Transport va logistika


Biosfera haqida tushuncha, uning tarkibi va funksiyalari. Biosfera va koinot



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə5/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Ma`ruza matni 22

1.1.3 Biosfera haqida tushuncha, uning tarkibi va funksiyalari. Biosfera va koinot
Yer yuzidagi tirik organizmlar tarqalgan, ularning doimiy ta’siri ostida bo’lgan va faoliyati mahsulotlari egallagan qobiq biosfera(yunoncha “bios”–hayot, “sfera”–shar) deb yuritiladi. Biosfera yerning qattiq qobig’i– litosferaning ustki qismi (3 km chuqurlikkacha), havo qobig’i atmosferaning quyi, troposfera qismini(15 km gacha) va suv qobig’i–gidrosferani (11 km gacha) o’z ichiga oladi (3.1.1 -rasm).
Hayotning yuqori chegarasi sayyorani ultrabinafsha nurlanishdan ximoya qiladigan “ozon qatlami” (22 km)dan o’tkaziladi va biosferaning umumiy qalinligi 33-35 km deb belgilanadi.
Biosferaning tarkibi: V.I.Vernadskiy bo’yicha biosferaning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi:
- tirik modda(biota)lar –barcha tirik organizmlarning yig’indisi;
- o’lik moddalar –hosil bo’lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan tog’ jinslari, suv, minerallar va boshqalar;
- biogen moddalar –organizmlar hayot faoliyati mahsuli sifatida hosil bo’lgan ko’mir, torf, neft, gaz va boshqalar;
- oraliq moddalar – biogen moddalarning noobiogen kelib chiqqan mineral jinslar bilan aralashmalari-tuproq, slanetslar va boshqalar.


3.1.1-rasm. Biosferaning Yer geosferalari o’rtasidagi o’rni.
Tarkibidagi energiya yoki uglerod miqdoriga asoslangan ma’lumotlar bo’yicha biosferadagi tirik, biogen va oraliq moddalar miqdori nisbati 1:20:4000 ga to’g’ri keladi.
Biosfera haqidagi V.I.Vernadskiy ta’limoti;1875 yilda bu tushunchani birinchi bor avstriyalik geolog olim E.Zyuss ishlatdi. Yerning alohida qobiqlari-geosferalarini o’rganayotganida hayot tarqalgan qobiqni u “biosfera” deb ajratdi.
Biosfera xaqidagi ta’limotning asoschisi rus olimi, akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi. V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib Yer sayyorasi evolyutsiyasida tirik organizmlarning roli va ahamiyatini ochib bergan, biosferani biogeokimyoviy o’rganishni boshlagan.
Biosferaning hosil bo’lishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar ajratiladi.
Abiotik bosqichda (4,5-3,5 mlrd. yil oldin) sayyorada hayotning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yuzaga kelgan.
Biotik bosqichda (3,5 mlrd. yil oldin) dastlabki tirik organizmlar suv muhitida paydo bo’lgan. Qurʹoni Karimda, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:«...va suvdan har bir narsani qilganmiz»12.
Boshqa bir oyatda esa: «Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi»13, deyiladi.
Arxey va Proterozoy eralarida hayot sodda ko’rinishda bo’lgan va okean o’simliklarida fotosintez amalga oshgan. 600 mln. yil ilgari, Paleozoy erasining Kembriy davriga kelib okeanda hayot turlana boshlaydi. Keyinchalik, hayot quruqlika chiqadi, butun biosferani egallaydi va gurkirab rivojlangan.
Organik evolyutsiya davomida tirik organizmlar atmosfera havosini, Dunyo okeanining suvini, tuproqlarning asosiy massasini, mineral birikmalarining katta massasini a’zolari, terilari, xujayralari, qonlari orqali minglab martalab o’tkazgan va butun yer muhitini o’zgartirgan (Akimova,1998).
Biosferada hozirda 500 mingga yaqin o’simlik turlari va 1,5 mln.dan ortiq hayvon turlari mavjuddir.
Noobiotik bosqichining shakllanishi 40-50 ming yil oldin boshlangan deb hisoblanadi.
Biosferaning umumiy massasi boshqa qobiqlardan farqlanadi (3.2.1-jadval). Tirik organizmlar birgalikda juda katta ish bajaradi.

Yüklə 5,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə