Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiy



Yüklə 52,62 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü52,62 Kb.
#166869
  1   2
2-amaliy 15-var

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi

Hayot faoliyati xavfsizligi”


fanidan


AMALIYOT


TOPSHIRIQ №2
Bajardi:_Telekommunikatsiyalar_ta’lim yo‘nalishi
042-20 guruh
_______________________________________
talabaning F.I.Sh.

Qabul qildi:


Toshkent 2023
Hayot faoliyati xavfsizligi” fandan


1 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)
15, 77
15. Ergonomika nimani o‘rganadi?
Javob: Mehnatni muhofaza qilishda ergonomik, metereologiya talablari va sharoitlari «Mehnatni muhofaza qilish» fanini o‘rganishda boshqa ijtimoiy, texnikaviy, gumanitar fanlarning ma’lumotlari e’tiborga olinadi. Shular qatorida ergonomika fanining ma’lumotlari ham katta ahamiyatga ega. Ergonomika so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «ergo» - (rabota) ish, «nomika» - (nauka) fan, ya’ni «ish to‘g‘risidagi fani» degan ma’noni bildiradi. Ergonomika insonning mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lum muhim vazifalar yechiladi. Shunday qilib, ergonomika muhim vositalarni yechadigan birlik sifatida
texnikani insonga yaqinlashtirishga harakat qiladi, «inson - texnika» tizimidagi mavjud muammolarni ko‘rib chiqadi. Ergonomika doirasida besh xil moslik – ma’lumot axborot, biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik moslanish mavjud bo‘lib, ularni ta’minlash va amalga oshirish ishni – vazifani
muvaffaqiyatli yakunlanishini kafolatlaydi. Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog‘liq bo‘lgan uskuna, qurilmalar doirasida axborotni yetkazuvchi- ko‘rsatuvchi moslama – mashina modeli bo‘lsa, operator murakkab tizimda bo‘lsa ham boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Buvazifani bajarish uchun ergonomika nuqtai nazaridan shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, bu model o‘z vaqtida mashinaga taaluqli ta’rifni berishi, natijada operator toliqmasdan, fikrlab va e’tibor bilan axborotni xatosiz qabul qilib, qayta ishlashi lozim.
Murakkab hisoblangan vazifani yechish operatorning xavfsizligiga, aniq- sifatli ishlashiga, mehnat unumdorligiga, shuningdek insonning psixofiziologik imkoniyatlarini axborot modeliga mos bo‘lishiga bog‘liqdir. Biofizik moslik operatorning ish qobiliyatini, normadagi fiziologik holatini ta’minlaydigan atrof-muhitning yaratilishini ifodalaydi. Bu vazifa mehnat muhofazasi talablari bilan bog‘langan. Atrof-muhitning ko‘pgina omillari, chegara miqdorlari qonuniyat bilan belgilangan va ular operatorning ish vazifasi bilan doimiy bog‘lanmagan va ular operatorning ish vazifasi bilan doimiy bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mashinalarning yaratilishida shovqin, tebranish, havo muhiti kabi barcha birliklarning maxsus tekshirilishi talab qilinadi. Insonning kuchi va energetik qobiliyati ma’lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqarish tizimida charchash maqsadga muofiq bo‘lmagan oqibatga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ish tizimidagi aniqlik pasayadi. Bunday cheklanish yoki atrof – muhitga bog‘liq bo‘lgan vaziyat, omillar e’tiborga olinishi kerak.
Energetik moslik operatorning optimal imkoniyatlari asosida talab qilinadigan kuch, sarflanadigan quvvat, harakatning aniqligi va tezligi bilan mashinani boshqarilishidagi kelishuvini ifodalaydi. Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o‘lchami, tashqi fazoning ta’siri imkoniyatlari, ish jarayonida operatorning vaziyati, gavdaninng turishi hisobga olinishini ifodalaydi. Vazifaning to‘g‘ri hal qilinishida ish joyi hajmi, operator harakatlanadigan masofa, balandlik, boshqaruv pultigacha bo‘lgan oraliq va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi.Moslikni ta’minlashda insonlarda antiropometrik ko‘rsatkichlarning har xil bo‘lishi murakkab holatga olib keladi va bu vazifani yechishda ergonomika yordam beradi.

77. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda targ‘ibot ishlarini olib borish.


Javob: Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda targ‘ibot ishlarini olib borish uchun:

  • barcha ishchilar va injener-texnik xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish, уo‘riqnomalar o‘tish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish;

  • mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha maxsus xonalar tashkil etish;

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha seminarlar tashkil etish;

  • yangi joriy etilgan texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha уo‘riqnoma va qo‘llanmalar ishlab chiqish.

Yuqorida keltirilgan tadbirlar majmui korxonaning ishlab chiqarish sohasiga bog‘liq holda kerakli qo‘shimchalar bilan to‘ldirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan mablag‘larni quyidagi tartibda taqsimlash maqsadga muvofiq hisoblanadi: ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun – 40%; kasallanishning oldini olish uchun – 20%; mehnat sharoitini yaxshilash uchun – 30%; mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda targ‘ibot ishlarini olib borish uchun – 10%. Korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va yuqori tashkilotlarning roziligi bilan sarflanadigan mablag‘larni bir guruh tadbirlardan ikkinchisiga o‘tkazishi mumkin. Bu tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni boshqa tadbirlar uchun sarflash taqiqlanadi. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek, mulk shaklidan qat’i nazar jamoa birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.



Yüklə 52,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə