Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
konstitutsiya uz

29-modda. 
Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan 
koʻrsatiladi. 



Har 
bir 
shaxs 
jinoyat 
protsessining 
har 
qanday 
bosqichida,
shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan 
paytdan eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga 
ega. 
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati
va asoslari toʻgʻrisida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga 
guvohlik berayotgan shaxslarning soʻroq qilinishini talab etish, tarjimon 
yordamidan foydalanish huquqiga ega. 
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish 
chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda 
hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta koʻrib chiqilishi huquqiga
shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish toʻgʻrisida iltimos qilish 
huquqiga ega. 
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza 
qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni 
taʼminlaydi, ularga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar 
yaratadi. 
30-modda. 
Hech kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga 
tortilishi, 
mol-mulkidan 
yoki 
biron-bir 
huquqidan 
mahrum 
etilishi
mumkin emas. 
Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas. 
 
31-modda.
Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega 
boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. 
Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron
va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga 
faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi. 
Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga
shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga 
xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan 
maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega. 
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
 
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi 
mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qoʻyishni
va koʻzdan kechirishni oʻtkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda
va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq
va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
32-modda. 
Qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan har 
kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash 
huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. 



Har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan 
qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 
Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega.

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə