Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Takrorlash uchun savollar
1.
 
Hajni ta’riflang, hukmlarini, hikmatini va farz bo‘lish dalilini aytib bering.
 
2.
Hajning farz bo‘lish sababini, bajarilishi va sahih bo‘lishining shartlarini bayon qiling. 
3.
Hajning arkonlarini, vojib va sunnatlarining eng muhimlarini sanab, vaqtini aytib bering. 
4.
Ihromni ta’riflab, nima uchun ihromga kirish lozimligini bayon qiling. Ihromga kirish joylarini 
ayting. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
5.
Ihromga kirgach, haj ado etilgunicha qilish lozim bo‘lgan amallarini tartibi bilan aytib bering. 
6.
Umrani ta’riflang, hukmlarini ayting? Qachon va qaerda umra uchun ihromga kiriladi? Umraning 
ruknlari, xartlari va vojiblari nimalar? 
7.
Umraning bajarilish tartibi va hajdan farqli tomonlarini ayting. 
8.
Qiron hajini ta’riflab, hukmini, shartlarini ado etish tartibini tushuntiring. 
9.
Tamattu’ hajini ta’riflab, hukmini, shartlarini a bajarish tartibini tushuntiring. Makkaliklar nima 
chun Qiron va Tamattu’ haj qila olmaydilar? 
10. Ihromga kirgan kishining hajga zarar beruvchi harakatlari necha qismga bo‘linadi? Har bir qism 
haqida ma’umot bering. 
11 Haj qurbonligini (hadya) ta’riflang. Hady qachon qaerda so‘yiladi? 
12. Payg‘ambarimizni, sollallohu alayhi va sallam, iyorat qilish xususida ma’lumot bering. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
QURBONLIK VA NAZR
Ma’lumki, Ibrohim, alayhissalom, o‘zlaridan so‘ng dashganlarni to‘g‘ri yo‘lga chaqirish vazifasini 
bo‘yniga oladigan o‘g‘il farzand ato qilishini Allohdan yolvorib so‘rardilar. Shu bois o‘g‘il ko‘rsalar, 
o‘zi sevgan, eng qimmatli narsani Alloh yo‘lida qurbon keltirishni nazr qilgan edilar. Intizor kutilgan 
yillar so‘ngida Ismoil, alayhissalom, dunyoga keldilar va oradan ko‘p o‘tmay, otalarining Allohdan 
keyin eng sevikli va qiymatli kishisiga aylandi. Bu xursandchilik kunlarida Ibrohim, alayhissalom, 
va’dalarining ustidan chiqish uchun juda ko‘p qo‘y va uyalarni qurbon qilsalar ham, tushlarida har 
safar ushbu shdoni eshitib uyg‘onardilar: 
— Ey Ibrohim, so‘zingning ustidan chiqmayapsan, eng suyukli narsangni qurbon qilishing kerak 
edi. 
Shunda u zot farzandlari Ismoilni, alayhissalom, qurbon qilishi kerakligini fahmladilar. Hazrat 
Ismoil alayhissalom, ham masalaning mohiyatini yaxshi angladilar, rozi bo‘ldilar. 
Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘lini olib, ham qayg‘uli, ham Allohning amriga taslimiyat bilan 
o‘g‘illarini qurbonlik qilish uchun Minoga bordilar. Hazrat Ismoil, alayhissalom, ham dadasiga, ham 
Robbiga itoatkor edi. Hech qanday to‘sqinlik qilmay, osuda ko‘ngil bilan, otalarining jasoratini 
oshiruvchi so‘zlar aytib, yo‘lga chiqdilar. Hazrat Ibrohim, alayhissalom, endigina pichoqni o‘g‘lining 
bo‘g‘ziga tiragan chog‘ida, farishtalar sultoni Jabroil, alayhissalom, bir qo‘chqorni ko‘tarib yerga 
tushdilar. Allohning buyrug‘i bajarildi. Amrdan murod Ismoilni, alayhissalom, bo‘g‘izlash emas, balki 
Allohga itoatkor banda ekanini sinash-ko‘rsatish edi. 
Ibrohimning, alayhissalom, bu qahramonligini doimo yodda tutish va nafs ziqnaligini qalbdan 
o‘chirib, Alloh uchun eng qimmatli dunyo molidan voz kecha olishlari uchun mo‘minlarga, qurbonlik 
qilish buyurilgan. Qurbonlik qilgan mo’minning oilasiga bir ziyofat kabi Allohning lutfi ehsoni 
yog‘iladi. Qurbonlik ibodatning bolalarni juda kichik yoshdan dinsevar ruhda tarbiya qilish, faqir 
xonadonlarga go‘sht ulashib, ularni xursand qilish, musulmonlar orasida o‘zaro yordam ruhi 
kuchayishi kabi ijtimoiy foydalari ham bor. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə