Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


-modda.  Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida  gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
konstitutsiya uz

80-modda. 
Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida 
gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar.
 
XV bob. Ommaviy axborot vositalari 
81-modda. 
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib 
boradilar. 
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning 
axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari 
amalga oshirilishini kafolatlaydi. 
Ommaviy axborot vositalari oʻzi taqdim etadigan axborotning 
ishonchliligi uchun javobgardir. 


18 
82-modda. 
Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi.
 
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki 
aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. 
TOʻRTINCHI BOʻLIM. MAʼMURIY-HUDUDIY
VA DAVLAT TUZILISHI 
XVI bob. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi 
83-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar
qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.
 
84-modda. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining 
chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil 
qilish va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan 
amalga oshiriladi.
 
XVII bob. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
85-modda. 
Suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi 
tarkibiga kiradi.
 
Qoraqalpogʻiston Respublikasining suvereniteti Oʻzbekiston Respublikasi 
tomonidan muhofaza etiladi. 
86-modda. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz Konstitutsiyasiga ega.
 
Qoraqalpogʻiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
Oʻzbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga zid boʻlishi mumkin emas. 

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə