Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   147
Agrosanoat m

Internet saydlari: 
1.
Petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve. Uchebnik. 2004,
http://textbook.ru/catalogue/book/33320.html 
2.
Petraneva G.A., Ekonomika i upravlenie v selskom xozyaystve, Akademiya,
2003, 
http://rbip.bookchamber.ru/description7897.htm
3.
N.A. Popov «Osnovi rinochnoy agroekonomiki i selskogo predprinimatelstva», 
M: Tandem /EKMOS, 2002, http://family.taukita.ru/item22219310.html 
4.
N.A.Popov. 
Ekonomika 
otrasley 
ApK. 
Kurs 
lektsiy, 
2002, 
http://shopper.h1.ru/books.shtml?topic935&page1
5.
N.YA.Kovalenko, Ekonomika selskogo xozyaystva, M.: «YURKNIGA», 2004, 
http://web.book.ru/cgi-bin/book.pl?page4&book88899
6.
www.bearingpoint.uz
– Ekonomika RUz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


59
4-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING QISHLOQ XO’JALIGI
MAHSULOTLARINI TAYYORLOVCHI, QAYTA ISHLOVCHI VA 
ISTE’MOLCHILARGA YETKAZIB BERUVCHI SOHASI 
 
4.1. Agrosanoat majmuasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta 
ishlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruchi sohasi tarkibi 
Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tayyorlaydigan va tayyor 
mahsulotlarni istemolchilarga yetkazib beradigan (sotadigan) barcha tarmoq va 
korxonalar agrosanoat majmuasining 3-sohasini tashkil etadi. Bularga:
·
paxta tozlash zavodlari; 
·
konserva zavodlari; 
·
pallani qayta ishlash fabrikalari; 
·
sut va go’shtni kayta ishlash korxonalari; 
·
Yog’-moy ishlab chiqarish korxonalari; 
·
mava sharbatlari, vino, kon’yak kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavodlar; 
·
junni, kanopni qayta ishlash korxonalari; 
·
shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar; 
·
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari; 
·
oziq-ovqat sanoati; 
·
terini qayta ishlash korxonalari; 
·
un va un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari; 
·
muzxona (xolodilnik) va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi 
korxonalar (ulgurji va chakana savdo) va boshqalar kiradi. 
Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta 
ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi soha murakkab 
tarkibga ega. Har bir mahsulot turi yoki bir-birini to’ldiruvchi mahsulotlar bo’yicha 
agrosanoat majmuasining o’z korxonalari mavjud. Albatta ayrim mahsulotlarni 
respublikada chuqur qayta ishlash darajasi yuqori emas. Masalan, respublika qishloq 


60
xo’jaligining asosiy ekin turlaridan biri bo’lgan paxta xomashyosining 100 foizi 
dastlabki qayta ishlash (paxta tolasini chigitdan ajratish va toylash) dan o’tadi. Ammo 
uni chuqur qayta ishlashning darajasi katta emas. Mustaqillikning dastlabki yillarida 
jami qayta ishlangan paxta xomashyosining 6-8 foizi respublikada qayta ishlanar edi. 
2002 yilga kelib bu ko’rsatkich 14-16 foizini 2004 yilda esa 24-25 foizni tashkil etdi. 
YAqin kelajakda bu ko’rsatkichni 45-50 foizga yetkazish ustida xarakatlar 
qilinmoqda. Respublikada paxta xomashyosini ikkilamchi va chuqur qayta ishlash 
katta iqtisodiy va ijtimoiy samara beradi. Hozirda, paxtadan juda kam miqdorda 
yarim tayyor va tayyor oxirgi tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Respublikada bu borada 
qilinadigan ishlarning hajmi katta. 2004 yil ma’lumotlariga ko’ra mamlakatda 
yetishtirilayotgan paxta tolasining 26,1 foizi, mevaning 15 foizi, sabzavotlarning 10 
foizi, poliz mahsulotlarning 9 foizi, uzumning 23 foizi, terining 26 foizi, junning 15 
foizi, go’shtning 25 foizi va sutning 5 foizi qayta ishlangan. Sanoatda qayta ishlangan 
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish katta iqtisodiy samara va ijtimoiy masalani 
(ishsizlikni kamaytirish, aholining daromadini oshirish kabi) yechishda muhim rol 
o’ynaydi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va 
iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohaga kiruvchi tarmoqlarni rivojlantirish 
respublika iqtisodiyoti uchun juda zarur. Mamalakatda amalga oshirilgan islohotlarga 
qaramasdan qishloq joylardagi aholining mahsulotlarini sotib oladigan va ular uchun 
kerakli tavorlarni yetkazib beradigan tizim yetarli darajada rivojlanmagan. Bu 
masalaga to’xtalib O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.Karimov –“Haligacha 
qishloqda bir tomondan, fermerlar va dehqonlar yetishtiradigan mahsultlarni 
shartnomaviy narxlarda sotib oladigan ikkinchi tomondan, qishloq aholisiga zarur 
tovarlar, asbob-uskuna va materiallar yetkazib beradigan infratuzilma tarmog’i 
yaratilmagan”
*
-degan edi. Qishloqda bunday tizimning yetishmasligi, mavjudlarining 
samarali ishlamasligi tarmoqning samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. yetishtirilgan 
*
I.A.Karimov “Erishilgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo’lidan izchil borish – asosiy vazifamiz”// Xalq 
so’zi 2004 y. 10 fеvral. 


61
mahsulotlarning bir qismining nobud bo’lishiga olib keladi. Mahsulotning o’z vaqtida 
sotilmasdan qolgan ikkinchi bir qismi esa an’anaviy usullarda quritiladi, 
konservatsiya qilinadi. Bu mahsulotlar asosan oila maqsadlari uchun ishlatiladi va 
qishloq xo’jaligida mehnat qilayotgan oilalarning daromadining qisman kam 
bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Bu borada ayniqsa, vino, sharbatlar, meva, sabzavot konservalari, go’sht va sut 
mahsulotlaridan sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni rivojlantirish 
asosiy yo’nalishlar sifatida qaralishi zarur. Bu borada qishloq xo’jalik mahsulotlari 
yetishtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda kichik korxonalar qurish va ularni 
rivojlantirib borish katta samaralar beradi.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə