Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc


SULTON MAHMUD POK NIYATLI ODAMNING TUSHIGA KIRGANI



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

SULTON MAHMUD POK NIYATLI ODAMNING TUSHIGA KIRGANI 
 
Savob yo‘lida yuradigan pok niyatli bir odam bor edi. Bir kecha u sulton Mahmudni 
tushida ko‘rdi. Sultonga dedi:  
- Ey yaxshi ishlarni amalga oshirgan podshoh, dorulqaror-baqo dunyosida ahvoling 
nechuk?  
Dedi:  
- Meni qiynama, jonimning qonini to‘kma, yaxshisi gapirma, bu yer sultonlik joyi 
emas ekan. 
Bir hovuch tuproq (dunyo)dan saltanat tuzib bo‘ladimi? Jahonning egasi Haq taolo
sultonlikka U sazovor. O’zimning ojizligim, hayronligimni ko‘rgach, sultonligimdan uyalib 
ketdim. Agar meni bilmoqchi bo‘lsang, parishon b^r banda deb bil. Sulton Udir, zinhor 
meni sulton dema. Saltanat Uniki, koshki men dunyoda bir gado bo‘lsaydim, qadrim 
oshgan bo‘lardi. Koshki joh (taxt) o‘rniga yuz choh (quduq) bo‘lsaydi, shoh emas
boshoqterib yuradigan oddiy odam bo‘lsaydim. Bu damda menga hech bir yoru 
madadkor, xizmatimda intizor turganlar yo‘q, bir-bir so‘roq berurman har zamon. Meni 
o‘z soyasiga olgan Humoyning qanotlari qurib ketsin. Sultonligim xayol va xato ekan. 
 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 
www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
37

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə