Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
hajmi
jihatidan kichik, ammo ko‘p to‘g‘ri hukmlarni qamrab olgan juda foydali kitobdir.
Ushbu kitob juda sodda, ochiq jumlalar bilan yozilgan bo‘lsada, yangi
boshlovchilarga maqsad va
ma'nilarni tushunishni yanada osonlashtiruvchi izohtalab qilinar edi.
Alloh taolo meni mana shu maqsad va ehtiyojlarga javob bera oladigan,
juda ham foydali, hajmi kichik
bo‘lishiga qaramay, qamrab olgan masalalari jihatidan kattagina sharh yozishga muvaffaq qildi. Unga
"Al-Miftoh sharhu Nurul izoh" deb nom berdim. Kitob yanada foydali bo‘lsin
deb unga haj va zakot
haqida yozgan "Manohatul fattoh" nomli risolamni ham ilova qildim. Shu tufayli endi o‘quvchilar va
ilm talabida bo‘lganlar barcha ibodatlarga oid masalalarni bir muqova ichida topishlari mumkin.
Parvardigordan ushbu kitobni mo‘minlarga foydali qchlishini so‘rayman. U duolarni qabul qiluvchi va
umidlarni ro‘yobga chiqaruvchi Zotdir.
Abu Zayd SHIBLIY
FIQHNING TA’RIFI
"Fiqh" so‘zining lug‘aviy ma’nosi "idrok etmoq", "anglamoq", "tushunib yetmoq"dir. Istilohda esa bu
so‘z, ochiq dalillar
bilan buyurilgan amallar, ya’ni bevosita etiqodga tegishli bo‘lmagan namoz, ro‘za,
zakot kabi masalalarga oid shariy hukmlarni o‘rganish ilmini anglatadi.
Foydalari:
— Alloh taoloning rizoligiga mos amallarni to‘g‘ri ado etishni o‘rgatadi;
— dunyoda baxtli, saodatli bo‘lish, jaholat jarligidan bilim cho‘qqisiga yuksalish yo‘lini ko‘rsatadi;
insonlarga foydali va zararli bo‘lgan narsalarni bayon
qilish imkoniyatini beradi; oxiratda esa,
do‘zaxdan
saqlanib, jannatdagi abadiy ne’matlarga yetishuvimizga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: