Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


Iqtisodiy faol aholi va ularning mulk shakllari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114
iqtisodiy statistika

Iqtisodiy faol aholi va ularning mulk shakllari 
bo‘yicha bandligi. 
(1997 yil – ming kishi) 
Shu jumladan 
Barcha 
aholi 
Mehnat 
resurs 
lari 
Iqtisodiy 
faol aholi 
Iqtisodiyot 
da 
band 
bo‘lganlar 
Davlat 
sektori % 
Nodavlat 
sektori % 
23563,0 11826,0 
8715,4 
8680,0 
28,7 
71,3 
Aholining ijtimoiy tarkibida ham o‘zgarish bo‘lmoqda. 
Avval aholining asosiy qismi dehqon bo‘lsa, hozirgi kelib qishloq xo‘jaligida 
band bo‘lgan aholi ulushi kamayib bormoqda. Bu mustaqillik yillarida qishloqda 
kichik biznesning rivojlanishi natijasida sanoatning kirib kelishi bilan bog‘liqdir. 
4.3. Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi. 
Aholining qayta takror ishlab chiqarilishi ya’ni avlodlarning almashuvi 
tug‘ilish va o‘lishga bog‘liqdir. Avlodlar almashuvi juda ko‘p omillarga bog‘liq 
bo‘lib, bularga turmush darajasi, tibbiy va ijtimoiy ta’minot, tabiat va ekologiya
xalqning an’analari va shu kabilar kiradi. 
Aholining tabiiy harakati tug‘ilish va o‘lishga bog‘liq. Shuning uchun statistika 
tug‘ilish va o‘lishni qayd qilib boradi. Bunda tug‘ilish koeffitsienti, bolalar o‘limi 
koeffitsienti, tabiiy o‘sish koeffitsienti kabi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 


27 
Tug‘ilish koeffitsienti (Tk) ushbu davrda to‘g‘ilganlar sonini 1000ga 
ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lish bilan topiladi. 
Tug‘ilganlar soni x 1000 
Tk = ----------------------------------- 
aholining o‘rtacha yillik soni 
O‘lim koeffitsienti o‘lganlar sonini 1000 ko‘paytirib aholining o‘rtacha yillik 
soniga bo‘lib topiladi. 
O‘lganlar soni x 1000 
Uk = ---------------------------------------- 
aholining o‘rtacha yillik soni 
Bolalar o‘limi koeffitsienti alohida hisoblanadi, bunda bir yoshgacha o‘lgan 
bolalar hisobga olinib, tug‘ilganlarga nisbatan hisoblanadi. 
Albatta o‘lim koeffitsienti aholining yoshi, jinsi, yashash hududlari, millati, 
oilaviy ahvoli kabi belgilari bo‘yicha har xildir. Shuning uchun ham statistika o‘lim 
sabablarini chuqur tahlil qilishda bu belgilar bo‘yicha xususiy o‘lim kreffitsiyentlarini 
ham aniqlaydi. 
Aholining tabiiy o‘sish koeffitsienti tabiy o‘sish bo‘lgan aholi sonini 
(tug‘ilganlar sonidan – o‘lganlar sonining farqi) 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha 
soniga bo‘lib topiladi. 
(t-o‘) . 1000 
TUk = ------------------------------ 
aholining o‘rtacha soni 
Bu yerda: Tuk – aholining tabiiy o‘sish koeefitsiyenti; 
t – shu davrda tug‘ilganlar soni; 
o‘ – shu davrda o‘lganlar soni. 
O‘zbekistonda tug‘ilish, o‘lim va aholining tabiiy ko‘payishi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə