Transport va logistika


O’zbekistondagi atrof-muhit holati



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə4/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Ma`ruza matni 22

O’zbekistondagi atrof-muhit holati: Tabiatni muhofaza qilish deganda, inson manfaatlarini ko’zlab, tabiatdan oqilona foydalanish, uni saqlash, qo’riqlash va tabiiy boyliklarini ko’paytirish yo’lida amalga oshirilayotgan tadbirlarning ilmiy asoslangan majmuasi tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 50–moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyot- korona munosabatda bo’lishga majburdirlar” deb alohida ta’kidlangan.
Konstitutsiyamizning 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simliklar, hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boyliklardir, uldardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” –deb tʹakidlanadi.
Hammamizga ma’lumki, 1993-yil 9-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda qanday mutaxassis tayyorlashdan qatʹiy nazar barcha o’rta va oliy o’quv yurtlarida fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo’lish huquqini ta’minlash uchun ekologik o’quvning majburiyligi belgalab qo’yildi. Chunki ekologik ta’lim va tarbiya yoshlarda ekologik ongni shakllantirishda, insoning tabiatga va biosferaga bo’lgan yangicha munosabatlarini yaratish muhim o’rin tutadi. Qolaversa, mustaqil respublikamizda ekologik madaniyatli, o’z Vataniga va eliga xizmat qiladigan yetuk, komil va barkamol insonning shakllanishiga katta ko’mak beradi.
Tarixdan bizga ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyatini o’zida mujassamlashtirgan birinchi yozma yodgorlik manbai bo’lgan zardushtiylarning “Avesto” kitobida, atrof-tabiiy muxitning sofligiga qarab, insonlarning 800 yildan 1400 yilgacha umr ko’rganliklari bayon etiladi. “Avesto”ning “Vandidot” qismida suv va yer- dan foydalanish, unda jinoyat va jazo, mol-mulk bilan bog’liq masalalarni tartibga solib turuvchi qoidalar bitilgan. “Vandidot”ning 13-14-boblarida xar kuni kishilar ekinlarni ikki marotaba sug’orishlari mumkinligi. Lekin, sug’orish, suvining miqdori bir belkurak kengligidagi va chuqurligidagi ariq, orqali amalga oshirnshga xaqli ekanliklari bayon etilgan. “Navro’z” bayramida esa Sharq xalqlarining urf-odatlariga ko’ra, xar bir inson “yangi yil” munosabati bilan yerga ko’chat qadashi va urug’ sepishi orqali tabiatni obodonlashtirishi, ariq, zovur, o’rmon va dalalarni tozalashi kerak bo’lgan. Bunday xolat xar bir kishining majburiyatiga aylantirilgan va jamoatchilik oldidagi javobgarligi xisoblangan3.
Ma’lumki, “Ekologiya” fani nihoyatda keng ko’lamda xilma-xil muammolarni o’z ichiga oladi. Tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini o’rgatishda, avvalo, muhandislar zimmasiga g’oyat mas’uliyatli vazifa tushadi. Bo’lajak muhandislar tabiatni muhofaza qilish va o’zgartirish sohasida chuqur bilimga ega bo’lishlari kerak. Chunki yuksak darjada taraqqiy etayotgan hozirgi kishilik jamiyatining tabiiy atrof-muhitga bo’lgan ta’siri tobora kuchliroq bo’lib bormoqda. Inson tabiatning tarkibiy qismi sifatida o’z mehnat faoliyati jarayonida tabiiy- muhitga ta’sir etib, o’zi ham shu muhitga moslashadi..
1.1.2 Ekologik omillar va antropogen o’zgarishlar hamda ularning turlari.
Ma’lumki, keyinga 80 yil davomida fan va texnika keskin rivojlandi, sanoat, transnort, qurilish, energetika tarmoqlari tez surʹatlar bilan o’sdi, tabiiy boyliklar (neft va gaz, ko’mir, rangli metallar) dan haddan tashqari ko’p foydalanildi, qo’riq yerlar, yaylovlar, to’qayzorlar, botqoqliklar o’zlashtirildi, sanoatda va qishloq xo’jaligi tarmoqlarida turli zaharli kimyoviy moddalardan qo’llanib kelindi. Natijada tabiiy muhitda ekologik muvozanat buzildi, tuproq, suv va atmosfera havosining tabiiy tarkibi o’zgaradi, turli ifloslanishlar paydo bo’ldi.
Bular nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy tangliklarni, balki ekologik tangliklarni kelib chiqishiga asosiy sabab bo’ldi va tabiiy boyliklarni kun sayin kamayishiga olib keldi. Masalan, Jarqoq va Gazli yer osti boyliklari yildan yilga kamayib borishi ko’pchilikka ma’lum bo’lib qoldi.
Bundan tashqari, ba’zi-bir mintaqalarda suv muammolarining kelib chiqishi (masalan, Orol dengizining qurib borishi), o’simlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab bo’ldi. Agar XVII - XVIII asrlarda hammasi bo’lib o’simlik va hayvonlarning 32 turlari yo’qolib ketgan bo’lsa, hozirga kelib 235 hayvonot turlari va 400 dan ortiq o’simlik turlari yo’qolib ketdi.
…Orolbo’yida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan aniq choralar ko’rildi. Moliya vazirligi huzurida Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi va unga 200 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi. Ana shu mablag’lar hisobidan Qora- qalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta’minoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda4.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog’liq holda, tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning hayotida, iqtisodiyotida, umuman olganda xo’jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlarda, tabiiy hodisalar bilan bog’liq har qanday hodisa tushuniladi. Masalan, iqlimning o’zgarishi yoki suv toshqini natijasida paydo bo’ladigan muammolar, ishlab chiqarish korxonalarida vujudga keladigan ba’zi bir favqulodda vaziyatlar va hodisalar, ba’zi bir hayvon turlarining bir joydan ikkinchi joyga ko’chib borishi va hokazolar, ekologik muammo bo’la oladi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi tub islohotlar: 2017yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalshi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi.
2017yil 21 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5024-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan, Respublikamizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog’ligiga xavf tug’diruvchi zararli ta’sirlarini oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yig’ish, saqlash, tashish hamda utilizatsiya qilish, ularni qayta ishlash va ko’mish borasidagi mavjud tizim yanada takomillashtiriladi.
Farmonga binoan “O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi” endilikda “O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi” sifatida qaytadan tashkil etildi5.
2017yil 21 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-2915-sonli Qarori qabul qilindi6.
2017yil 21 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda Maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbrlari to’g’risida” PQ-2916-sonli Qarori qabul qilindi7.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 maydagi 310-son qaroriga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi to’g’risida Nizom”i tasdiqlandi. Ushbu Nizom 6 bobdan iborat8.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 iyuldagi 368-son qaroriga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasining chiqindilarning hosil bo’lishi, to’planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko’milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspektsiyasi to’g’risidagi Nizomi” tasdiqlandi. Ushbu Nizom 4 bobdan iborat9.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taminlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda fuqarolarning rekreatsiya, ekologik va boshqa turdagi turizmlarga bo’lgan huquqlarini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining, 2018 yil 8 yanvar 13-son Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror 4 bobdan iborat 10. (“Muhofaza etiladigan tabiiy hudud (METH)da bo’lish Namunaviy qoidalariga ilova” ta’sis etilgan).
2018 yilning 14-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo’yicha vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda “O’zbekiston ekologik partiyasi” tashkil etilgani ma’lum qilindi11.
Mamlakatda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, aholi uchun qulay ekologik sharoit yaratish va noyob tabiatni saqlashga jamiyatning barcha kuchlarini safarbar qilish, hududiy va mahalliy ekologik va fuqarolar sog’ligini muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, jamiyatda ekologik madaniyat darajasini ko’tarish singari dolzarb vazifalar shular jumlasidandir. Umid qilamizki, mazkur yangi partiya yoshlarni tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash ishlariga o’zining munosib hissasini qo’shadi. Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy muammolarni hal etish, Orol dengizi inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish borasida amaliy natijalarga erishadi.­­­­



Yüklə 5,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə