Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
konstitutsiya uz

XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari 
69-modda. 
Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari
va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish 
organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil 
etadi. 
Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
70-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, 
olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va 
nogironligi boʻlgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy 
harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari 
sifatida eʼtirof etiladi.
 
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab 
yoki cheklab qoʻyish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.


16 
71-modda. 
Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib 
qoʻyuvchi, Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga
va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy 
adovatni 
targʻib 
qiluvchi, 
fuqarolarning 
konstitutsiyaviy 
huquqlari
va erkinliklariga, aholining sogʻligʻiga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy 
partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy
va diniy belgilariga koʻra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan 
birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi. 
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi. 
72-modda. 
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish 
uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. 
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat 
tashkilotlari 
faoliyatiga 
aralashishiga, 
shuningdek 
nodavlat 
notijorat 
tashkilotlarining davlat organlari va 
mansabdor shaxslar faoliyatiga 
aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
73-modda. 
Kasaba 
uyushmalari 
xodimlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
huquqlarini
va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga
aʼzo boʻlish ixtiyoriydir. 
74-modda. 
Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini 
ifodalaydilar va oʻzlarining demokratik yoʻl bilan saylab qoʻyilgan vakillari 
orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar oʻz 
faoliyatining moliyalashtirilishi manbalari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan 
tartibda oshkora hisobotlar taqdim etadilar. 
75-modda. 
Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. 
Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi. 
Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatayotgan diniy 
tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi.

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə