Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
108
Hukmi va sahih bo‘lish shartlari
Savobi bo‘yicha
umradan ustun, faqat Qiron hajidan keyingi o‘rindadir.
1. Umra tavofini to‘liq (yoki ko‘proq qismini) haj oylarida qilish.
2. Umra ihromiga haj ihromidan oldin kirish.
3.
Umradan so‘ng qilinadigan haj ibodatini buzmaslik.
4.
Umrani ado qilgach, vataniga borib kelmaslik.
5.
Umra va hajni bir yilda ado qilish.
6.
Makkalik va u yerda yashovchilardan bo‘lmaslik.
7.
Agar haj oylaridan oldin umrani ado etib, Makkada qolgan bo‘lsa,
haj oylari kirgach, umrani
qayta bajarish lozim.
Tamattu’ hajining qoidalari
Dastlab umra uchun miyqotda ihromga kiradi va ikki rakat namozdan keyin "Allohumma inni
uridul ‘umrata fayassirha liy va taqobbalha minni"
(ma’nosi: Allohim men umra qilmoqchiman. Uni
menga oson qil va qabul ailagin),
deb niyat qiladi va talbiya aytadi.
Makkaga borganida umra uchun Ka’bani
tavof qiladi, Safo va Marva orasida sa’y qiladi, soch
oldiradi yoki qisqartiradi. Shundan so‘ng umra ihromidan chiqadi. Zulhijjaning sakkizinchi (tarviya)
kuni Harami Sharifda haj uchun ihromga kiradi va haj amallarini aytib o‘tilgan tartibda ado qiladi.
Allohga shukr
Hoji Qurbon hayiti kuni shaytonga tosh otganidan so‘ng, ikki ibodatni (haj va umra)ni bajarishga
muvaffaq qilgani uchun Allohga shukr niyati bilan bitta qo‘y yoki katta bosh hayvon yoxud katta bosh
hayvonning yettidan bir qismini so‘yadi. Undan o‘zi yeydi va faqirlarga tarqatadi.
Bunga
qurbi yetmasa, hayitdan oldin uch kun va haj amallaridan so‘ng yetti kun, jami o‘n kun ro‘za
tutadi.
Makkaliklar, Makka va miyqot orasidagi hududda yashov-chi kishilar Qiron, Tamattu’ haj
qilmaydilar.
Jinoyatlar
(Hajda qilinishi taqiqlangan amallar)
Jinoyatlar:
a)
ihrom talabini bajarmaganlik;
b) Harami Sharif hurmatini toptash sababli sodir bo‘ladi.
1.
Agar farz tavofni tahoratsiz bajarsa, bitta qo‘y, junub holda bajarsa, bitta tuya so‘yishi vojib.
2.
Vojib sunnat
yo tavoflarni tahoratsiz qilsa, bitta fitr sadaqasi miqdorida sadaqa berishi, junub
holda qilsa, bir qo‘y so‘yishi kerak bo‘ladi.
3.
Ayol hayz yo nifos qoni to‘xtamay vojib
va sunnat tavoflarni bajarsa, bir qo‘y, farz bo‘lgan
tavofni bajarsa bir tuya so‘yadi.
4.
Hayzda, nifosda yoki junub bo‘lib tavof qilgach, poklanib, g‘usl qilib,
qaytadan tavof qilsa, lozim
bo‘lgan jazo avf etiladi.
Tavofni istisno qilgan holda,
hajning butun farz, vojib va sunnat amallarini junub, hayz va nifosli
holda bajarish mumkin.