Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
konstitutsiya uz

 
21-modda. 
Har bir inson oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega.
Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat 
yuklatilishi mumkin emas. 



Inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, 
jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur 
yetkazmasligi shart. 
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat
konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni, boshqa 
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda 
jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan doirada cheklanishi 
mumkin. 
VI bob. Fuqarolik 
22-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik 
oʻrnatiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda
ega boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston 
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. 
Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun 
bilan belgilanadi. 
23-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham
oʻz fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga majburiy 
chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas. 
Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish 
hamda rivojlantirish toʻgʻrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq gʻamxoʻrlik 
qiladi. 
24-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi 
boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga 
muvofiq taʼminlanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə