Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
konstitutsiya uz



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
KONSTITUTSIYAVIY QONUNINING LOYIHASI 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida 
1-modda.
1992-yil 8-dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1,
5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, 
№ 3–4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda;
2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda;
2017-yil, № 4, 134-modda, № 5, 200-modda, № 8, 383-modda; 2018-yil, № 10, 
674-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda;
2021-yil, № 2, 139, 140-moddalar) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, uning 
quyidagi yangi tahriri tasdiqlansin: 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI 
MUQADDIMA 
Biz, Oʻzbekistonning yagona xalqi, 
inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda eʼlon qilib, 
demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik gʻoyalariga 
sadoqatimizni namoyon qilib, 
inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat 
hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni 
barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak 
masʼuliyatimizni anglagan holda, 
davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, 
shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk 
ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosiga tayanib, 
mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini koʻpaytirishga hamda 
hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit 
musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, 
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan 
holda,



Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qoʻshni davlatlar bilan 
doʻstona munosabatlarini hamkorlik, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, tinchlik
va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, 
fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo 
totuvlikni, koʻp millatli jonajon Oʻzbekistonimizning farovonligini va gullab-
yashnashini taʼminlashni maqsad qilgan holda, 
ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va eʼlon qilamiz. 

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə