Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

GO’ZAL SHOH HIKOYATI 
 
Husnu jamolda tengsiz bir podshoh bor edi. Go‘yo yuzida ilohiy ruh aks etganday edi. 
Tong uning yuzidan bir shu’la, muqaddas xushbo‘yliklar esa uning huzuri bog‘idan esgan 
bir shabada. Olamning go‘zalligi, nafosati uning asroridan bir sahifa, zeboligu dilbarlikda 
uning diydoridan bir oyat kabi edi. Bu go‘zal shohning ovozasi olamga tarqaldi, barcha 
uning husniga oshufta bo‘ldilar, uning yuzini ko‘rish ishtiyoqida jonbozlik ko‘rsatib, 
g‘avg‘o ko‘tardilar. Uning nomini tilga olish mumkin emas edi, chunki nomini tilga olish 
bilan dilda sho‘rish qo‘zg‘olardi. 
Podsho yuziga parda tutib yurardi, chunki agar yuzini ochsa odamlar uning 
quyoshday husniga toqat qilolmasdilar. Hech kim jur’at qilib, podshoga boqolmas, jur’at 
etgan kishining boshini tanasidan judo kilardilar. Uning jamoli haqida o‘ylagan, fikr 
yuritgan odamlar ham xarob bo‘lardi, chunki uning ishqi kirgan ko‘ngilni tinchitib 
bo‘lmas edi. Mabodo yuzini ko‘rgan kishi bo‘lsa, shu zahoti jon berardi, toqat qilolmasdi. 
Erkaklar ham, ayollar ham unga maftun edilar, uning asrori - rozini bilish shavqi 
barchaning qalbini band etgan edi. Ko‘rmaslikka sabrlari chidamas, ammo ko‘rishga ham 
toqat qilolmasdilar. Odamlar uni qo‘rishga tobu tokat kilolmagandan keyin, fakat nomini 
eshitish bilan lazzat topadigan bo‘ldilar. Zero, agar shoh o‘z yuzini ochsa, hech kim 
uning yuzi shu’lasiga chidab turolmas edi. Jahon xalqlari uning yo‘lida majnunday ovora 
bo‘ldilar, barchaning yodida-xayolida o‘sha edi. 
Podsho bu holni ko‘rib, ulkan bir ko‘zgu yasashni buyurdi. Ko‘zgu tayyor bo‘lgach, 
shoh kelib unga qarar, yuzining shu’lasi ko‘zguda aks etib, bu aksdan nur atrofga 
tarqalardi va odamlar shu nurdan bahramand bo‘lib, shodu xursand edilar. 
Ey inson, sening Podshohing ham Hilol - Oy qasridir, qasr esa quyosh nuridan 
ravshandir. O’z Podshohingni ko‘nglingda tanigin, al-hosil Arshni zarrada ko‘rgin! Bu 
bepoyon olam sahrosida vujudga kelgan har bir surat, har bir libos Go‘zal Simurg‘ning 
soyasidir. Ammo soya Simurg‘dan ayri emas, sen buni tasavvur qilolmaysan ham. Soya 
bilan Simurg‘ bir-biriga sirdosh va mahramdirlar, bir-birini qo‘msaydilar, izlaydilar, 
qidiradilar, bilsang. Agar Simurg‘ga yetishsang, parda ichida oftobni ko‘rasan, shunda 
soya bilan Simurg‘ birlashadi, sen o‘zingni ham Quyosh o‘rnida ko‘rasan.* 
 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə