Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114
iqtisodiy statistika

 
2. Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar 
 
Korxonalar asosiy vositalarining holati va foydalanish samaradorligini 
o‘rganishda ko‘pgina ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar 
tizimini 3 guruhga : 
- asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
- asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 
- asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga 
bo‘lish mumkin. 
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘z navbatida quyidagi 
ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. 


43 
- asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi hissasi; 
- asosiy vositalar faol qismining asosiy vositalarning umumiy summasidagi 
ulushi; 
- asosiy vositalar eskirish koeffitsienti; 
- asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti; 
- asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti; 
- asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti. 
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini quyidagi ko‘rsatkichlar 
bilan ifodalash mumkin: 
- korxonaning fond bilan qurollanganlik darajasi; 
- faoliyat natijalarining fondlardagi sig‘imi; 
- korxona o‘z mablag‘larining asosiy vositalar bilan
ta’minlanganligi; 
- korxona xodimlarining (ishchilarning) texnika bilan
ta’minlanganligi va boshqa ko‘rsatkichlar. 
Korxonaning 
asosiy 
vositalardan 
samarali 
foydalanishni 
quyidagi 
ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. 
- asosiy vositalarning qaytimi ya’ni har bir so‘m asosiy
vositalarga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligi; 
- asosiy vositalarning daromadliligi; 
- asosiy vositalarning rentabelligi (foydaliligi). 
Korxonaning asosiy vositalarini o‘rganishda buxgalteriya hisobi va hisoboti
biznes- reja, statistik hisobot ma’lumotlari, hamda audit. soliq idoralari, tekshiruv 
ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalaridan foydalaniladi. ayniqsa buxgalteriya 
hisoboti ma’lumotlaridan: shakl 

1 “Buxgalteriya balansi”, shakl 

2 “Moliyaviy 
natijalar to‘g‘risida hisobot”, shakl 

3 “Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida 
hisobot” juda zarur hisoblanadi. 
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillarni 
hisoblashda analitik hisob ma’lumotlaridan ham foydalanish lozim. 
Korxona asosiy vositalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini qo‘yidagi 
sxemada
1
berilgan. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə