Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Respublika agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147
Agrosanoat m

5.3. Respublika agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini 
rivojlantirish yo’nalishlari 
Agrosanoat majmuasi infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirishda 
quyidagilarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq: 
1.
majmua tarmoqlari, korxonalarining ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma 
xizmatlariga bo’lgan real talablarini hisobga olish; 
2.
infratuzilma xizmatlari narxlarining ishlab chiqaruvchilar uchun ma’qul bo’lishiga 
erishish (lozim bo’lganda davlatning iqtisodiy dastaklar orqali aralashuvini joriy 
etish va raqobatni rivojlantirish orqali); 
3.
infratuzilma sub’yektlari faoliyatini tartibga sotib turish yo’llarini topish; 
4.
infratuzilma xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirish, monopoliyaga yo’l 
qo’ymaslik; 
Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini keskin rivojlantirish 
bugungi kun zaruratidir. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasi 
quydagi yo’nalishlarda rivojlantirilishi maqsadga muvofiq: 
·
Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarga xizmat ko’rsatadigan tarmoq va 
xizmatlarning turlarini ko’paytirish. Hozirda mamlakat qishloq xo’jaligi o’ziga 
zarur bir qancha xizmatlarni to’liqligicha va sifatli darajada olmayapdi. Masalan, 
ularga zarur bank, moliya bozoridagi o’zgarishlar, turli sharoitlarda kerakli 
qonuniy va iqtisodiy maslahatlar bilan ta’minlanish darajasi past holatda. Bu 
misollar qishloq xo’jaligi uchun zarur xizmatlarning bir kichik qismidir. SHu 
sababli ishlab chiqarish infratuzilmasining xizmat turlarini ko’paytirish lozim; 
·
Xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish agrosanoat majmuasi ishlab 
chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning boshqa bir yo’nalishidir. Bu eng katta 


81
ahamiyatga ega yo’nalishlardan biridir. Raqobatning bo’lmasligi ko’rsatilyotgan 
xizmatlar narxning yuqori bo’lishini ta’minmoqda. Ko’rsatilayotgan xizmatlarning 
sifatining pastligi ham raqobat yo’qligidan yoki uning deyarli yo’qligadandir. 
Masalan, hozirda yurtimizda 112 ta muqobil mashina – traktor parklari mavjud. 
Lekin ularning texnik imkoniyatlari juda past bo’lganligi sababli, qishloq xo’jaligi 
korxonalari asosan, davlat aktsiyadorlik jamiyatlari maqomida tashkil etilgan 180 
ta mashina-traktor parki xizmatlaridan foydalanishga majburdirlar; 
·
Xizmat ko’rsatish sohasida katta imkoniyatlar xo’jaliklarning o’zlari tomonidan 
birgalikda tashkil etiladigan “ittifoq”lardadir. Masalan, texnikadan birgalikda 
foydalanish ittifoqlarini tashkil etish masalasi natijalar berishi mumkinligiga 
qarmasdan bu soha rivojlangan emas. Bunga asosiy sabab xo’jaliklarni 
boshqarayotgan rahbarlarda bunday ishlarga tajriba, bilim yo’qligidadir. Agarda 
ittifoq tuzilgan holda ham uni tashkil etgan barcha xo’jaliklar uchun undagi 
texnikadan samarali foydalanish bo’yicha manfaatli tartib – qoidalar ishlab 
chiqilmagan. Demak, bu boradagi ishlarni rivojlantirish zarur.
Agrosanoat 
majmuasi 
infratuzilmasining 
shakllanishi, 
uning 
tarkibi, 
rivojlanganlik darajasi juda ko’p omillarga bog’liq. Jumladan, ishlab chiqarish 
korxonalarining ixtisoslashganligi, yerlarning relefi, shaharlardan uzoq yoki yaqin 
joylashganligi, yirik transport uzellariga yaqinligi yoki uzoqligi va boshqalar 
infratuzilmaning nimalardan tashkil topishi, uning rivojlanganlik darajasi qanday 
bo’lishi lozimligini belgilaydi. Masalan, paxtachilikka zarur ayrim xizmatlar yoki ish 
turi g’allachilikda kerak emas yoki juda kam miqdorda kerak. Bunday hollarda 
paxtachilik bilan g’allaga ixtisoslashgan xo’jaliklarga har xil infratuzilma kerak 
bo’ladi. Qorako’lchilik xo’jaliklari infratuzilmasi paxtachilik xo’jaliklaridagidan 
tubdan farq qiladi va h.k. Agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini 
rivojlantirishda qishloq xo’jaligining o’zga xos xususiyatlarini (erning asosiy ishlab 
chiqarish vositaligini, unumdorligi, tuproq sifatining har xilligi, ishlab chiqarishning 
mavsumiyligi, ish vaqti bilan ishlab chiqarish davrining mos kelmasligi kabi ) 
e’tiborga olish zarur bu ham infratuzilmani rivojlantirishni zarur yo’nalishlaridandir.


82
Respublikada qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha katta 
ishlar amalga oshirilmoqda. Respublika qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan iqtisodiy 
nochor va norentabelli, istiqbolsiz shirkatlarni fermer xo’jaliklariga aylantirish 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrda 
“2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qishloq xo’jaligi korxonalari uchun 
infratuzilmani rivojlantirishning yo’nalishlarani belgilab berdi.
2-jadval 
Qishloq xo’jaligi korxonalari uchun infratuzilma xizmatlari ob’yektlarini tashkil 
etish* 
№ 
Infratuzilma ob’yektlari 
1998-2003 
yillarda 
tuzilgan 
2004-2006 
yillarda 
tuziladi 
1. 
Mini banklar 
246 
701 
2. 
YOqilg’i moylash materiallari sotish 
shahobchalari 
278 
889 
3. 
Ma’danli o’g’it va o’smliklarni himoya 
qilishning kimyoviy vositalarini sotish 
shahobchalari 
266 
848 
4. 
Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi 
312 
925 
5. 
Muqobil mashina traktor parklari 
294 
954 
6. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash 
tizimi korxonalari 
110 
249 
7. 
Zotli mollar sotish va zooveterinariya 
xizmatlari ko’rsatish korxonalari 
108 
216 
8. 
Ma’lumotlar ta’minoti va konsalting 
xizmatlari ko’rsatuvchi sub’yektlar 
84 
160 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrda “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini 
rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.


83
Ushbu infratuzilma korxonalari xizmatidan shirkatlar, fermer xo’jaliklari bilan 
bir qatorda aholi ham foydalanishi ko’zda tutilgan.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə