Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MODDIY-TEXNIKA



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147
Agrosanoat m

10-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MODDIY-TEXNIKA 
RESURSLARI 
 
 
“Agrosanoat majmuasi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning 
mohiyati va ahamiyati 
Agroanoat majmuasining moddiy – texnika resurslari deganda majmua 
tarmoqlarida, uning xo’jalik yurituvchi sub’yektlarida mavjud barcha asosiy fondlar, 
xo’jalik inventarlari yig’indisi tushuniladi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, 
ayniqsa, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash katta 
ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi 
bevosita tarmoqda, xo’jaliklarda mavjud texnikaning miqdori va sifatiga bog’liq. 
Agar texnikalar yetarli miqdorda bo’lmasa, demak, qishloq xo’jaligi ishlarini 
agrotexnik muddatlarida bajarish mumkin emas. Bu, o’z navbatida, barcha natijaviy 
ko’rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi turgan gap. Birgina shu misolning o’zi 
ishlab chiqarishda moddiy-texnika resurslarining ahamiyati qanchalik katta ekanligini 
ko’rsatadi. Har qanday tarmoqning moddiy-texnika bazasi ishlab chiqarishning asosiy 
omillaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi uchun, 
asosiy fondlar, xomashyolar, mehnat resurslari va tadbirkorlik qobiliyatlari bo’lishi 
va ular birgalikda faoliyat ko’rsatishi lozim.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida qishloq xo’jaligining 
moddiy-texnika bazasi keyingi yillarda yanada mustahkamlanib bormoqda. Qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishiga “Keys”, “Magnum” kabi yuqori unumli texnikalar kirib 
kelmoqda. Oz bo’lsa-da, fermer va dehqon xo’jaliklarida kichik texnikalar paydo 
bo’lmoqda.
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi boshqa tarmoqlarnikidan farq 
qiladigan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarning eng asosiylari quyidagilardan 
iborat:
Birinchidan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasining tarkibiga yer kiradi. 
yer qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etishi bizga 


179 
ma’lum. yerning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xo’jaliklarning 
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish zarur. yerning holatiga qarab o’g’it turlari, 
o’g’itning miqdori, texnikalarning turi va boshqalar tanlanadi. Agarda yerning 
meliorativ holatlarini qisobga olmasdan ekin turi, ma’danli o’g’itlar, unga ishlov 
beradigan texnikalar tanlansa, ishlab chiqarishning natijasi past bo’lishi turgan gap. 
Ba’zi hollarda yerga bunday munosabatda bo’lish uning ishlab chiqarish oborotidan 
chiqib ketishiga ham olib kelishi mumkin. 
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi tabiat qonunlariga 
boshqa tarmoqlarnikiga nisbatan ko’proq bog’liq. Buning natijasida turli 
mintaqalarda turlicha texnika va boshqa resurslardan foydalanish zarurati kelib 
chiqadi. Shimoliy zonalarda ekin turlari janubiy zonalardagidan farq qiladi. SHimoliy 
zonalarda issiq kunlarning nisbatan kam bo’lishi, eng avvalo, qisqa muddatlarda 
pishib yetiladigan ekin turlarini joylashtirishni talab qiladi. Janubiy hududlarda esa 
ekin turlarini tanlash imkoniyatlari kattaroq. Bunday holatlar esa moddiy-texnika 
resurslarining turli mintaqalarda turlicha bo’lishini talab qiladi. 
Uchinchidan, qishloq xo’jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish 
samaradorligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan bog’liq. Qishloq xo’jaligida 
ish davri bilan ishlab chiqarish davrining mos kelmasligi oqibatida ayrim texnika 
vositalari yilda bir necha kun yoki oy ishlatiladi, xolos. Masalan, don o’rish 
kombaynlari asosan o’rim – yig’im davrida 2 oy ishlatiladi. yer qazish ishlarida 
ishlatiladigan ekskovatorlar ham bunga misol bo’la oladi. Qishloq xo’jalik 
korxonalari qimmatbaho texnikani (kombaynlarni) yil davomida saqlashga majbur. 
Bu esa katta miqdorda qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi. Natijada, asosiy 
fondlardan, texnikalardan foydalanish samaradorligi pasayadi. 
To’rtinchidan, qishloq xo’jaligida moddiy-texnika resurslarining katta qismini 
tirik organizmlar (chorva mollari, ko’p yillik mevali bog’lar, uzumzorlar va 
boshqalar) tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida biologik qonuniyatlarni 
ham hisobga olishni talab etadi. Aks holda natija past bo’lishi mumkin. Bu 


180 
xususiyatni hisobga olmaslik xo’jaliklarda mavjud texnikada, fondlardan foydalanish 
samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin. 
Beshinchidan, ishlab chiqarish keng maydonlarda olib borilishi xo’jaliklarda 
yaxshi rivojlangan transport tizimi, yo’l va aloqa kommunikatsiyalari bo’lishini talab 
qiladi. Texnikalarni bir maydondan ikkinchisiga olib borish, ularni ta’mirlashni 
tashkil etish jarayonida qishloq xo’jaligi moddiy-texnika resurslarini tashkil etishning 
o’ziga xosligi namoyon bo’ladi. Bu xususiyat katta qo’shimcha mablag’larni talab 
qiladi.
Oltinchidan, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi ko’p jihatdan 
sanoaning rivojlanganligiga bog’liq. Shu bilan birga moddiy-texnika resurslarining 
(em-xashak, zotli chorva mollari, urug’liklar kabilar) bir qismi qishloq xo’jaligining 
o’zida ishlab chiqariladi. Bu esa sarflanayotgan mablag’larning sotib olinayotgan va 
o’zida 
ishlab 
chiqarilayotgan 
moddiy-texnika 
resurslariga 
mos 
ravishda 
taqsimlanishini talab qiladi. Aks xolda ishlab chiqarishning natijaviy ko’rsatgichlari 
pasayishi mumkin. 
Hozirda mamlakatimiz qishloq xo’jaligining mexanizatsiyalashganlik darajasini 
oshirish, asta-sekinlik bilan uni sanoat asosiga o’tkazish borasida ishlar olib 
borilayapti. Bu qishloq xo’jaligi taraqqiyotining ob’yektiv yo’nalishlaridan biridir.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə