Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   147
Agrosanoat m

11.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun 
sarflangan resurslarning xarajatini (miqdorini) joriy narxlarda hisoblash asosida 
aniqlanadi. Qishloq xo’jaligida mahsulotlar tannarxini aniqlashda xarajatlarni ma’lum 
guruhlarga bo’lish zaruriyati bor va undan foydalinadi. Xarajatlarni guruhlarga 
bo’lish mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi deb ataladi. Kalkulyatsiya – qilinayotgan 
xarajatlarni guruhlarga, xarajat moddalariga bo’lishdir. Qishloq xo’jaligida mahsulot 
tannarxiga quyidagi xarajatlar kiradi (10-chizma). 
№ 
Xarajat moddalari 
O’simlikchilikda 
Chorvachilikda 
1. 
Ish haqi qo’shimchalari bilan 


2. 
Urug’lik 


3. 
Em-xashak 


4. 
Yoqilg’i-moylash materiallari 


5. 
O’g’it 


6. 
Zararkunanda va kasalliklarga 
qarshi kurash vositalari 


7. 
Asosiy ishlab chiqarish vositalarini 
saqlash 


8. 
Ish va xizmatlar 


10-chizma. Qishloq xo’jaligida mahsulotlar tannarxini belgilovchi xarajatlar turlari 


196 
Tannarxning tarkibini yillar davomida tahlil qilib o’rganish iqtisodchilarga, 
xo’jalik rahbarlariga mavjud kamchilik va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni 
ko’rsatadi. Mahsulot tannarxiga kirgan xarajatlar tarkibi, miqdori va iqtisodiy 
mohiyati jihatidan bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun ularni xarajat moddalariga 
to’g’ri bo’lish katta ahamiyat kasb etadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab xarajatlar to’g’ri yoki bevosita 
hamda egri yoki bilvosita xarajatlarga bo’linadi. Bevosita xarajatlar mahsulotlar 
ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi va tannaxga to’g’ridan-to’g’ri kiradi. Bularga 
o’g’itlar, urug’liklar, yem-xashak, shu mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok 
etkanlarning ish haqi va boshqalar kiradi. Lekin qishloq xo’jaligining o’ziga xosligi 
shundaki, unda bir xodim yoki bir texnika vositasi bir yilda bir nechta mahsulot 
ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Ularning xarajatlarini ana shu mahsulotlar o’rtasida 
taqsimlash ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Ayniqsa, korxonani boshqarish bilan 
bog’liq xarajatlar bu borada alohida metodikani talab qiladi. Bu xarajatlar bir 
mahsulot turiga to’g’ridan-to’g’ri kirmaganligi sababli ularni bilvosita yoki egri 
xarajatlar deb yuritiladi. 
Qishloq xo’jaligida barcha xarajatlar 1 gektar yoki bir bosh chorva hayvoniga 
hisoblanadi. Bir gektar yerdan olingan mahsulot miqdoriga shu bir gektar yerga 
ketgan xarajatlar miqdorini bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Chorvachilikda bir bosh 
chorva moliga qilingan xarajatlar miqdorini shu chorva molidan olingan mahsulotga 
bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Bu bir qarashda ancha tushunarliga o’xshaydi. Aslida 
esa bunda o’ziga xos qiyinchiliklar mavjud. Gap shundaki, qishloq xo’jaligida bir 
ishlab chiqarish jarayonida asosiy, qo’shimcha va yondash mahsulotlar olinadi. 
Masalan, sut chorvachiligida olingan sut asosiy mahsulot, sigirdan olingan buzoq esa 
qo’shimcha mahsulot hisoblanadi. Shu sigirdan 5 – 6 tonna miqdorida organik o’g’it 
– go’ng olinadi. Bu mahsulot yondash mahsulot hisoblanadi. Barcha xarajatlar bir 
bosh sigirga qilingan. Ya’ni, sigir boqilgan va natijada 3 xil mahsulot olingan. Biz 
sutga, buzoqqa va go’ngga alohida xarajat qilgan emasmiz. Bunday holda mahsulot 
birligining tannarxini hisoblash o’ziga xos murakkablikni keltirib chiqaradi.


197 
O’simlikchilikda esa barcha xarajatlar bir gektarga qilinadi. Masalan, bir gektar 
yerga don ekdik deylik. yerni tayyorladik, urug’lik sarfladik, o’g’it berdik, sug’ordik 
va hosilni yig’ishtirib oldik. Donchilikda asosiy mahsulot don olindi. Qo’shimcha 
mahsulot-don chiqindisi va yondash mahsulot – samon olindi. Ana shu mahsulotlarga 
xarajatlarni taqsimlash zarurati kelib chiqadi. paxta maydonidan paxta xomashyosi va 
g’o’zapoya olinadi va x.k. Bunday hollarda bir necha usul bilan mahsulotlar tannarxi 
aniqlanadi.
Birinchi usul, qo’shimcha va yondash mahsulot ilmiy asoslangan ma’lum 
koeffitsientlar orqali asosiy mahsulotga aylantirib olinadi. YOndosh mahsulotning 
sotish narxi aniqlanadi va uning qiymati xarajatlardan chegirib tashlanadi. Natijada 
qolgan umumiy xarajatlar mahsulot hajmiga taqsimlanadi va bir birlik mahsulot 
tannarxi aniqlanadi. Keyin yana koeffitsientlar yordamida qo’shimcha va yondash 
mahsulot tannarxi aniqlanadi. Ikkinchi usulda mahsulotlarning narxi asosida qilingan 
xarajatlar taqsimlanadi. Uchinchi usulda yondash mahsulotning qiymati aniqlanadi va 
qilingan xarajatlardan chiqarib tashlanadi. Qolgan xarajatlar asosiy va qo’shimcha 
mahsulotlarga taqsimlanadi. Qishloq
 
xo’jalilik korxonalarida mahsulotlar, ish va 
xizmatlar tannarxi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 
fevraldagi 54 - son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish 
tartibi to’g’risida NIZOM qoidalari asosida aniqlanadi.
Ushbu nizom quyidagi bo’limlardan iborat. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə