160
emas. Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho’rlangan yerlarga
joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo’ladi. Albatta, mamlakat oziq –
ovqat havfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda bozor
talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va
bunda aholining ehtiyojini
unitmaslik talab qilinadi. SHunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini
hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish ma’lum salbiy oqibatlaga olib
kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho’rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini
joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho’rlanishni yanada kuchayishiga
olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi.
Bu holatning uzoq davom
etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz
holga kelib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin. CHunki kuzgi donli ekinlar ekilgan
maydonlarda sho’r yuvish ishlarini amalga oshirib bo’lmaydi. Ma’lumotlarga
qaraganda 2004 yilda Respublikada mavjud qishloq xo’jaligi yerlarining 47,2 foizi
sho’rlanmagan, 17,2 foizi o’rtacha sho’rlangan va 4,2 foizi kuchli sho’rlangan.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi yerlari meliorativ holatiga ko’ra, 38 foizi yaxshi, 53,4
foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat
yomonlashib ketishining oldini olish kerak.
·
Erlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi
umumiy holda yer
tranformatsiyasi deyiladi. yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning yaxshi
yerlar safiga o’tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o’tishi) bo’ladi.
Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo’l qo’ymaslik lozim. yer islohotlarini
to’g’ri o’tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. yer duch
kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo’jaliklarga
berilishi kerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini
to’g’ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib
bo’lmaydi.
·
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni
oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.
161
·
Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyalarini
buzmasdan bajarish,
melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o’z vaqtida samarali o’tkazish qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan muhim omillardan
biri hisoblanadi.
·
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ilg’or
texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Masalan, suvdan
foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg’ir usulida sug’orishda oddiy
bostirib sug’orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari cheklangan holda bu
texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi. O’zbekiston Respublikasi suv resurslari
juda cheklangan bo’lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat
hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari
hududidan keladi. O’zbekistonda 50 daryo bo’lib, shulardan faqat 10 tasigina 150 km
uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning
uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali
foydalanish
mamlakatda yer resurslaridan
foydalanishning
samaradorligini
oshiradigan omillardan biridir.
·
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug’doyning
tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol bo’la oladi.
·
Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish
ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.
·
Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda
muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol,
0,7 mln. gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6
mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat
majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash
asosiy vazifalardan biridir.
·
Yer va suvdan foydalanganlik uchun to’lovlar tizimini takomillashtirib borish
maqsadga muvofiq. Hozirda yer banitetiga qarab o’rnatilgan
soliq yuklamalarini
162
ta’sirini kuchaytirish choralarini ko’rish, uni doimiy ravishda takomillashtirib borish
talab qilinadi. yerdan foydalanuvchi uning unumdorligini, banitetini oshirganligi
uchun rag’batlantirilishini yanada ta’sirini kuchaytirish undan foydalanishga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi.
·
Qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishning ilg’or usullarini (tomchilatib,
yomg’irlatib, qator oralab va x.x.) ishlab chiqarishga joriy etish.
·
Yerdan samarali foydalanish uchun doimiy monitoring tashkil etish kerak. yer
monitoringi yerning holatini nazorat qilib turish tizimidir. Monitoring orqali qimmatli
ma’lumotlar olish va tegishli chora-tadbirlar ko’rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: