Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147
Agrosanoat m

10.3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari 
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’llari 
quyidagilardan iborat: 
1). Qishloq xo’jaligi ekin turlarining hosildorligini, chorva mollarining 
mahsuldorligini oshirish. Nimaiki hosildorlikni, chorva mollarining mahsuldorligini 
oshirishga ta’sir ko’rsatsa, o’sha narsa fondlardan foydalanishning samaradorligi 
oshishiga ijobiy ta’sir qiladi. Demak, fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, serhosil 
ekin turlarini va mahsuldor chorva mollarini ishlab chiqarishga joriy etish fondlardan 
foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biridir.
2). Asosiy fondlarning faol (aktiv) qismi bo’lgan texnika, asbob- uskunalardan 
foydalanishning 
smenalik 
koeffitsientlarini 
ko’tarish 
ulardan 
foydalanish 
samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri hisoblanadi.
3). Asosiy fondlar tarkibini takomilashtirish ulardan foydalanishni iqtisodiy 
samaradorligini oshirishning juda muhim yo’llaridan biridir. Bugungi kunda ishlab 
chiqarishda mavjud kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) bilan ishchi mashinalar 
o’rtasidagi mo’’tadil (optimal) nisbatni ta’minlamaslik asosiy fondlardan foydalanish 
samaradorligini pasaytiradi. Bugungi kunda ishlab chiqarishda foydalanilayotgan 
kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) katta quvvatga ega. Masalan, bitta 
“Magnum” rusmli traktordan yil davomida to’liqroq foydalanish uchun 35 va undan 
ko’proq ishchi mashinalar (pluglar, ekish agregatlari va h.q.) kerak ekan. Birorta 
ishchi mashinaning bo’lmasligi ushbu kuch beruvchi mashinadan foydalanish 
imkoniyatlari kamayishiga olib keladi.
4). Asosiy va oborot fondlar mutanosibligini ta’minlash ham ulardan foydalanish 
samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan asosiy fondlar yetarli 
miqdorda aylanma fondlar bilan ta’minlanishi kerak. Masalan, chigit ekish davrida 
traktor va chigit ekish agregatidan faqat yetarli miqdorda chigit bo’lgandagina 
samarali foydalanish mumkin. Ekish uchun zarur chigit bo’lgandagina traktor va 
ekish agregatlaridan samarali foydalanish mumkin. Ekish uchun zarur chigitning 
yetishmasligi texnikalarning bekor turib qolishiga olib keladi va h.q.


186 
5). 
Asosiy 
fondlardan 
foydalanishda 
jamoa 
a’zolarining 
moddiy 
manfaatdorligini ta’minlash, ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy 
yo’llaridan biri hisoblanadi. Agarda mavjud qonun – qoidalar, asosiy fondlardan 
foydalanuvchilarni asosiy fondlardan yaxshi foydalanganligi uchun moddiy 
manfaatdor qilsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin yoki aksincha. 
6). Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samardorligiga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillardan biri unga xizmat ko’rsatish tizimining rivojlanganlik darajasi 
hisoblanadi. Asosiy fondlarni vaqtida texnik qarovlardan o’tkazish, joriy va kapital 
ta’mir qilish ishlarni talab darajasida tashkil etish lozim. 
7). Asosiy fondlardan foydalanish darajasiga kadrlarning bilim va malakasining 
ta’siri katta. Mexanizator, ishjener texnik xodimlarning o’z ishini yaxshi bilishi 
asosiy fondlardan foydalanishning samaradorligini oshiradi va aksincha. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə