166
9-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MEHNAT RESURSLARI VA
ULARDAN FOYDALANISH
9.1. Mehnat, mehnat resurslari tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonining zaruriy qismi mehnatdir. Mehnat insonga xos
xususiyat. Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Ishni traktorlar,
mashinalar, ishchi hayvonlar bajarishi mumkin. Mehnat
esa faqat ongli faoliyat
natijasidir. Ishlab chiqarishning samaradorligi ko’p jihatdan mehnatning holatiga
bog’liq. Agarda mehnat ongli ravishda qilinayotgan bo’lsa, uning unumdorligi yuqori
bo’ladi. Har bir mamlakat aholisining mehnat qilish qobiliyatiga ega qismi uning
mehnat resurslarini tashkil etadi. O’zbekiston aholisining 55,2 foizidan ko’prog’i
mehnat qilish qobiliyatiga ega. O’zbekistonda mehnat resurslarining soni 2002 yilda
12346
ming kishini, shundan iqtisodiy faol aholi 9333,2 ming kishini tashkil etdi.
2005 yilda mehnat resurslari 14434,4 ming kishini, shundan, iqtisodiy faol aholi
10224,0 ming kishini tashkil etdi. Respublikada band aholining 67,1 foizi moddiy
ishlab chiqarish sohasida mehnat qiladi. 2005 yilda savdo, umumovqatlanish va
tayyorlov tizimida 5,4 foiz, transport va aloqada 5,2 foiz, sanoat va qurulishda 5,0,
nomoddiy sohada 16,7 foiz ishlamoqda.
Iqtisodiy fan “mehnat resurslari”, “iqtisodiy faol aholi”, “iqtisodiyotda band
bo’lgan aholi” kabi tushunchalarni bir biridan farqlaydi. Bu tushunchalar mohiyati va
o’lchami bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Mehnat resurslari
miqdoriy jihatdan
iqtisodiy faol va iqtisodiyotda band bo’lgan aholiga nisbatan katta. Iqtisodiy faol
aholi esa iqtisodiyotda band bo’lgan aholidan miqdor jihatdan katta.
Nafaqa yoshidagilar va mehnat qilish qobiliyatiga ega o’smirlar ham aholining
kattagana qismini tashkil etadi. Lekin jamiyat uchun faol mehnat resurslari 16
yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar
hisoblanadi. Iqtisodiy fan shu mehnat resurslaridan eng faoli bo’lganlarni, ya’ni 22
yoshdan 33 yoshgacha bo’lgan kishilarni alohida o’rganadi.
167
Qishloq xo’jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga
bo’linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 16
yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan
erkaklar, yordamchi mehnat resurslarga 14-16
yoshdagi o’smirlar va nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan asosan
qishloq xo’jaligi yilining ayrim davrlarida foydalaniladi. Qishloq xo’jaligi mehnat
resurslaridan foydalanish shu tarmoqning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Eng
avvalo qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy xarakterga ega. Natijada ishlab
chiqarish
xususiyatidan kelib chiqib, yilning ayrim davrlarida mehnat resurslarining
bo’sh qolish holati yuz beradi. Qishloq xo’jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish
davrining mos tushmasligi ham mehnat resurslarining vaqtinchalik bekor qolishiga
sabab bo’ladi. Masalan, paxta
chigiti ekilgandan keyin to, u unib chiqquncha 15-20
kun o’tadi. Bu davrda ishchi xodimlar bekor qoladi.
Qishloq xo’jaligida yer asosiy vosita bo’lganligi uchun ishlab chiqarishni
joylashtirish, ixtisoslashishni tanlashga ta’sir qiladi. Bu esa, o’sha ishlab chiqarish
turi talab qiladigan mehnat resurslarini talab etadi. Qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarish yirik maydonlarda tashkil etiladi. SHunga yarasha
mehnatni tashkil etish
ham ma’lum talablarga javob beradigan qilib tanlanadi. Qishloq xo’jaligi mehnat
resurslari nisbatan past malakaga ega. Ularning bir yerdan ikkinchi yerga ko’chib
o’tish darajalari ham juda past. Bu muammo ham ular bor joyda ishlab chiqarishni,
turli xizmat turlarini imkoni boricha maksimal darajada tashkil etishni talab qiladi.
Mamlakat band bo’lgan mehnat resurslarining 27 foizi davlat sektorida, 73 foizi
esa nodavlat sektorida xizmat qilmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: