haydaladigan yerlar, ekin maydonlari) bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi fond qaytimi va fond 
sig’imi ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond qaytimi yil davomida ishlab 
chiqarilgan yalpi mahsulotni yoki foydani asosiy fondlarning o’rtacha yillik 
qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Fond qaytimi xo’jalikda mavjud 1 
so’mlik asosiy fondlar evaziga qancha so’mlik yoki tiyinlik yalpi mahsulot (foyda) 
ishlab chiqarilganini bildiradi. Bu ko’rsatkich natijasi qancha yuqori bo’lsa, 
fondlardan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. 
Fond sig’imi fond qaytimining aksi bo’lib, asosiy fondlarning o’rtacha yillik 
qiymatini xo’jalikning yalpi mahsulotiga bo’lish natijasida aniqlanadi. Fond sig’imi 
xo’jalikda 1 so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha so’mlik asosiy 
fond ishlab chiqarish jarayonida qatnashganini ko’rsatadi. Fond sig’imi ko’rsatkichi 
qanchalik past bo’lsa, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori 
hisoblanadi. Fond qaytimi va sig’imini foydaga nisbatan ham aniqlash maqsadga 
muvofiq.


182 
Xo’jaliklarning asosiy fondlari besh xil (dastlabki, qoldiq , tiklash, balans va 
tugatish baholarida) baholanadi. Asosiy fondlarning dastlabki qiymati ularni birinchi 
bor sotib olish bilan bog’liq xarajatlardir. Asosiy fondlarning sotishdagi qiymati, 
ularni tashib olib kelish va o’rnatish xarajatlari ham daslabki bahosiga kiradi.
Asosiy fondlarning tiklash qiymati deganda ishlab turgan asosiy fondning 
hozirgi bozor narxida qanchaga baholanishi tushuniladi. Aks holda mavjud 
inflyatsiya tasirida amortizatsiya ajratmasi natijasida yig’ilgan mablag’ga huddi 
shunday texnika sotib olish mumkin emas. CHunki uning narxi oshib ketgan bo’lishi 
mumkin.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishda qatnashadi va vaqt o’tishi bilan eskiradi. 
Asosiy fondlarning eskirishi ikki xil bo’ladi.
Birinchisi, ma’naviy eskirish. Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi quyidagi 
hollarda yuz beradi: birinchidan, mavjud asosiy fonddan unumliroq bo’lgan yangisi 
yaratilganda. Fan, texnika taraqqiyoti texnikaning yangi, unumli turlarini ishlab 
chiqqan holda eski fondlar yangisiga nisbatan unumsizroq bo’lganligi uchun 
ma’naviy eskirgan hisoblanadi. Masalan, xo’jalikda ishlatilayotgan, sekundiga 12 kg. 
bug’doy o’radigan kombayn o’rniga sekundiga 16 kg. bug’doy o’ra oladigan yangi 
kombayn yaratildi, deylik. Bu holda sekundiga 12 kg. bug’doy o’radigan kombayn 
ma’naviy eskirgan hisoblanadi. Ikkinchidan, xo’jalikda mavjud tehnikadan narxi 
arzonroq yangi texnika chiqarilgan holda ham ma’naviy eskirish yuz beradi. Masalan, 
hozirda ishlayotgan don o’rish kombayni 30 mln. so’m turadi. Huddi shunday texnik 
imkoniyatlarga ega kombaynning yangi avlodi yaratildi, deylik va uning narxi 25 
mln. so’m. Bu holda biz ishlatayotgan 30 mln. so’mlik kombayn yangi 25 mln. so’m 
turadigan kambaynga nisbatan ma’naviy eskirgan hisoblanadi. Iqtisodchilarning 
bunday vaziyatdagi asosiy vazifasi ma’naviy eskirgan texnikalardan yana qancha 
davr foydalanish zarurligini belgilashdir.
Asosiy fondlarning yangisi eskisiga nisbatan arzonga ishlab chiqarilganda 
ma’naviy eskirishni quyidagicha hisoblash qabul qilingan. 


183 
100
1
х
АFbq
АFtq
АFbq
АFme
-
=
Bunda: AFme1 – asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi (eskisiga nisbatan orzonroq 
bo’lgan yangisi yaratilganda) 
AF bq – asosiy fondlarning balans qiymati, so’m; 
AF tq – asosiy fondlarning tiklash qiymati, so’m. 
Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi ularni unumdorligi sababli yuz berganda 
uni quyidagicha aniqlash mumkin. 
100
2
х
YaAFu
АFu
YaAFu
АFme
-
=
Bunda: AFme2 – asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi (eskisiga nisbatan 
unumlirog’i yaratilganda) 
YaAFu – yangidan yaratilgan asosiy fondlarning unumdorligi 
AFu – ishlab turgan (amaldagi) asosiy fondlarning unumdorligi
Asosiy fondlarning yangilanish darajasi quyidagicha aniqlanadi. 
АFyoq
АFya
Kya
=
Bunda: Kya – asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti 
AFya – yil davomida yangidan jalb etilgan asosiy fond qiymati, so’m 
AF yoq – asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymati, so’m 
Asosiy fondlar eskirishining ikkinchi turi ularning jismoniy eskirishidir. Vaqt 
o’tishi, faoliyat ko’rsatishi natijasida asosiy fondlar jismoniy eskiradilar. Bu eskirish 
“amortizatsiya” tushunchasi bilan belgilanadi. Odatda, zavodlarda ishlab chiqarilgan 
texnikalarning pasportida ularning xizmat ko’rsatish muddati, amortizatsiya ajratish 


184 
normasi belgilangan bo’ladi. Lekin ayrim asosiy fondlarda bu ma’lumotlar 
berilmagan taqdirda amortizatsiya normasini hisoblab topish mumkin. Bu holatda 
umumiy yillik amortizatsiya normasi quyidagicha aniqlanadi:
100
xN
х
B
L
D
K
B
Аn
-
+
+
=
Bunda: An – umumiy yillik amortizatsiya normasi, %;
B – asosiy fondlarning dastlabki yoki balans qiymati, so’m; 
K – asosiy fondlarni kapital ta’mirlash xarajatlari, so’m; 
D – asosiy fondlarni tugatishdagi xarajatlar, so’m; 
L – asosiy fondlarni tugatishdan olingan daromad, so’m;
N – asosiy fondlarning o’rtacha xizmat qilish muddati, yil.
Hozirda asosiy fondlarning eskirishini belgilashda tezlashtirilgan amortizatsiya 
ajratmasi ajratish yo’lidan ham foydalanilmoqda. Bu inflyatsiya darajasi yuqori 
paytda uning salbiy ta’sirini kamaytiradi. Bundan tashqari fan, texnika taraqqiyoti 
tezlashgan paytda asosiy fondlarni tezlikda almashtirish imkonini beradi.
Asosiy fondlar qoldiq baholarda ham narxlanadi. Asosiy fondlarning dastlabki 
narxlaridan eskirish summasi o’rtasidagi farq ularning qoldiq bahosini bildiradi. 
Buxgalteriya balanslarida aks ettirilgan qiymati miqdor jihatdan asosiy fondlarning 
dastlabki qiymatiga mos tushadi. Asosiy fondlarning tugatilish qiymati deganda uni 
tugatish bilan bog’liq holat tushuniladi. Asosiy fondlar tugatilishi jarayonida 
qo’shimcha xarajatlar qilinadi. Ularni tugatishdan ma’lum material boyliklar olinadi. 
Asosiy fondlar xizmat muddatini to’la o’tamagan holda va boshqa sabablarga ko’ra, 
ularga to’liq amortizatsiya ajratilmagan bo’lishi mumkin. Amortizatsiya ajratilmay 
qolgan miqdorga uni tugatish uchun sarflangan xarajatlar qo’shiladi va tugatish 
natijasida olingan qiymatni ajratish yo’li bilan asosiy fondlarning tugatilish qiymati 
aniqlanadi.


185 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə