Transport va logistika


-Modul: Ekologiyaning nazariy asoslari



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə2/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Ma`ruza matni 22

1-Modul: Ekologiyaning nazariy asoslari.
1-Mavzu: Kirish. Ekologiya fanining maqsadi va vazifalari. Ekologik omillar va qonuniyatlar. Biosfera.
reja:
1.1.1 Ekologiya fanning maqsadi va vazifalari;
1.1.2 Ekologik omillar va antropogen o’zgarishlar hamda ularning turlari.
1.1.3 Biosfera. Biosferaning tarkibi va funktsiyalari, biosfera va koinot.
1.1.4 Ekotizim, populyatsiya va biogeotsenoz tushunchalari. Tabiatda moddalarning aylanma xarakati
1.1. Ekologiya fanining maqsadi va vazifalari;
Fan va texnika yuksak darajada rivojlangan hozirgi davrda inson va tabiat o’rgasidagi munosabatlar, ayniqsa ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari o’ta muhim, kechiktirib bo’lmaydigan va o’z yechimini kutayotgan muammoga aylanib bormoqda.
Ekologiya”'>“Ekologiya” yunoncha so’z bo’lib, “oykos”– uy va “logos”–fan, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olim Ernest Gekkel “Organizmlar marfologiyasining umumiy prinsiplari” asarida izohlab bergan edi. E.Gekkel “Umumiy ekologiya”ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro aloqalarini va ta’sirini o’rganadigan fan deb, ta’riflagan edi.
Umumiy ekologiya–biologiya fanining bir bo’lagi bo’lsa-da, ammo botanika, zoologiya nisbatan yangi fan bo’lib, u XX-asrning boshlarida rivojlana boshladi.
E’tirof etish kerakki, tabiat hodisalariga oid tushuncha va ta’limotlar takomillashib, evolyutsion tarzda rivojlanib borishi, inson bilan tabiat o’rtasidagi bog’liqlik IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Jayhoniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi alloma-bobokalonlarimiz asarlarida ham o’z ifodasini topgan.
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularning o’zi yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o’rganadi. Ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hududiga mos keladigan muhitlaridan iborat tizimlar tabiatini tadqiq etadi. Bu esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb ataladi.
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining asosiy tushunchalari va manbalari hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya 4 bo’limga bo’lib o’rganiladi:


  1. Yüklə 5,87 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə