Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Mehnat resurslari va bandlik statistikasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
iqtisodiy statistika

 
2. Mehnat resurslari va bandlik statistikasi. 
Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya’ni mehnat qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21 dekabr) asosan mehnat qilish yoshidagilar 16 
yoshdan, erkaklar – 60 yoshgacha, ayollar esa 55 yoshgacha belgilangan. Albatta bu 
yoshdagi kishilarning barchasini mehnat resursi tarkibiga kiritib bo‘lmaydi, chunki 
bu yoshdagi I-II guruh nogironlari mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. Shu bilan 


32 
birgalikda 16 yoshga to‘lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan kishilar ham mehnat 
qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, mehnat resurslari (MR) mehnat 
yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va 
nafaqachilar (IN)dan iboratdir. 
Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin: 
MR = MYO – N + IYO + IN. 
Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi; 
N – I-II guruh nogironlari. 
O‘zbekiston mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan mamlakat 
hisoblanadi. Respublikada yoshlar ko‘p bo‘lganligi sababli, ular mehnat yoshiga 
yetgan sari mehnat resurslari soni yildan – yilga oshib bormoqda. Yo. 
Abdullayevning “Statistika nazariya”sidagi (Yo. Abdullayev. Statistika nazariyasi. 
T.: «O‘qituvchi», 2002, 484 bet) ma’lumotlarga asosan Respublikada 1990 yilda 
mehnat qilish yoshida 10,0 mln. aholi bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilda 12,4 mln. kishi 
bo‘lgan, 2005 yili esa 14,0 mln. kishi bo‘lishi prognoz qilingan. 
Mehnat resurslarini quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlab o‘rganish mumkin: 

mulkchilik shakli bo‘yicha; 

xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha; 

ijtimoiy guruhlar bo‘yicha; 

yoshi va jinsi bo‘yicha; 

ma’lumoti bo‘yicha; 

millati bo‘yicha va hokazo. 
Hududlar bo‘yicha mehnat resurslari o‘rganilib, bu hududlarda aholining 
bandlik darajasi, ishsizlik va shu kabi ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqarishni 
joylashtirish, hamda qaysi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirish masalalari hal qilinadi. 
Mehnat resurslari mulkchilik shakli belgisi bo‘yicha asosan 2-ta katta 
guruhga: davlat va nodavlat sektorida band bo‘lganlarga bo‘linadi. Lekin nodavlat 
sektori o‘z navbatida: hissadorlik jamiyatlari, ijara korxonalari, xususiy korxonalar va 
dehqon xo‘jaliklariga guruhlanib o‘rganiladi. Bunday guruhlash natijasida aholining 
asosiy qismi qanday mulkchilik tasarrufida ishlayotgani va uning tarkibi qanday 
o‘zgarayotganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda hozir 
mehnat resurslarining 70 % dan ko‘prog‘i nodavlat sektor xo‘jaliklarida band va bu 
hissa yildan-yilga oshib bormoqda. 
Mehnat resurslarining tarmoqlar bo‘yicha o‘rganilishi makroiqtisodiy 
statistikada muhim ahamiyatga ega. Chunki mehnat resurslarining qaysi tarmoqda 
ko‘p bandligiga qarab mamlakat iqtisodiyotiga baho beriladi. Agarda sanoatda band 
bo‘lganlar salmog‘i yuqori bo‘lsa (qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band bo‘lganlardan) 
bunday mamlakatlarni industrial iqtisodiyotli davlat deyiladi. Agarda mehnat 
resurslarining katta qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lsa, bunday mamlakat agrar 
iqtisodiyotli davlat hisoblanadi. 
Mehnat resurslari quyidagi vaqtlarda ko‘payishi mumkin: 

16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga; 


33 

Ishga jalb qilingan nafaqachilar hisobiga (shu jumladan imtiyozli 
nafaqaga chiqqanlar ham); 

Shu hududga boshqa yerlardan kelib, ishga qabul qilinganlar hisobiga. 
Bu ko‘rsatkichlarning har birining koeffitsientlarini aniqlab, ularning mehnat 
resurslarining ko‘payishiga ta’sirini o‘rganish mumkin. 16 yoshni to‘ldirgan yoshlar 
hisobiga mehnat resurslarining ko‘payish koeffitsienti (YOQ
16
) 16 yoshni to‘ldirgan 
yoshlar sonini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo‘lib topiladi. 
YO
16
x 1000 
YOK
16 

--------------;
MLA 
Bu yerda MLA = mehnatga layoqatli aholi soni. 
Bu ko‘rsatkich har yili 16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga iqtisodiy faol aholi 
soni qanchalik ko‘payishini bildiradi. Respublikamizda yoshlar ko‘p, demak bu 
ko‘rsatkich Respublikamizda MDH davlatlriga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. 
Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul qilingan 
nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo‘lib 
topiladi. 
NK = 
;
1000
MLA
IN

Bu ko‘rsatkich nafaqaga chiqqan, lekin tajribali, yuqori malakali xodimlardan 
unumli foydalanish bilan birga, ularning moddiy va manaviy ehtiyojlarini 
yaxshilash borasidagi ishlarni bildiradi. 
Hududga ko‘chib kelgan va ishga qabul qilinganlar koeffitsienti (HKIQ) 
hududga ko‘chib kelib, ishga qabul qilinganlar sonini (HKIQ) mehnat yoshdagi 
mehnatga layoqatli (MLA) aholi soniga bo‘lib topiladi 
HKIQ x 1000 
HKKK = --------------------; 
MLA 
Bu ko‘rsatkich hududda mehnat resurslari migratsiya natijasida mehnat 
resurslari qanchalik ko‘payganligini bildiradi. 
Mehnat resurslari turli sabablarga asosan kamayishi mumkin, ularning asoslari 
quyidagilar: 

Mehnat qilish yoshidan o‘tib, nafaqaga chiqadiganlar; 

Ushbu yilda mehnat yoshida vafot etganlar; 

Shu hududdan boshqa yerlarga ko‘chib ketganlar va shu kabilar. 
Bu ko‘rsatkichlarning mutloq miqdorlarini va koeffitsientlarini ham aniqlash 
mutkin. Ko‘rsatkichlarning mutloq miqdorlarini aniqlash tushinarli =- statistik qayd 
qilinadi. Ularning koeffitsientlari ularning mutloq miqdorlarini mehnat yoshidagi 
mehnatga layoqatli aholi (MLA) soniga bo‘lib (promillda) topiladi. 
YO. Abdullayevning «Makroiqtisodiy statistika» kitobida (t. mehnat -1998 yil) 
92 bet) mehnat resurslaridan foydalanish darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar 
o‘rtasidagi quyidagi bog‘lanish ifodalangan: 


34 
BBS MEMALA MEA MR
Kb = -------------- . -------------- . -----------. -----------; 
MEAMLA MEA MR A 
Bu yerda: BBS – ish bilan band bo‘lgan aholi; 
MEAMLA – mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi; 
MEA – mehnat yoshidagi aholi soni; 
MR – mehnat resurslari soni; 
A – ja’mi aholi soni. 
Bu bog‘lanish asosida har bir hissalar o‘zgarishi natijasida omillarning ta’siri 
mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga qanchalik va qanday ta’sir qilganligini 
aniqlash mumkin. Mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha mehnat resurslari 
balansi tuziladi. Unda bir tomondan mehnat resurslari soni ko‘rsatilsa ikkinchi 
tomondan ularning foydalanishi xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha bandlar o‘quvchi-
talabalar va ishsizlar ko‘rsatiladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə