Transport va logistika



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə7/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Ma`ruza matni 22

Biota

Biomassa

Mlrd.t

% hisobida

Quruqlik biotasi
O’simliklar

1341,3

98,62

Hayvonlar

10,9

0,81

Jami

1352,2

99,43

Okean biotasi
O’simliklar

0,7

0,05

Hayvonlar

7,1

0,52

Jami

7,8

0,57

Hammasi

1360,0

100,0

1.1.4 Ekotizm, populyasiya va biogeotsenoz tushunchalari. Ekologik tizim – deb birga yashovchi har xil organizmlar va ularning yashash muhiti orasidagi qonuniyatli bog’lanishga aytiladi. Bunga o’rmon, o’tloq, ko’l va boshqalar misol bo’ladi. Masalan, o’rmonni shunday ta’riflasa bo’ladi: O’rmon bu geografik shakllangan, o’z-o’zini boshqaruvchi o’simlik va hayvonlar populyatsiyalari yig’indisi bo’lib, ular uchun muhitni boshqaruvchi asosiy ro’lni bir tur, yoki bir necha turga mansub populyatsiyalar o’ynaydi. Ana shunday jamoalarni ifodalash uchun akademik V.N Sukachev(1942) biogeotsenoz terminini tavsiya etgan.


Populyatsiya va biotsenoz tushunchasi: Populyatsiya deganda biz ma’lum territoriya yoki akvatoriyani egallagan bir tur doirasidagi individlarning birlashmasini tushunamiz.
Populyatsiyalar ekologiyasining ob’ekti qilib butun ekotizim, ya’ni o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalarining barqaror kompleksi va ular egallab turgan hudud yoki, akvatoriyasi olinadi. Bu esa tizimli yondashish deyiladi. Ekologiyada bir necha yondashish mavjud bo’lib, ular ichida qabul qilingani ekotizimli va populyatsiyalarni o’rganib yondashishlaridir. Ulardan birinchisi asosiy e’tiborni ekotizimga, ikkinchisi esa populyatsiyaga qaratadi. Demak, ular orasidagi farq ob’ektida.
Populyatsiyalar to’g’risidagi ma’lumot populyatsion genetikada paydo bo’lib, sistematikada tur murakkab tizim deb qaralganidan keyin rivojlana boshladi. Amaliy ehtiyojlar ham populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga S.A.Severtsov, S.S.Shvarts, N.P.Naumov, G.A.Viktorov kabi olimlar katta hissa qo’shganlar. O’simliklar populyatsiyasini o’rganishga E.N.Sinskaya (1948), T.A.Rabotnov, A.A.Uranovlar asos solgan. S.S.SHvartsning "Hozirgi ekologiyaning uslublari" nomli asarining birinchi qismida "Ekologiya populyatsiyalar to’g’risidagi fan" deyilgan, populyatsiya esa hayvonlar uchun asosiy va birdan bir yashash formasidir deyilgan.
Ekologik yondashish (II.10.1-jadval) populyatsiyalarning muhit fizik–geografik omillariga moslashishini o’rganish bilan birga, biotik bog’lanishlarga bog’liq, organizmlarning ko’payish va boshqa organizmlar bilan ekotizimda birga yashashini ham o’rganadi.

Yüklə 5,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə