Transport va logistika



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə3/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Ma`ruza matni 22

Autekologiya;

  • Populyatsiyalar ekologiyasi;

  • Sinekologiya;

    4. Biosfera.
    1. Autekologiya (“autos”– yunoncha so’z bo’lib, “o’zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganini o’rganadi.
    2. Populyasiyalar ekologiyasi (“populyasion”– fransuzcha so’z bo’lib, “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyasiyalar tuzilmasi va dinamikasi. ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
    3. Sinekologiya (“sin”– yunoncha so’z bo’lib, “birgalikda” degan ma’noni bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simliklar va hayvonot tur- larining o’zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.
    4. Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha “bios”–hayot, “sfera”–shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni Yer qobig’idagi barcha mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi. Ushbu ta’limotning asoschisi akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi.
    Ekologiya fanining rivojlanishiga: Ya.N.Pavlovskiy, V.L.Sukachev, S.I.Vavilov, K.A.Timiryazev va xususan V.I.Vernadskiy kabi taniqli olimlar salmoqli hissa qo’shganlar.
    Ingliz olimi Ch.Darvin (1809-1885)ning “Tirik organizmlarning yashash uchun kurash” qonuni ekologiya fanining negizini tashkil yetadi.
    Tabiiy muhitda tirik organizmlarning issiqlikka, namlikka, bosim va qurg’oqchilikka moslanishi va turlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatlari asosida vujudga keladigan o’zgarishlar ushbu qonunning negizi (asosi) hisoblanadi.
    Rus olimi, Moskva Davlat Universiteti professori K.F.Rule (1814-1858) tirik organizmlarning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini “tabiat qonuni” yoki “munosabat qonuni” deb atagan edi.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Ekologiya” va “Ekonomika” atamalari bir ildizli yunoncha so’zlardir. Agar “oykos”-uy, ro’zg’or, xo’jalik bo’lsa, “nomos”-qoida, qonun demakdir. “Ekonomika” (iqtisodiyot fani)–uy–ro’zg‘or xo’jaligini boshqarish san’atidir. Demak, “Ekologiya” fani “Iqtisodiyot” faniga chambarchas bog’liqdir. Bundan tashqari, ekologiya fani fizika, matematika, kimyo, biologiya, fiziologiya, mineralogiya, geografiya, metrologiya, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liq fandir.
    Tabiat cheksiz, tabiiy boyliklari bitmas–tuganmas degan ibtidoiy tasavvurlarga chek qo’yish, kishining madaniyat darajasini, intellektual bilim saviyasini uning tabiatga bo’lgan munosabati bilan o’lchaydigan davr keldi.
    Nabotot va hayvonot dunyosini ehtiyot qilish, har bir gul yoki nоvdani uzishdan, yoki hayvonga o’q uzishdan oldin shu hatti harakat to’g’risida o’ylab ko’rish, o’z hovlisini va shahar havosini iflos qilib, axlat yoqayotgan kishiga befarq qaramaslik tabiatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir.
    “Inson – jamiyat – tabiiy muhit” tizimini tadqiq etishning asosiy vazifalaridan biri ana shu tizimning uchala tarkibiy qismi o’rtasidagi modda va energiya almashinishining cheksiz va tobora chuqurlashib borayotgan jarayonlarini o’rganishdir.
    1.1.1-jadval

    Ekologiya” fanining asosiy vazifalari

    1

    Hayot jarayoni qonuniyatini o’rganish, shuningdek, insonning tabiiy tizimlarga va biosferaga ko’rsatayotgan ta’sirini bir butun holda o’rganish.

    2

    Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqarish, inson faoliyati tufayli o’zgargan tabiatdagi jarayonlar va o’zgarishlarni oldindan bashorat qilish, ularni boshqarish va inson uchun eng qulay muhitni saqlash.

    3

    Populyatsiyalar sonini boshqarish, ya’ni kimyoviy moddalardan oqilona foydalanish.

    4

    Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o’rganish va ularga qatʹiy rioya qilish.

    5

    Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish yo’llarini ko’rsatish.



    Yüklə 5,87 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə