Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51

 
45
xisobida tarqalishnni - biologik spektr deb ataydi. Masalan issiq va nam iqlimli tropik mintaqada – 
fanerofitlar, mo’tadil iqlim mintaqada – gemikriptofitlar ko’p tarqalgan. 
 
3 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Hayvonlarning hayot shakli klassifikatsiyasi, bu 
klassifikatsiya qaysi holatlarni etiborga olgan holda tuzilganligini bayon qilish.  
Organizmlar hayot shakllarining klassifikatsiyasi morfologik ekologiyaning asosiy muammolaridan biri 
hisoblanadi. «Hayot shakllari» atamasi botanikadan zoologiyaga o’tadi va hayvonlarni tashqi qiyofalari 
bo’yicha guruhlashda juda ko’l keladi. 
Zoologiyada hayvonlar hayot shakllarini aiiqlashda turli holatlar va hayvonlarni biologik xislatlarni 
inobatga olishga to’g’ri keladi. Jumladan, bir hollarda hayvonlarni tashqi qiyofasi asos qilib olinsa, ikkinchi 
holda ularning ko’payish yo’llari, uchinchi holda harakat qilishlari yoki oziqlanish yo’llari asos qilib olingan. 
Masalan: D.N.Qashqarov (1945) hayvonlarni harakatlanishi bo’yicha tubandagicha klassifikatsiya qiladi: 
 1. Suzib yuruvchi shakllar. 
1.1. To’la suv shakllari - nekton, plakton, bentos, 
1.2. Chala (yarim) suv shakllari – sho’ng’uvchilar, sho’ng’imaydiganlar, suvdan faqat ozuqa 
topuvchilar. 
2. Erni qoplovchi shakllar: 
2.1. Mutloq er qazuvchilar (butun hayoti er ostida). 
2.2. Qisman er qazuvchilar (er ustiga chiqib turadilar).  
Z. Er usti shakllar: 
 
3.1. In qurmaydiganlar: yuguruvchilar, sakrovchilar, sudralib yuruvchilar. 
3.2. In quruvchilar: yuguruvchilar, sakrab yuruvchilar, sudralib yuruvchilar. 
3.3. Qoyalar hayvonlari. 
4.   Daraxtlarda o’rmalovchi shakllar: daraxtlardan tushmasdan yashovchilar va vaqtincha daraxtga    
      o’rmalovchilar. 
5.   Havo shakllari: Ozuqani havodan topuvchilar, erdagi ozuqaga havodan qaraydigan shakllar.   
      (havoda kuzatib turib ozuqa topadigan). 
D.N.Qashqarov klassifikatsiyasida hayvonlarning morfologiyasi, harakat qilishi va oziqlanishi kabi 
xislatlari inobatga olingan, shuningdek hayvonlar muhitning namlik darajasiga qarab namlikni sezuvchi 
(gigrofillar) va quruqlikni sezuvchi (kserofillar) guruhlariga bo’linadi. 
Hayvonlar oziqlanishiga qarab: o’simliklar bilan ovqatlaiuvchilar, hamma narsa bilan ovqatlanuvchilar, 
yirtqichlar va o’liklar bilan ovqatlanuvchilarga bo’linsa, yashash joyida ko’payishiga qarab: er ostida 
ko’payadigan shakllar, er ustida, o’simliklar, butalar orasida va daraxtlar ustida ko’payuvchi guruhlarga 
bo’linadi. Iqlimga nisbatan - sovuq va issiqxonalarga bo’linadi. 
Shuni etiborga olish kerakki, bir xil muhitda va bir xil hayot kechiradigan hayvonlarning tashqi qiyofalari 
ancha o’xshash bo’ladilar. Masalan, okean va dengizlarda uchraydigan hayvonlar – gidrobiontlar  torpedasimon 
shaklga ega bo’ladilar. Ular turli sistematik guruhlarga mansub bo’lishlari va har xil ichki tuzilishlaridan qatiy 
nazar, bir - biriga o’xshash kiyofaga egadirlar. Jumladan kalmar (malyuskalar tipiga), barrakuda (suyakli 
baliqlarning xordalilar tipiga), ixtiozavr (sudralib yuruvchilarning yo’qolib ketgan sinfi vakillariga), 
tyulenlar (sut emizuvchilar) tipiga kiradi. Nomlari aytib o’tilgan hayvonlar bir xil muhitda bir xil hulqiy 
xislatlariga egadirlar, yani ular ochiq dengiz muhitida tez harakat qiluvchi yirtkich hayvonlar guruhiga 
kiradilar. Evalyutsion jarayondagi bir xil sharoitda ularda bir xil moslanishlar yuzaga kelgan, yani: tana 
shakli, o’ljani tutuvchi organlar (tish, jag’, paypaslovchi qo’l - oyoqlar), yaxshi rivojlangan ko’rish organlari, 
dum qismlar bir - birlariga ancha o’xshab ketadi. 
Suv muhitida uchraydigan gidrobiontlar tubandagi (quyidagilar) hayot shakllariga (Zernov, 1949. 
Konstantinov, 1972) egadir. 
1. Plankton: harakatsiz sharsimon, nurlanuvchi, tayoqchasimon shakllar. 
2. Nekton: ilonsimon torpedasimon, kurak oyoqli turlar 
Z. Bentos: harakatsiz epibiontlar, daraxtsimon, chanoqli va kopsimon shakllar. 
Harakatchan epibiontlar: o’rmalovchilar, kipriklilar, chuvalchangsimonlar, ixcham tanali oyoqli 
shakllar.  
Erni qoplovchi intrabiontlar: chuvalchangsimonlar, qazuvchi muguzli ponasimon chanoqli turlar. Po’k 
introbiontlar (intersttsial shakllar) ixcham cho’zilgan shakllar. 
Bu suv muhiti hayot shakllarida gabitual o’xshashlik yuqori takomillashganligidan sodda toifalarga qarab 
ortib borishi kuzatiladi. Bir guruh hayot shakllaridagi bir - biridan uzoq turlarga qaraganda yaqin, qardosh 
organizmlarning o’xshashligi ko’pdir. Undan tashqari, yuqori toifadagi tizimga suv havzasining turli 
chuqurliklariga morfologik moslashgan organizmlar (plankton, nekton, nektobentos, bentos) kiritilgan. O’rta 


 
46
darajadagi tizimga harakat qiladigan hayvonlar tipi, sodda toifaga oid hayot shakllariga esa xulqiy xislatlariga 
qarab hayvonlar kiritilgan. 
Har bir hayot shakli turli sistematik guruhlar vakillarini tana tuzilishi va biologik xususiyatlariga qarab 
birlashtirgan. Masalan: planktonga suvda muallaq holda kam harakat qilib suzib yuruvchi hayvonlar kiradi. 
Bularga ko’p umurtqasiz hayvonlarning sharsimon qurtlari, kolovratkalar, suvo’tlar, radiolyariyalar, 
meduzalar, ayrim osminoglar, mayda qisqichbaqasimonlar kiradi. Nekton guruhiga - ancha katta, faol 
harakat qiladigan. hayvonlar kirib, ular ilonsimon, torpedasimon va keng suzgichli shakllarga ega bo’ladilar. 
Ilonsimonlarga - ilonbaliq, suv ilonlari kirsa, torpedasimonlarga: ko’pchilik baliqlar, delfinlar, kalmarlar, 
morjlar, tyulenlar kabi hayvonlar misol bo’ladi. 
 
 
Bentos hayot shakllariga: epibiontlar va loyga botib yashaydigan intrabiontlar kiradi. 
Ektibiontlarga: harakatchan xalqali chuvalchanglar, nemartinlar, golotunyalar, chanoqli foraminiferalar, 
molyuskalar, braxiopodalar va boshqalar misol bo’ladi.  
Harakatsiz shakllarga: daraxtsimon korallar, gidroidlar, bulutlar, mshankalar kiradi. 
Intrabiontlarga: loyqalar ichida yashaydigan planariya, infuzoriya, chanoqli molyuskalar, dengiz 
tipratikanlari, nematodlar, xalqali chuvalchanglar misol bo’ladi. Tuproqda keng tarqalgan 
chuvalchangsimon geobiontlar ham turli sistematik guruhlarga tegishli hayvonlardir. ( Sharova, Sveshnikov, 
1988) Masalan: tuproq nematodalari - dumaloq chuvalchanglardan, yomg’ir chuvalchanglari - halqalilar 
tipidan peripatopsis esa - onixoforlardan, er - suv qurti - er - suvda yashovchi xordalilar tipidandir. 
Tuproqda tarqalgan hayvonlar uni kovlab, o’zlariga yo’l, ozuqa va noqulay sharoitdan saqlash joyini topadilar. 
Uchib yuruvchi qanotli hayvonlar - aerobiontlar nomli hayot shakllari guruhiga kiritiladilar. 
Ular ham tashqi qiyofalari bilan juda ko’p tamonlama bir - biriga o’xshab ketadigan, lekin har xil 
sistematik guruhlarga mansubdir. Jumladan: ninachi - xasharotlarga, ramfornik - uchadigan kaltakesak
yo’qolib ketgan sudralib yuruvchilar sinfidan, o’rdak - qushlar sinfidan, ko’rshapalak esa - sut emizuvchi 
sinfiga xosdir. 
Bu hayvonlar sistematik hamda anatomik jihatdan juda katta va keskin farqlanishlariga qaramasdan, 
uchishga moslashgan gabitual o’xshashliklariga egadirlar. Professor N.P. Naumov (1963) hayvonlarni 
ovqatlanishlari bo’yicha tubandagi guruhlarga bo’linadi: 
1. Sust ovqatlanuvchi turlar. Bu guruhlarga harakat qilmaydigan yoki juda kam harakat qiladigan 
tuban, sodda tuzilgan turlar kirib, ularga ichak qorinlilar, igna tanlilar, ayrim chuvalchanglar, lantsetniklar, 
bulutlar misol bo’la oladi. Ularga past darajada modda almashuvi kam ozuqa va metabolizm xislatlari xosdir. 
2.Parazitlik yuli bilan (ekto va endo) ovqatlanish. 
3. Faol ovqatlanish turlari. Bu guruhga kiruvchi hayvonlar yuqori darajada ozuqaga talabi katta bo’lib, 
ozuqani maxsus joylardan kidirib topib o’zlashtiradilar. Bu o’z navbatida: 1) yoyilib o’tlovchilar (suvdagi 
planktonlar, bentos, nekton): o’tloqzordagi daraxtlar, butalar ustidagi hayvonlar, qushlar;             2). YOyilib, 
o’tlab, em - xashak, o’tlarni to’la eydi yoki qisman o’tlaydi, boshqasi payxon, nobud bo’ladi.               3). 
Poylab turib, o’ljani tutib, u bilan ovqatlanadigan yirtqichlar. Ularga baliqlardan - cho’rton baliq, qushlardan 
- lochin, ukki, burgut, qirg’iy, sut emizuvchilardan - mushuk, bo’ri, yo’lbars, sher va boshqalar kiradi. 4). 
Quvlab, kuzatib ozuqa topish ancha murakkab yo’l bo’lib, bu guruhlarga qushlar (pelikan, baklan) va sut 
emizuvchilar kiradi. 
A.N. Formozov (1945) sut emizuvchi hayvonlarni morfologik qiyofalariga qarab tubandagicha 5 tipga 
bo’linadi: 
 
1. Er usti shakllari.                      2.  Er osti shakllari.             3. Daraxtga bog’liq shakllar.                                                 
4.  Havoda yashovchi shakllar.          5. Suv shakllari. 
 
Shu har bir tip ichida harakat qilishi, yashash faoliyatlariga qarab, sharoitlariga moslashish xislatlari, 
morfologik shakllari kelib chiqqandir. O’simliklar kabi, hayvonlarning ham yirik taksonomik birliklarning 
ichida hayot shakllari yorqin farqlanadi va ajratilgan guruhlar                   turlarining ekologik har xilligi 
bilan farqdanadilar. Jumladan. qushlar o’zlarining tashqi qiyofalari, yashash muhitlari, harakat qilish va 
ozuqa topish holatlariga qarab tubandagi hayot shakllariga bo’linadilar: 
 
6. Daraxtsimon o’simliklarga xos shakllar.             7. Quruqlikning ochiq joylariga xos qushlar. 
8. Botqoq va sayoz joylarga moslashgan shakllar.      9.Suvlik jolarga xos qushlar. 
 
Har bir tipga xos qushlarning spetsifik hayot shakllari bor: Yani, ozuqani tirmashib chiqib topadigan 
qushlar - to’tiqushlar, chumchuqsimonlar, kakkular; uchib yurib ozuqa topadigan                          shakllar - 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə