Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
117
Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, barcha sahobalari vafot etganlaridan so‘ng,
Islom ahli
e’tiqodda 73 firqaga bo‘lingan. Ammo mashhurlari uch firqadir.
Ular quyidagilar: ahli sunna val-jamoa, shi’alar va mo‘‘tazila firqasi.
Ahli sunna val-jamoaning e’tiqodi haqdir. Bizlar ahli sunna val-jamoa e’tiqodidamiz.
Payg‘ambarimiz Muhammad, alayhissalom, o‘zlari va sahobalari din va shariat hukmlariga qanday
e’tiqod qilgan bo‘lsalar, ahli sunna val-jamoa ham shunday e’tiqod qiladilar.
Ahkomi sharif
Qur’on oyatlari va hadisi sharifdagi shariat hukmlarining ba’zilarini
arabchani komil bilgan
kishigina bilishi mumkin. Ammo shariatning barcha hukmlarini to‘g‘ri bilish uchun mujtahid bo‘lish
kerak. Mujtahid bo‘lmagan kishilarning oyatlardan va hadislardan hukmlar chiqarishlari mumkin
emas.
Mujtahidi mazhab
Arabiy tilning ma’no va sirlarini chuqur bilib, g‘oyatda komil olim bo‘lib, oyat va hadislarning
hikmat va sirlarini yaxshi bilganidan so‘ng komil ijtihod bilan din masalalarining har qaysisini fikr va
andisha qilgan kishi mujtahid bo‘ladi. Mujtahid bo‘lmagan va mujtahidlik
martabasiga yetmagan
kishilar maishatda ham, ibodatda ham bir mujtahidning mazhabiga tobe bo‘ladi. Har masalada shu
mujtahidning mazhabi bilan amal qiladi.
"Mazhab" so‘zi istilohda mujtahid olimning shariat kmlarida oyat va hadislardan ijtihod bilan fikr
qilib, glagan yo‘li degan ma’noni anglatadi. Mashhur mujtahidlar to‘rt kishidir. Birinchisi,
Imomi
A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit, rahmatullohi alayh; ikkinchisi, lomi Shofe’iy Muhammad ibn
Idris, rahmatullohi alayh;
uchinchisi, Imomi Molik ibn Anas, rahmatullohi ayh; to‘rtinchisi, Imomi
Ahmad ibn Hanbal, rahmatullohi alayh. Ushbu mujtahidlarning mazhablari ko‘p
masalalarda bir-biriga
muvofiqdir. Muxolif bo‘lgan sunnat-oid masalalari ham bor, lekin ko‘p emas.
Bizlar Imomi A’zam Abu Hanifa hazratlarining mazhablaridamiz. Maishat va ibodat hukmlarining
har qaysida shu mazhabga ko‘ra amal qilamiz. Musulmonlarning jam yarmi Imomi A’zam Abu Hanifa
mazhablarida bo‘lsa , qolgan uch imomning mazhablarida bo‘lgan musulmonlar ham bor.
Imomi A’zamdan boshqa bu uch imomning mazhablarida o’tganlarning musulmonliklarida kamlik
yo‘q. Har mazhab ikkinchi mazhab ahlini o‘ziga do‘st va yaqin tutmog‘i zim.
Bir-birlarini dushman
tutmaklari aslo durust emas. Chunki musulmonlar bir-birlariga qarindosh va birodardirlar.
"Ibodati islomiya " kitobidan qisqartirib olindi.