Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
iqtisodiy statistika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


42 
Mavzu. VII. KORXONALARDA ASOSIY 
VOSITALAR STATISTIKASI 
 
REJA: 
1. Asosiy vositalar mohiyati va statistika vazifalari. 
2. Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
3. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar statistikasi 
4. Korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi statistikasi 
5. Korxonalarning asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining statistikasi. 
 
 
1. Asosiy vositalar mohiyati va statistika vazifalari 
Korxonalar faoliyat yuritishlari uchun ma’lum miqdorda asosiy vositalarga ega 
bo‘ladilar. Asosiy vositalar deb korxonada ko‘p yil foydalanadigan mehnat qurollari: 
ya’ni binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar kabilarga aytiladi. Ular milliy 
boylikning asosiy qismini tashkil etadi. Asosiy vositalar foydalanish jarayonida 
eskiradi va o‘z qiymatini asta-sekinlik bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, 
xizmat) tannarxiga o‘tkazadi. Shuning uchun ham asosiy vositalar dastlabki (qayta 
tiklash) va qoldiq qiymatlarda baholanadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona mavjud asosiy vositalardan 
samarali foydalanishi lozim. Shuning uchun ham korxonalar asosiy vositalarning 
holatini va foydalanish samaradorligini tahlil qilishlari zarur. 
Korxonalarda asosiy vositalarni tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilar. 
1. Korxonaning asosiy vositalarining umumiy hajmini aniqlash va unga
baho berish. 
2. Asosiy vositalar tarkibini o‘rganish. Bunda asosiy vositalar aktiv
qismining ko‘payishi ta’minlanishi ijobiy baholanadi. 
3. Asosiy vositalar holati va harakatini statistik o‘rganish. 
4. Asosiy vositalarning foydalanish samaradorligini o‘rganish. 
Korxona asosiy vositalarini tahlil qilishda barcha ko‘rsatkichlarini o‘rganib, ularga 
ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab, umumiy xulosalar qilish mumkin. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə