Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98
yovvoyi 
raqobatdan
va qonun-qoidalar bilan tartibga solinuvchi 
sivilizatsiyalashgan 
raqobatdan
iborat bo‘ladi. Turli bosqichlarda har ikkala raqobat tipining nisbati 
har xil bo‘ladi. Sivilizatsiyalashgan raqobat aralash iqtisodiyotga xos bo‘ladi, 
ammo u birdan emas, balki sekin-asta raqobatning asosiy tipiga aylanadi. Bu bozor 
munosabatining rivojlanishidan kelib chiqadi. Aralash iqtisodiyot bozor va 
nobozor munosabatining yaxlitligi bo‘lganidan bu yerda raqobat bilan birgalikda 
partnyorlik aloqalari ham amal qiladi. 
Raqobat ishtirokchilarining sotsial-iqtisodiy makomi bir xil emas, shu 
sababdan, ularning bevosita maqsadi ham farqlanadi. Tadbirkorning maqsadi 
ko‘proq foyda ko‘rish, ishchiniki yaxshi ish haqi olish, yer egasiniki yerdan 
daromad olish, puldorniki pulidan ko‘proq pul chiqarib olish. Raqobat bu faqat 
individual manfaatni emas, balki jamoaning birgalikdagi manfaatini ham 
ko‘zlaydi. Ayrim kishining manfaati bir tomondan alohidalashgan, ikkinchi 
tomondan jamoa manfaatiga birlashgan, shu orqali yuzaga chiqadi. Ishlovchilardan 
har biri yaxshi ish joyi uchun kurashadi, ular jamoa doirasida esa uning manfaati 
yo‘lida va birgalikda boshqa jamoalar bilan raqobatlashadi. Raqobat xo‘jalikning 
hamma sohasida boradi, unda 
iqtisodiy faol kishilar
qatnashadi. 
Bozor xo‘jaligidagi raqobat kim bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi 
ishlaganlarni yutib chiqishini bildiradi. Shu jihatdan u bozor iqtisodiyotini 


21 
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, iqtisodiy resurslarni tejamli ishlatishga, tovar 
va xizmatlarni ko‘plab va sifatli ishlab chiqarishga undaydi. U xo‘jalik yuritishning 
eng samarali usullarini yuzaga keltiradi, iqtisodiy aloqalarning eng ma’qo‘lini 
topishga majbur qiladi. 
Raqobat iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida raqobat 
doirasini kengaytiradi, chunki tadbirkorlar safi kengayib boradi. Raqobat 
bozorning hamma turlarida amal qiladi. Tadbirkorlar tovar bozorida sotuvchi 
sifatida, resurslar bozorida esa haridorlar sifatida raqobatda bo‘lishadi. Ishchilar 
mehnat bozorida yaxshi ish joyini egallash uchun kurashadilar. Raqobat ishlab 
chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida ham boradi, bu sotuvchi va haridor 
raqobatida ko‘rinadi. Sotuvchi kimmatrok sotishga intilsa, haridor arzonrok sotib 
olishni mo‘ljallaydi. Bu moliya bozorida ham bo‘ladi. Puldorlar o‘z pulini qarzga 
berganda qarz haqini (foizni) oshirishga intiladilar qarz oluvchilar uni 
pasaytirishga harakat qiladilar. Yer egalari yerga ijara haqini oshirishni 
mo‘ljallaydilar, ijarachilar esa aksincha pasaytirish choralarini ko‘radilar. Xullas, 
raqobatlashuv iqtisodiy faoliyatning hamma turlariga xos bo‘ladi, u bozorning 
o‘zida va bozordan tashqarida boradi. Bozorda raqobat bevosita yuz bersa, 
bozordan tashqarida xususan ishlab chiqarishda unga hozirlik kuriladi, raqobatga 
g‘olib chiqish chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bozorda narxni o‘zgartirish, savdo 
reklamasini tashkil etish orqali bellashuv yuz beradi. Bozor raqobatni shart-sharoiti 
qandayligi haqida axborot beradi, unga asoslanib chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Bu o‘rinda marketing alohida rol o‘ynaydi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə