Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

SULTON MAHMUD VA AYOZ 
 
Ayozga yomon ko‘z tegib, kasal bo‘ldi, shu bois Sulton oldiga borolmay, undan 
uzoqlashdi. Ayoz notavonlik to‘shagida yotar, bemorlik unga azob berar, nola chekardi. 
Sultonga xabar berdilar. U o‘zining bir xodimini Ayoz oldiga yuborib, dedi:  
- Avval mendan salom yetkaz, ahvolini so‘ra, so‘nfa degilki, ey mening aftodahol 
shohim, men hozir sendan uzoqdaman, sening g‘amu anduhingda sendanam 
nochorroqman. Sening dard chekib qiynalishing o‘ylasam, jonim bo‘g‘zimga keladi: 
bilmadim, sen kasalmi yo men? Agar tanim hamnafas do‘stdan uzoqda bo‘lsa ham, 
ammo mushtoqjonim sening bilan birgadir. Sening jonu taningni sog‘ ko‘rish 
ishtiyoqidaman, bir nafas ham sendan g‘oyib emasman. Yomon ko‘z badkirdorlik qilib, 
senday nozaninni bemor etibdur.  
Xodimga shunday deb, keyin qo‘shib qo‘ydi:  
- Tez yo‘lga tush, olov kabi borib, tutun kabi sur’at bilan qaytgin. Zinhor yo‘lda 
to‘xtama, bulut kabi yuqoridan yugur va chaqmoqni ushlab chopgin. Agar yo‘lda bir soat 
hayallasang, ikki olamni senga tangu tor etarman. 
Xodim zudlik bilan yo‘lga tushib, shamolday bir zumda Ayozning oldiga yetib keldi. 
Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, Sulton Ayoz oldida o‘tirgan edi. Xodim bundan aqlu hushini 
yo‘qotib, hayratda qoldi. Xodimning vujudi titrar edi, go‘yo behushday oh urib yiqiddi. 
Ichida:  
- Sulton meni osadi yoki boshimni kesib qonimni to‘kadi.  
Sulton oldida u:  
- Yo‘lda hech joyda to‘xtaganim, o‘tirib dam olganim yoxud birov bilan so‘zlash-ganim 
yo‘q, ey podshoh, sen ko‘rinmas zarra kabi qanday qilib mendan oldin kelding? Shoh 
so‘zimga ishonadimi yo‘qmi - bilmayman, ammo agar yolg‘on gapirsam kofir bo‘layin! - 
deb hasrat bilan qasam ichardi. 
Sulton dedi:  
- Bunda sening gunohing yo‘q. Sen axir oshiqlar yo‘lini qachon bilarding? Mening Ayoz 
tomon yashirin (o‘g‘rincha) yo‘lim bor. Chunki uning yuzini ko‘rolmay turolmayman. 
Oramizdagi sirli yo‘l bizni o‘zaro bog‘laydi, oramizda jonlarimiz mag‘ziga tutash sirlarimiz 
bor, axir. Agar men odamlardan sirni yashirsam, botinda jonimni uning yo‘lida garovga 
qo‘yganman. Tashqarida u haqda xabar olib turaman, ichkarida esa parda ichida undan 
ogohdirman. 
 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə