Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114
iqtisodiy statistika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


31 
Mavzu –V. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI 
Reja. 
 
1.
Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari. 
2.
Mehnat resurslari va harakat ko‘rsatkichlari 
3.
Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi 
1.
 
Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari. 
 
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi zarur. 
O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish, kasb tanlash erkinliklari 
Respublika Konstiutsiyasida (37–modda) kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga 
majburlash (qonunda ko‘rsatilgan: harbiy yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan, 
favqulodda vaziyatlar va shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning ish 
kuchiga ehtiyoj kasb-kori, mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat qilish 
xususiyatlariga qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga bog‘liq. 
Statistika makro va mikrodarajada aholining ish bilan bandlik, ishsizlik
mehnat resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi, ish vaqti va undan 
foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu ma’lumotlarni tegishli boshqaruv 
organlariga to‘plab va qayta ishlab beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini 
ifodalovchi ma’lumotlar barcha ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy 
ko‘rsatkichlardir. 
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozori ko‘rsatkichlarini xalqaro 
miqyosda qo‘llaniladigan statistik me’yorlar asosida aniqlash asosiy vazifalardan biri 
hisoblanadi, mehnat bozori statistikasining asosiy vazifalariga yana quyidagilar 
kiradi: 
- aholining iqtisodiy faol qismi, ish bilan band aholi, ishsizlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni aniqlash, hamda va ularning o‘zgarishini o‘rganish va tahlil qilish; 
- ishchi kuchi (mehnat resurslari) harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
o‘rganish; 
- ish vaqti fondi va ish vaqti fondidan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va 
ularning o‘zgarishlarini o‘rganish; 
- ishsizlar turlarini, tarkibini va sabablarini o‘rganish va ularning o‘zgarishini 
tahlil qilish. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə