Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Milliy hisoblar tizimida aktivlar va passivlar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
iqtisodiy statistika

6.2. Milliy hisoblar tizimida aktivlar va passivlar 
Milliy hisoblar tizimida aktivlar deb, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mulki 
hisoblanib, ularga egalik qilish va foydalanish huquqiga ega bo‘lgan boyliklarga 
aytiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bu aktivlardan foydalanib, daromad olishlari 
lozim. Aktivlar turli ko‘rinishdagi boyliklardir. Ulardan daromad oluvchilar ham 
turlichadir. Masalan, yer egasi dehqonchilik qilib yoki yerni ijaraga berib daromad 
oladi. Kapital egasi esa undan tadbirkorlik bilan foydalanib, daromad oladi. Qimmatli 
qog‘ozlar egasi divident yoki foizlar oladi. Aktivlar moddiy, nomoddiy va moliyaviy 
resurslardan tashkil topadi. Korxona, firmalar aktivlari balansning aktiv tomonida 
ko‘rsatiladi. 
Passivlar deb, xo‘jalik yuritish sub’ektlarining qarzlari yoki qarzlarni qaytarish 
bo‘yicha qarzdorlik majburiyatlariga aytiladi. Passivlar ham turli-tuman: banklardan 
qarzdorlik, kreditorlardan qarzdorlik, xodimlardan mehnat haqi va boshqalardan 
qarzdorlik va hokazolar kiradi. Korxona, firmalar aktivlaridan majburiyatlarini ayirib 


39 
tashlasak, korxona firmaning sof kapitali, ya’ni korxonaning o‘z ixtiyoridagi xususiy 
kapitali kelib chiqadi. 
Aktiv – majburiyatlar = xususiy (o‘z) kapitali. 
6.3. Asosiy vositalar (fondlar) ko‘rsatkichlari statistikasi 
Korxonalarning asosiy vositalari milliy boylikning katta qismini tashkil etadi. 
Asosiy vositalar korxona-tashkilotlarda 1 yildan ko‘p ishlatiladi. Asosiy vositalar 
juda turli-tuman, ular statistikada quyidagi 12 guruhga bo‘linadi: 
1.
binolar
2.
inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va hakozalar). 
3.
o‘zatuvchi qurilmalar (transportyorlar, elektr liniyalar va hakozolar). 
4.
mashina va uskunalar (matorlar, dizellar va shu kabilar). 
5.
transport vositalari (avtomobil, samolyot va shu kabilar). 
6.
uskunalar (elektr parmalagichlar, turli kalitlar va shu kabilar) 
7.
ishlab chiqarish jihozlari (ish stollari va shu kabilar) 
8.
xo‘jalik anjomlari (shkaflar, seyflar, muzlatgichlar va shu kabilar). 
9.
hayvonlar (ishchi va mahsulot) ko‘p yillik daraxtlar (otlar, tuyalar, ona 
sigirlar va shu kabilar). 
10.
ko‘p yillik daraxtlar (mevali bog‘lar, manzarali daraxtlar va shu kabilar) 
11.
Yerning holatini yaxshilash va foydali qazilmalar topish uchun qilingan 
harajatlar. 
12.
Boshqa asosiy vositalar (adabiyot, san’atning nodir asarlari). 
Asosiy vositalar quyidagi baholarda ifodalanadi: 
1.
dastlabki (boshlang‘ich) bahosi 
2.
qayta tiklash bahosi 
3.
qoldiq bahosi 
Statistikada asosiy vositalarning holati va foydalanish darajasi o‘rganiladi. Asosiy 
vositalarning holatini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalanadi: 
1.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich va oxirgi davridagi natural va qiymat 
shaklidagi hajmlari. 
2.
Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsienti. 
Yil davomida yangi qabul qilingan asosiy vositalar summasini 100ga 
ko‘paytirib, asosiy vositalar o‘rtacha qiymatiga bo‘lamiz. 
Yil davomida asosiy vositlarning eskirgan summasini 100 ga ko‘paytirib, 
asosiy vositalar o‘rtacha qiymatiga bo‘lib, asosiy vositalarning eskirish koeffitsientini 
topamiz. 
Asosiy vositalarning qoldiqlar summasini 100 ga ko‘paytirib, asosiy 
vositalarning o‘rtacha qiymatiga bo‘lib asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsienti 
topiladi. 
Asosiy vositalar eskiradi. Ularning yillik eskirish summasi va normasi 
hisoblanadi:
A =
Т
L
М
К
r
V
P

+
+
)
(
yillik eskirish summasi. 


40 
Bu yerda P(V) – asosiy vositalar dastlabki (qayta tiklash) qiymati; 
Kr – kapital ta’mirlashga sarflanadigan harajat; 
M – modernizatsiya, 
L – likvidatsiyada olinadigan daromad 
T – asosiy vosita xizmat muddati.
N
A

)
(
100
v
p
а
+
Asosiy vositalarning eskirish normasi. 
Asosiy vositalarni foydalanish darajasini asosiy vositalarning qaytimi va asosiy 
vositalarning rentabilligi ifodalaydi: 
AVQ = 
А
V
S
М
asosiy vositalarning qaytimi 
Bu yerda AVQ – asosiy vositalar qaytimi, 
SM – sotilgan mahsulot hajmi, 
AV – asosiy vositalar o‘rtacha qiymati. 
AVR = 
А
V
SF
asosiy vositalarning rentabilligi. 
Bu yerda: SF = sof foyda
Korxona va firmalarda eng o‘zgaruvchan mablag‘lar bo‘lib, aylanma 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə