Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
iqtisodiy statistika

2.
 
Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi 
 
Halqaro statistik andozalarda iqtisodiy faol aholi tushunchasi bo‘lib, 
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ish kuchini (mehnatini) taklif 
qilishga tayyor kishilardir.
Iqtisodiy faol aholi xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida mehnat qilish bilan band 
bo‘ladi. Lekin turli sabablarga ko‘ra ishlamasdan yurgan iqtisodiy faol aholi bo‘lishi 
mumkin, ularni ishsizlar deyiladi. Demak iqtisodiy faol aholini ish bilan band va 
ishsizlar guruhlariga ajratish lozim. 
Ish bilan band aholiga turli mulk shakliga asoslangan (davlat korxona va 
tashkilotlarida, shirkat va aksioner jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, dehqon-
fermer xo‘jaliklarida va shu kabilar) korxona va tashkilotlarda yollanma ishchi 
sifatida ishlab mehnat haqi olayotgan, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘z 
xo‘jaliklarida ishlayotgan shaxslar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish haqiga ega 
bo‘lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida ro‘yxatga olinganlar, hamda 
mehnat qilishga yoki kasbiy qayta tayyorlanishga tayyor bo‘lgan mehnat qilish 
yoshidagi (16 yoshdan to nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar 
deyiladi. Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi turlarga 
bo‘ladi: 

Friksion ishsizlik; 

Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik; 

Davriy ishsizlik. 
Ishsizlik turlari 
Friksion 
ishsizlik 
Tarkibiy 
ishsizlik 
Davriy 
ishsizlik 


35 
Friksion ishsizlarga ish yoki turar joylarini o‘zgartiruvchi, mavsumiy ishlar 
tugallanmaganligi sababli, o‘quv yurtlarini birtirganligi sababli ish qidirib yurgan 
ishsizlar kiradi. Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlar ishlab chiqarish tarkibi yoki uning 
texnologiyasi tubdan o‘zgarib, kasblarning ayrim turlariga talab kamayganligi sababli 
kelib chiqadi. Bozor munosabatlari raqobatda sinmaslik uchun yangi texnika va 
texnologiyalarni joriy qilishni taqazo etadi. O‘z nabatida Fan va texnikaning juda tez 
taraqqiy etishi, yangi kasb, mutaxassislarni talab qiladi. Demak, yangi texnikalarda 
yoki yangi texnologiya bo‘yicha ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash kerak. Bu esa 
birmuncha vaqtni talab qiladi. 
Davriy (siklik) ishsizlik – ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning ing‘iroz siklida paydo 
bo‘ladi va yuksalish davrida yo‘qoladi. Shuning uchun bunday ishsizlikni davriy 
(siklik) ishsizlik deyiladi. 
Ma’lumki, mamlakatlarda iqtisodiyotning inqiroz davrida ko‘pgina korxonalar 
yopiladi (faoliyatini), ishchilar ko‘chaga haydaladi. Ishsizlar sonini hisobga olish 
joylarda tashkil etilgan mehnat birjalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ishsizlarni 
bo‘sh o‘rinlarga joylashtirish, zarur bo‘lsa yangi kasbga qayta o‘qitish, statistikada 
aholining bandlik va ishsizlik koeffitsientlari o‘rganiladi. Mehnat resurslarining 
bandlik koeffitsienti (MRBK) ish bilan band bo‘lgan aholi sonini (IB) iqtisodiy faol 
aholi soniga (IFA) bo‘lib topiladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə