Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
berdi. Toki, Alloh taolo yerning eng yaxshi joyi masjidlar va eng yomon joyi bozorlar 
ekanini bildirgunga qadar (shunday davom etdi).
165
  
 
Ibn  Umardan (r.a.) o‘nta masala so‘ralsa, bittasiga javob berib, to‘qqiztasiga sukut qilar 
edilar. Ibn Abbos (r.a.) esa, to‘qqiztasiga javob berib, bittasiga sukut qilardilar. 
Fuqaholar ichida «bilmayman» deydiganlari «bilaman» deydiganlaridan ko‘proq edi. 
Sufyon Savriy, Molik ibn Anas, Ahmad ibn Hanbal, Fuzayl ibn Iyoz va Bishr ibn Hars 
shular jumlasidandir.  
 
Abdurahmon ibn Abu Laylo (r.a.) aytadilar: «Mana shu masjidda (ya’ni, Masjidi 
nabaviyda) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashoblaridan yuz yigirma kishini 
ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Ularning barchasi bir hadis yoki biror fatvo borasida 
so‘ralsa, o‘rniga birodari javob berishini yaxshi ko‘rar edilar». 
 
Boshqa bir iborada shunday deyiladi: «Bir masala ularning birortasidan so‘ralsa, 
boshqaga yuborar edi. U ham boshqasiga qaytarar edi. Hatto aylanib yana birinchilariga 
kelardi». 
 
Rivoyat qilinishicha, ashobi suffalardan biriga qo‘yning pishirilgan boshi hadya qilindi. U 
juda och bo‘lgani holda, uni birodariga hadya qildi. U ham boshqasiga berdi. Va hokazo 
ularning o‘rtasida aylanib, yana birinchi kishiga qaytib keldi. 
 
165. Imom Ahmad, Abu Ya’lo, Bazzor va Hokimlar rivoyati. 
 
 
Hozirgi kunda olimlarning ishi qanday qilib aksiga aylanib qolganiga qara, undan qochish 
lozim bo‘lgan narsa talab qilinmoqda, matlub narsadan esa qochilmoqda. 
 
Fatvo berishdan ehtiyot bo‘lish xayrli ekaniga ba’zi olimlar musnad holatda rivoyat 
qilgan quyidagi hadis dalildir: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Odamlarga uch 
toifa kishilargina fatvo beradilar: amirlar, ma’murlar va (o‘zicha fatvoga) takalluf qiluvchi 
kishilar», dedilar. 
 
Ba’zi olimlar aytadilar: «Sahobai kiromlar to‘rt ishni bir-birlariga havola qilar edilar: 
imomlikni, vasiyatni (ya’ni, uning bajarilishini nazorat qilishni), omonat saqlashni va 
fatvo berishni».  
 
Ba’zilar deydilar: «U (olim)larning fatvo berishga shoshuvchirog‘i ilmi eng oz bo‘lganidir. 
Undan qattiq qochuvchi kishi esa, taqvodorrog‘idir». 
 
Sahobai kiromlar va tobe’inlar (barchalaridan Alloh rozi bo‘lsin) asosan beshta ish bilan 
mashg‘ul bo‘lar edilar: Qur’on tilovati, masjidni obod qilish, Alloh taoloni zikr etish, 
yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish. Buning boisi shuki, ular Rasulullohdan 
(sollallohu alayhi vasallam) ushbu hadisni eshitganlar: «Odam bolasining barcha kalomi 
o‘zi uchun zararlidir. Faqat uchta kalom bundan mustasno: yaxshilikka buyurish
yomonlikdan qaytarish, Alloh taoloni zikr etish».
166
 
 
Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 
 
«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan - agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar - hech 
qanday foyda yo‘qdir». (Niso surasi, 114-oyat). 
 
166. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Termiziy g‘arib hadis, degan. 
 
 
Olimlardan biri ray sohiblaridan bo‘lgan ko‘falik  kishini tushida ko‘rdi va: «(Hayotda) 
qilib o‘tgan fatvo va rayingiz natijasida qanday muomala ko‘rdingiz?» deb so‘radi. U esa, 
aftini burishtirib, yuzini boshqa tomonga o‘girdi va: «Hech narsa topolmadik, 
oqibatimizni ham o‘nglay olmadik», deb javob berdi. 
 
Ibn Hassin (r.a.) aytadilar: «Bulardan (ya’ni, hozirgi olimlardan) har biri shunday 
masalalar haqida fatvo beradiki, agar shu masala Umar ibn Xattobdan (r.a.) so‘ralsa, 
unga (javob berish uchun) ahli Badrni to‘plagan bo‘lar edilar». 
 
Demak, zaruratdan tashqari barcha holatda sukut saqlash ilm ahlining doimiy odati 
bo‘lib qolaveradi. 
 
Hadisda shunday deyiladi: «Qachonki, bir kishiga sukut bilan zohidlik berilganini 
ko‘rsangiz, unga yaqinlashing. Chunki u hikmatni anglaydi».
167
 Aytishlaricha, olim kishi 
yo ommaviy bo‘ladi, u fatvo beruvchi va sultonlarning ashobidandir, yoki xoslar olimi 
bo‘ladi, u tavhidni va qalblarning amallarini bilguvchi va odamlardan ajralib, yolg‘izlikda 
yashovchi uzlat sohiblaridandir. 
 
Aytadilarki, Ahmad ibn Hanbal Dajla daryosiga o‘xshaydi, har bir kishi undan qonib 
ichadi. Bishr ibn Hars esa suvi shirin usti yopiq quduq kabidirki,   uning yoniga bitta-
bitta keladilar. 
 
167. Ibn Moja Ibn Xalloddan zaif isnod ila rivoyat qilgan. 
 
 
Aytadilarki, falonchi olimdir, falon olim faqat gapiruvchi, falonchi ko‘p gapiruvchi, 
falonchi esa eng ko‘p gapiruvchi. 
 
Abu Sulaymon (r.a.) aytadilar: «Ma’rifat gapirishdan ko‘ra sukutga yaqinroqdir». 
 
«Qachon ilm ko‘paysa, gap kamayadi. Gap ko‘paysa, ilm kamayadi», degan hikmat ham 
bor. 
 
Salmon (r.a.) Abu Dardoga (r.a.) shunday yozdilar (Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) ularni bir-birilari bilan birodar qilgan edilar)
168
: «Ey birodar. Menga  yetib 
keldiki, sen tabib bo‘lib, bemorlarni davolayotgan emishsan. Ehtiyot bo‘l! Agar (haqiqiy) 
tabib bo‘lsang, gapiraver. Albatta, gaping shifo bo‘ladi. Agar o‘zingni (tabib) qilib 
ko‘rsatayotgan bo‘lsang, Allohdan qo‘rq va musulmonni o‘ldirma!» Shundan keyin Abu 
Dardo (r.a.) bir masala so‘ralsa, to‘xtab qolar edilar. 
 
168. Imom Buxoriy Abu Ja’fadan rivoyat qilgan. 
 
Anasdan (r.a.) qachon bir masala so‘rashsa: «Buni sayyidimiz Hasan Basriydan 
so‘ranglar», der edilar. 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə