151
8-BOB. QISHLOQ XO’JALIGI YER FONDI VA UNDAN FOYDALANISH
8.1.Qishloq xo’jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos
xususiyatlari
Yer barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko’p martalab
e’tirof etilgan. Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari uchun yer imoratlar
turadigan oddiy baza, qishloq xo’jaligida esa asosiy ishlab chiqarish vositasi
hisoblanadi. Ya’ni kishilar yerga ishlov berish yo’li bilan ishlab chiqarishga ta’sir
etadi. Yer bir paytda mehnat predmeti (mehnat yo’naltiriladigan ob’yekt sifatida) va
mehnat quroli (erda zarur biologik sharoitlarni tug’dirish natijasida o’simliklar
rivojlanadi) sifatida qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi. Yer har bir xalqning asosiy
boyligidir.
BMT ning Oziq ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning ma’lumotlariga
ko’ra yer yuzining muzliklardan holi bo’lgan qismining 25 foiziga ishlov berish
imkoniyati mavjud. Ushbu tashkilotning mutaxassislarining h’isoblariga ko’ra
qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatish mumkin bo’lgan maydon 3,4 mlrd. gektarni
tashkil etadi. Hozirda yer yuzida jami bshlib 1,57 mlrd. gektar yerga ishlov
berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika
qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydonilarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektarini
yaylov va pichanzorlar tashkil etadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligiga yaroqli
yerlarning 16 foizi haydaladigan yerlardir. Mamlakatning lalmikor yerlari 6,6 mln.
gektar. Shundan 3,0-3,2 mln. gektari haydaladi va ularda lalimi dehqonchilik bilan
shug’ullaniladi. Qolgan qismidan namlikning juda kam bo’lganligi sababli
foydalanilmaydi. Yuqoridagilardan hulosa shuki Respublikada mavjud yer
maydonlaridan maksimal foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va
kommunikatsiyalar, daryo va suv havzalar bilan band yerlar, o’rmon xo’jaligi yerlari,
harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. Biz uchun
152
eng muhimi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer
manbalari cheklangan va u qishloq xo’jaligi tarmog’ida foydalanadigan resurs
sifatida kamayib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 8-moddasida yer fondi toifalari
belgilab
qo’yilgan.
“O’zbekiston
Respublikasining
yer
fondi
yerlardan
foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:
1.
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlar – qishloq xo’jaligi
ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq
xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor)
yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-
darxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo’linadi;
2.
aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari -
shaharlar va posyolkalar shuninigdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi
yerlar;
3.
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar –
ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
4.
tabiatni
muhofaza
qilish,
sog’lomlashtirish,
realizatsiya
maqsadlariga
mo’ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan,
tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va
turizm uchun foydalanadigan yerlar;
5.
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tarixiy-madaniy yodgorliklar
joylashgan yerlar;
6.
o’rmon fondi yerlari – o’rmon bilan qoplangan, shuningdek o’rmon bilan
qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyoji uchun berilgan yerlar;
7.
suv fondi yerlari – suv ob’yektlari, suv xo’jaligi inshoatlari egallagan yerlar va suv
ob’yektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8.
zahira yerlar.”
*
*
O’zbеkiston Rеspublikasining yer kodеksi va qishloq xo’jaligiga oid qonun hujjatlari. –T.: “Adolat”, 1999.-448 b. (
11bеt).
153
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlarga haydaladigan yerlar,
yaylovlar, ko’p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar kiradi.
Qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida quyidagi
xususiyatlarga ega:
1). Yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xohlaguncha ko’paytirish
imkoniga ega emas. Demak, yagona to’g’ri yo’l – mavjud yer resurslaridan samarali
foydalanishdir. Bundan tashqari sanoatning, kommunikatsiyaning o’sishi aholining
ko’payishi tabiiy holda bir kishiga to’g’ri keladigan yer maydoni qisqarishiga olib
keladi. Qolaversa, insoniyat yerdan to’g’ri foydalanmasligi oqibatda ularning qishloq
xo’jaligi oborotidan chiqib ketish xollari ham yuz bermoqda. Taraqiyotning tuproq
erroziyasi, sho’r bosish, kasalliklarga chalinish kabi salbiy oqibatlarini kamaytirish
har bir davlatning, yerdan foydalanuvchilarning birinchi galdagi vazifasidadir.
2). Yer – tabiat mahsuli. Bu ham bizning oldimizga qator vazifalarni qo’yadi.
Uni yaratishda inson mehnati aralashmagan. Albatta bozor munosabatlari talablaridan
kelib chiqib yerning bahosi shakllanadi. Lekin bu baho uning haqiqiy narxi qancha
ekanligini aniq belgilay olmaydi. yerni oldi-sotdi jarayonlarida bu xususiyalarni
hisobga olish lozim. Bozor munosabatlarining rivojlanishi yerni oldi-sotdi
ob’yektiga aylantiradi. Bundan tashqari yerlarni iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish
uchun qishloq xo’jaligidan ajratib beryotganda uning narxini bilish ijobiy
ahamiyatga ega. Imkoni boricha qishloq xo’jaligidan yer boshqa sohalar uchun
ajratilganda past unumli, qishloq xo’jaligi uchun qimmati past yerlardan ajratish
maqsadga muvofiq. Shu sababli yerning bozor narxini aniqlash tartibi mavjud.
yerning narxi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
100
х
Sf
Yerr
Yern
=
Bunda: yer n – yerning narxi, so’m;
Yer r – yer rentasi, so’m;
Sf - ssuda foizi.
154
3). Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Bu degani yerdan o’z bilganimizcha
abadiy foydalanish mumkin degani emas. Balki yerdan to’g’ri va oqilona
foydalangandagina u qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun abadiy bo’lishi
mumkin. yerdan noto’g’ri foydalanish esa uning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
uchun yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo’ladi. Masalan, 2005 yilning 1-avgusti
ma’lumotlariga qaraganda birgina farg’ona vodiysida 2000 yilda mavjud bo’lgan
366 ming gektar sug’orilib dehqonchilik qiladigan yerlarning 9 ming gektari ekin
ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan.
4). Turli joylarda mavjud yer maydonlari turli sifatga, ya’ni unumdorlikka ega.
yerning tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorligi bir – biridan farqlanadi. Tabiiy
unumdorlik – yerning inson aralashuvisiz tabiat tomonidan vujudga kelgan hosil bera
olish qobiliyatidir. Inson aralashuvi natijasida vujudga kelgan unumdorlik sun’iy
unumdorlikdir. Bu unumdorlikni oshirish imkoniyatlari katta. Keyingi yillarda olib
borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, respublika yerlarining tabiiy unumdorligi
pasayib bormoqda. Tuproqda mavjud bo’lgan gumus moddasining pasayishi
kuzatilmoqda. Buning oldini olishning asosiy yo’llari yerga dam berish, yerlarning
holatini hisobga olib qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirish, yerga organik o’g’itlarni
(har
bir
gektarga
kamida
15
tonanadan)
solish,
sug’orishning
ilg’or
texnologiyalaridan foydalanish zarur. Tabiiy va sun’iy unumdorlik birgalikda (ularnig
yig’indisi) iqtisodiy umumdorlik tushunchasini beradi.
5). Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish mumkin emas. Demak qishloq
xo’jaligida yerdan foydalanishni yaxshilash uchun har bir xo’jalik (shirkat, fermer va
dehqon) hududida qanday sifatga ega yer bo’lsa shunga qarab ekin turlarini
joylashtirish lozim. Bu xususiyat qishloq xo’jaligi korxonalariga faoliyat uchun
o’rnatiladigan soliq tizimini ishlatishda ham hisobga olinishi talab qilinadi.
Bularning barchasi mavjud yerlarda qaysi ekin turlarini joylashtirish,
texnikaning qanday turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmi qanday
bo’lishi maqsadga muvofiqligi to’g’risida inkor etib bo’lmaydigan talablarni keltirib
chiqaradi.
155
Er to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar Davlat yer kadastrida mujassam etiladi.
Davlat yer kadastri quyidagilarni o’z ichiga oladi:
erdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatiga olish;
erni miqdor va sifat jihatdan uchetga (hisobga) olish;
erni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy baholash).
Dostları ilə paylaş: |