Transport va logistika



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə1/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Ma`ruza matni 22




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
TRANSPORT VA LOGISTIKA” FAKULTETI

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI


EKOLOGIYA


fanidan
MA’RUZALAR KURSI

ANDIJON-2022
Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib aytganlaridek, “Dunyoda ikki turli inson haqiqiy inson sanaladi: Biri-o’rgatuvchi; biri-o’rganuvchi”. Men sizlarning har biringizga ana shunday haqiqiy inson bo’lish baxti nasib etishini tilayman.
O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti – Sh. Mirziyoev

Kirish
Tabiatning ekologik holatini buzilishi–tuproq, havo va suvning tiriklik uchun zararli moddalar bilan ifloslanishi, zaharlanishi, o’simlik va hayvonlarning foydali turlarini kamayib kеtishi, tabiiy landshaftlarning tеz o’zgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo bo’lishi, aholi sonining ko’payishi, enеrgiya, suv va oziq-ovqatga bo’lgan talabning o’sishi natijasida rivojlanish markazlarining tabiat ichkarisiga-o’zlashtirilmagan joylariga kirib borishi insonning yashash muhitining tubdan o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. Shu sababli atrof-muhitni muhofaza qilish bu bir kichik mintaqaning emas, balki bir katta qitʹaning, undagi xalqlarning, davlatlarning halqaro muammosiga aylanib qolmoqda.


Dunyoning turli joylarida yuzaga kеlgan ekologik ofatlar yil sayin ko’payib bormoqda. Insonlar tabiatga tuzatib bo’lmaydigan zarar yеtkazmoqdalar, tabarruk tuproq, zilol suvlar va musaffo havo zaharlanmoqda, ifloslanmoqda, o’simlik turlari va hayvonlar zotining kamayishiga sabab bo’lmoqda, turli kasalliklar kеlib chiqmoqda. Agar biz tabiat qo’ynida tinch va sog’lom yashashni ohlasak, tabiat qonunlarini o’rganishimiz, o’zlashtirishimiz va ular asosida o’z hayot faoliyatimizni, ish rеjalarimizni, dasturlarimizni tuzishimiz kеrak bo’ladi. Aks holda, bizning barcha harakatlarimiz bеxuda kеtadi. Tabiatning ekologik qonunlarini, organizmlarning bir-birlari va ularning atrof-muhit bilan doimiy munosabatlarini chuqur o’rganib yеtgandan kеyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor bo’la olamiz.
Shu o’rinda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 21 aprel kungi ”Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5024 sonli farmoni, shu kungi ”O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2915-sonli qarorini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 Maydagi 310-son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi ”Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi to’g’risida Nizom”i1 yuqorida aytib o’tilgan masalalarni yechim topishida axamiyati katta ekanligini aytib o’tishimiz joyizdir.
Hozirgi globallashuv sharoutida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal surʹtlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangi yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqazo etmoqda2.
Ushbu ma’ruzalar kursida, Ekologik ta’lim-tarbiya natijasida, talabalarning shaxsiy ahloqiy sifatlarining ham shakllanishini xisobga olib, darslar jarayonida quyidagi usullardan foydalanishni maqsadga muvofiq – deb topdik:
- Ekologik empatiya usuli– tabiat go’zalligini his qilish, uning rang-barangligini anglash, dard va og’riqlarini sezish, shuningdek, unga hamdard bo’lish;
- Ekologik refleksiya usuli– talabalarning o’z faoliyat va xatti-harakatlarining ekologik maqsadlarga muvofiqligini o’zlaricha tahlil qilishlaridan iborat, yani, ularga atrof-muhitga turli chiqindilarni tashlash yoki resurslardan tejamkorona foydalanish borasidagi qonun va qoidalarga amal qilinmasa, ulardan oqilona foydalanilmasa kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarning mudhish holatlarini tasavvur qilishlari;
- Bashorat qilish usuli– bunda, aniq yoki rejalashtirilayotgan jarayonga tadbiq etish, yani biron-bir jarayon kuzatiladi, yozib boriladi, har xil hisob-kitob ishlari yuritiladi va ushbu jarayonnig kelgusidagi holati bashorat qilinadi.


Yüklə 5,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə