8.2. Qishloq xo’jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va
samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar
Qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan qanday
(samarali, samarasiz, yaxshi yoki yomon) foydalanayotganligimizni bilishimiz zarur.
yerdan foydalanishning darajasi, samaradorligini aniqlashning usullari olimlar
tomonidan yetarli darajada chuqur o’rganilgan. Iqtisodiy fan qishloq xo’jaligida
yerdan foydalanish holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni ikki guruhga bo’lib
o’rganadi. Birinchi guruhga yerdan foydalanish darajasini ifodalovchi quyidagi
ko’rsatkichlar kiradi:
1). Yer fondining tarkibi (strukturasi). Jami yer maydonida qishloq xo’jaligiga
yaroqli (qishloq xo’jaligiga tayin etilgan) yerlarining salmog’i, (foizlarda
ifodalanadi). Bu ko’rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
100
.
.
.
.
.
.
.
х
m
yer
J
yer
te
Qx
sal
yer
Qx
=
Bunda: Qx yer sal. – qishloq xo’jaligiga yaroqli yer salmog’i, %
J. yer m. - jami yer maydoni, ga
Qx. Te. yer. - qishloq xo’jaligi uchun tayin etilgan yer maydoni, ga
Bu ko’rsatkich mavjud (mamlakatda, regionda, xo’jalikda) yer maydonlarining
qancha qismi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli (yoki qishloq xo’jaligiga tayin
156
etilganligini) ekanligini bildiradi. Turli xo’jaliklarning, mamlakat va regionlarning
umumiy yer maydonlari bir miqdorda bo’lishiga qaramasdan qishloq xo’jaligida
foydalanishga yaroqli bo’lgan maydonlari turlicha bo’lishi mumkin. Qishloq
xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlari kam miqdorda bo’gan davlatlar, region va
xo’jaliklar bu masalaga alohida qarashlari zarur. Ular har bir gektar yerni avaylab
asrashi va qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqlarga o’tib ketishini juda qattiq
nazoratga olishlari zarur bo’ladi. Mamlakat, mintaqa (hudud) va xo’jaliklarda yerlarni
qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqqa o’tib ketishi faqatgina davlat zarurati, imkonsiz
hollarda yoki juda katta samara keltirishi mumkin bo’lgan holatlardagina amalga
oshirilishi kerak.
2). Qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jaligiga
yaroqli yerlar tarkibini ko’rsatadi. Jumladan, jami qishloq xo’jaligi yerlarida
haydaladigan yer salmog’i quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
100
.
.
.
.
.
.
.
.
х
m
yer
JQx
turlari
yer
Qx
tar
yer
Qx
=
Bunda: Qx yer tarkibi – qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi, %
Qx yer turlari - qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydoni, ga
JQx. yer m. - jami qishloq xo’jaligi yer maydoni, ga
Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar tarkibida haydaladigan yerlarning ayniqsa,
sug’oriladigan yerlarning salmog’iga qarab tegishli xulosalar chiqaramiz. Xo’jalikda
haydaladigan, ayniqsa (tabiati issiq o’lkalar sharoitida) sug’orilib dehqonchilik
qiladigan yerlarning ulushi qancha yuqori bo’lsa shuncha yaxshi (samarali)
hisoblaymiz. Olimlarning izlanishlari shuni ko’rsatadiki 1 gektar sug’orilib
dehqonchilik qilinadigan yer 5-7 gektar lalmi yerga teng mahsulot berar ekan.
Boshqacha qilib aytganda 1 gektar sug’orilib dehqonchilik qilinadigan 6-7 gektar
lalmi yerga teng. Agarda yer maydonlarining cheklanganligini, har bir ga yerni
haydash, ekish, ishlov berish va hosilni yig’ib olish harajatlarini hisobga olsak
157
sug’oriladigan yerlarning naqadar qadr-qimmati yuqori ekanligini ko’ramiz. Demak,
imkon darajasida sug’orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarini asrash zarurati
kelib chiqadi. Bozor sharoitida u boshqa yerlarga nisbatan qimmat turadi. Demak,
unga narx belgilashda, boshqa maqsadlar uchun ajratganda yoki soliq yukini
belgilaganda bu omilni hisobga olib zarur bo’ladi.
3). Yerdan foydalanish koeffitsienti (martaliligi). Bu ko’rsatkich quyidagi
formula yordamida aniqlanadi.
gа
m
e
J
gа
Xem
k
Yerf
.,
.
.
,
.
.
=
Bunda: yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsienti, marta
H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga
J.e.m - jami ekin maydoni, ga
Ushbu ko’rsatkich har bir mamlakat, hudud va xo’jaliklarda bir biridan keskin
farq qiladi. Uning darajasi mamlakatning rivojlanganlik darajasi, aholining va yer
maydonlarining miqdori kabi ko’plab omillar ta’sir etadi.
Er fondidan foydalanish ko’rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy
samaradorlik bilan bog’liq ko’rsatkichlar kirib ularning o’zi natural va qiymat
ko’rsatkichlarga bo’linadi. Natural ko’rsatkichga qishloq xo’jaligi ekin turlarining
hosildorligi kiradi. Hosildorlik quyidagicha aniqlanadi.
g а
Em
Yax
X
.,
=
Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) hosildorligi,
s/ga
YAh - yalpi (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) hosil, s
158
Em - ekin (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga
Erdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko’rsatkichlar
yordamida aniqlash maqsadga muvofiq:
1). Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so’m. Bu ko’rsatkich
quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
gа
m
e
J
m
so
Yam
s
Yerf
.,
.
.
'
.,
.
.
=
Bunda: yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so’m
Ya.m. – yalpi mahsulot, so’m
Jem - jami ekin maydoni, ga
Bu ko’rsatkich doimo o’sib borsa ijobiy rivojlanish hisoblanadi. Albatta uning
darajasiga juda ko’plab omillar (iqtisodiyotning, texnologiyaning rivojlanganlik
darajasi, inflyatsiya darajasi, ekin turlari va mahsulotlarga shakllanadigan narxlar
darajasi....) ta’sir etadi.
2). Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdori, so’m. Bu ko’rsatkich quyidagi
formula yordamida aniqlanadi.
га
m
e
J
m
so
f
J
s
Yerf
.,
.
.
'
.,
.
.
.
=
Bunda: yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so’m
J.f. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so’m
Jem - jami ekin maydoni, ga
Ushbu ko’rsatkich natijalari ham o’sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. yer
birligi hisobiga olingan foyda miqdoriga ta’sir qiladigan omillar juda ko’p.
159
Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham o’rganish
lozim. Ayniqsa, mamlakatimiz uchun suv resurslarining ahamiyati katta. SHu sababli
1 metr kub suv hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning samarasini
bildiradi. Bu ko’rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |