Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə181/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Mavizalar bobi hadislari

956-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.


957-hadis. Sahihi. Buxoriy rivoyat qilgan.
958-hadis. Muttafaqun alayh.


HIKOYATLAR BOBI

959. Faqih (r.a.) Qatodadan, Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: “Ey Rasululloh, mening qoraligim, yuzimning xunukligi jannatga kirishimdan qaytaradimi?” dedilar. Aytdilar: “Yo‘q, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Allohga ishonsang va Rasuli keltirgan narsalarga iymon keltirsang”. U odam: “Sizni Payg‘ambar qilib ikrom etgan Zotga qasamki, ashhadu alla-a ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, deb bu majlisda o‘tirishimdan sakkiz oy oldin shohidlik berganman. Men sizning huzuringizdagi va


boshqa kishilarga xitob qildim. Lekin ular yuzim xunuk va qoraligi sababli rad qildilar. Albatta, men o‘z qavmim – Bani Salim orasida nasabli bir kishiman, lekin menga tog‘alarimning qoraligi g‘olib kelgan”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bugun Amr ibn Vahb ko‘rindimi?” U kishi saqif qabilasidan bo‘lib, Islomga yangi kirgan edi. “Yo‘q”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga: “Uning uyini bilasanmi?” dedilar. Aytdi: “Ha, bilaman”. Aytdilar: “Borib eshigini yumshoqlik bilan taqillat, so‘ng salom ber, so‘ng:
“Payg‘ambar (s.a.v.) meni qizingizga uylantirdi”, deb ayt”, dedilar. Amrning turib qolgan qizi bor edi. U chiroyli bo‘lishi bilan birga aqlli ham edi. U odam Amrning uyiga kelib, eshikni taqillatdi va salom berdi. Ichkaridagilar salomni eshitib, eshikni ochishdi. Ammo uning yuzi xunukligini ko‘rib seskanishdi. U odam aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) meni sizlarning qizingizga unashtirdilar”. Ular uni haydab yuborishdi. U kishi indamay chiqib, Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga jo‘nadi. Shunda qiz otasiga aytdi: “Ey otajon, vahiy kelib, sharmanda qilmasidan avval o‘zingizni qutqaring. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) meni unga unashtirgan bo‘lsalar, men Alloh va Rasuli rozi bo‘lgan narsaga rozi bo‘ldim”. Qizning otasi uydan chiqib, Rasululloh (s.a.v.) oldlariga keldi va u zotga yaqinroq o‘tirdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen Allohning rasulini rad qilding. Nima uchun?” “Ha, shu ishni qildim, Allohdan mag‘firat so‘rayman, men uni yolg‘onchi, deb o‘ylabman, uni unashtirdik. Alloh va Rasulining g‘azabidan Alloh nomi bilan panoh tilayman”, dedi.
So‘ng o‘sha kishini qizga yuz dirhamga unashtirishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) kuyovga – u Sa’d Salmiy edi – aytdilar: “Yoring oldiga bor va u bilan bo‘l”. Sa’d: “Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, birodarlarimdan so‘rab topmasam, menda mahrga hech narsa yo‘q”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Xotiningning mahri mo‘minlardan uch kishining bo‘ynida. Usmon ibn Affon (r.a.) oldiga bor va undan ikki
yuz dirham ol. So‘ng Abdurahmon ibn Avf (r.a.) oldiga borib, undan ham ikki yuz dirham ol. So‘ng Ali (r.a.) oldiga bor. Undan yuz dirham ol”. Usmon, Abdurahmon va Ali unga oshig‘i bilan berishdi. So‘ng Sa’d u pullarga bozordan yoriga narsa sotib olish uchun xursand bo‘lib ketayotganida, jarchining: “Ey Allohning chavandozlari, otlaninglar”, deb safarbarlikka chorlab yurganini eshitdi. Kuyov osmonga qaradi-da: “Ey Allohim, osmonu yer mulkining va Muhammadning (s.a.v.) ilohi, bu dirhamlarni Alloh va rasuli hamda mo‘minlar yaxshi ko‘rgan ishlarga sarflayman”, dedi. So‘ngra ot, qilich, kamon, yoy va
qalqon sotib oldi. Sallasini qorniga bog‘ladi, boshini ikki ko‘zidan boshqa hech joyi ko‘rinmaydigan qilib o‘radi. Keyin muhojirlarning oldiga keldi. “Bu chavandoz kim bo‘ldi?” deyishdi. Ali: “Qo‘yaveringlar, balki Bahrayn yoki Shomdan kelgandir. Sizlardan dinlaringiz, ishlaringiz haqida so‘ramoqchi bo‘lganu so‘ng sizlarga qo‘shilishni yaxshi ko‘rib qolgan bo‘lsa kerak”, dedilar. So‘ng u urushga kirishdi, nayza bilan sanchib, qilich bilan chopa boshladi. Bir payt oti yiqildi. Keyin piyoda holda yenglarini shimarib jang qildi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning qora bilagini ko‘rib tanidilar va: “Sen Sa’dmisan?” dedilar. “Ota-onam sizga fido bo‘lsin. Men Sa’dman”, dedi. Nabiy aytdilar: “Sa’d muvaffaqiyatga erishdi”. Sa’d nayza bilan sanchib, qilich bilan chopib, Allohning dushmanlarini o‘ldirardi. Keyin: “Sa’d halok bo‘ldi”, degan xabar tarqaldi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning oldiga keldilar. Boshini ko‘tarib, quchoqlariga oldilar. Keyin yuzidagi tuproqni kiyimlari bilan artdilar va: “Sening bo‘ying shunchalar yaxshiki, hatto Alloh va Rasuliga xush yoqadi”, dedilar va yig‘ladilar. Keyin ko‘mdilar va yuzlarini burdilar-da: “Allohga qasamki, u hovuzga yetdi”, dedilar. Abu Luboba: “Ota-onam sizga fido bo‘lsin, hovuz nima?” deb so‘radilar. “Bu hovuzning chekkalari dur va yoqut bilan qoplangan. Suvi sutdan ham oq, asaldan ham mazaliroq. Kim undan bir marta ichsa, hech qachon chanqamaydi”, dedilar. So‘ng: “Ey Rasululloh, ko‘rdimki, yig‘ladingiz, so‘ng kuldingiz, so‘ng yuzingizni burdingiz. Bularning sababi ne?” deb so‘radi. Rasululloh javob berdilar: “Avvalo Sa’dga mehrim jo‘shib yig‘ladim. So‘ng uning manzili va izzat-ikromi Alloh taolo zimmasida ekanidan xursand bo‘lib kuldim. Yuzimni olib qochganim esa, men uning hurlardan bo‘lgan juftlarini ko‘rdim. Ular boldirlari ochilgan, taqinchoqlari ko‘ringan
holatda unga shoshilib kelishdi, o‘shalardan uyalib yuzimni olib qochdim”. Keyin qurolini, otini va boshqa narsalarni olishni buyurib aytdilar: “Bu narsalarni unga qizini bergan kishining oldiga olib boringlar va: “Alloh taolo uni sizlarning qizingizdan ham yaxshirog‘iga uylantirdi”, deb aytinglar”.

960. Faqih rivoyat qiladilar. Ubayd ibn Umayr aytdilar: “Oldingilardan uch kishi sayohatga chiqdi. Yomg‘ir yog‘ib qolib, ular bir g‘ordan boshpana topishdi. Shu payt tepadagi tog‘dan katta tosh tushib, g‘or og‘zi yopilib qoldi. Ular: “Yo‘l yo‘q, xabar kesildi. Biz uchun faqat Alloh va qilgan yaxshi amallarimiz bor, xolos” (ya’ni, Allohga qilgan solih amallarimiz hurmati duo qilaylik, shoyad, Alloh bizlarga yo‘l ochsa), deyishdi. Ulardan bittasi aytdi: “Parvardigoro, Sen bilarding, amakimning bir qizi bor edi. U menga juda yoqardi, men undan nafsimni qondirishini so‘radim. U bosh tortdi. Keyin uning boshiga qattiq muhtojlik tushdi. Mening oldimga kelib, yordam so‘radi. Men: “Yo‘q, men bilan birga bo‘lmaguningcha yordam bermayman”, dedim. U bosh tortdi. So‘ng yana qaytib keldi, boshiga qattiq ehtiyoj tushgan edi. (Boshqa rivoyatda: “Uning eri qattiq kasal


bo‘lib qoldi, kichik bolalari bor edi, ularga qahatchilik yetdi”, deyiladi.) U uch-to‘rt marta kelib yordam so‘radi. Men: “Yo‘q, nafsing bilan meni qondirmaguningcha, yordam bermayman”, der edim. Oxiri u rozi bo‘ldi. Ammo men u ayol bilan birga bo‘lishga intilgan paytimda badanlarim titrab ketdi. Shunda u aytdiki: “Bu narsani faqat halol o‘ringa sarflashingiz lozim”. So‘ng men uni qo‘yib yubordim va unga zarur bo‘lgan narsani to‘liq qilib berdim. Ey Allohim, meni bu ishni Sening yuzingni istab qilgan bo‘lsam, bizdan bu toshni sur”. Shunda g‘orning og‘zida kichik tuynuk ochildi. So‘ng ikkinchisi aytdi: “Ey Allohim, bilasanki, mening keksa ota-onam bor edi. Bir kuni men
sut sog‘ib, kechki ovqat uchun ularning oldiga keltirdim. Qarasam, ular uxlayotgan ekan, ammo uyg‘otishni xohlamadim, biroq qo‘ylarimni tashlab ketishdan ham qo‘rqdim. Shunday bo‘lsa-da, ularni qoldirib, ota-onamning boshida tong otguncha, idishni ushlab turdim. Vaholanki, qo‘ylarim sahroda edi. Allohim, agar bu ishimni O‘zingning roziliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu aziyatni ketkaz”. Shundn so‘ng g‘or og‘zidagi tosh
yana bir oz siljidi. Uchinchisi aytdi: “Allohim, bilasanki, men yollanma ishchilarni ijaraga olgan edim. Har kishi ikki mud ovqatga ishlar edi. Ularning haqqini to‘la qilib berar edim. Bittasi: “Mening ishim ko‘p, shuning uchun haqimni ham ko‘paytirib ber”, dedi. Men ko‘nmadim, uning achchig‘i chiqdi. (Bir rivoyatda: “Boshqa kishi kunning yarmida kelib, bir kunlik ish qildi. Uning haqini kamaytirgim kelmadi. Shunda ishchilardan bir kishi: “Men kunning avvalida keldim, u o‘rtasida keldi. Bizning haqqimizni teng qilib berasanmi?” dedi. Men: “Haqingdan biror narsani kamaytirdimmi?” dedim. Keyin u g‘azablanib, haqini tashlab ketdi”, deyiladi.) Men uning haqqini saqlab qo‘ydim. Ekdim, foydasiga sigir, qo‘y, tuya va boshqa narsalar oldim. Shundan so‘ng u nochor qolgan vaqtda mendan haqqini so‘rab keldi. Men: “Mana, bularning hammasi seniki, ol”, dedim. Allohim, bu ishimni Sening rizoliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu tanglikni ko‘targin”. Shunda g‘or og‘zidagi tosh yana siljidi. Ular chiqib ketishdi.

961. Faqih Abu Lays Samarqindiy ustozlaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bani Isroilda bir ibodatli odam bor edi. U juda husnli edi. Savat to‘qib, qishloqlarda yurib sotardi. Bir kuni saroyning yonidan o‘tib qoldi. Shunda uni malikaning cho‘risi ko‘rib qoldi va bekasiga: “Men eshik oldida savat sotib yurgan juda chiroyli kishini ko‘rdim. Bunaqasini hali ko‘rganim yo‘q”, dedi. Maliki: “Uni oldimga olib kir”, deb buyurdi. Cho‘ri obidni boshlab keldi. Malika obidni ko‘rib, uning husni jamoli asiriga aylandi. Shunda malika: “Sen bu savatlaringni tashla. Mana bu chiroyli to‘nni ol”, dedi. So‘ng cho‘risiga qarab: “Menga yog‘ va xushbo‘ylik keltir. Biz u bilan ehtiyojimizni qondiramiz, u ham bizning hojatimizni chiqaradi”, deb aytdi. Keyin yana obidga yuzlanib: “Agar men bilan birga bo‘lsang, senga ko‘p pul beraman, savat sotib


yurishingga hojat qolmaydi”, dedi. Obid malikaga: “Men bu ishni xohlamayman”, deb bir necha marta aytdi. Shunda Malika: “Unda bu yerdan chiqolmaysan. Biz xohlagan ishni qilasan, keyin tashqariga chiqasan”, dedi va cho‘riga eshiklarni qulflashni buyurdi. Cho‘ri eshiklarni qulfladi. Bu ishlarni ko‘rib turgan obid: “Sizlarning qasringiz ning tepasida tahoratxona bormi, men tahorat qilmoqchiman?” dedi. Malika cho‘risiga uni tahorat
qilish uchun tepaga olib chiqishni buyurdi. Obid teppaga chiqqach, tomning chekkasiga keldi. Qasr juda baland, bu yerdan pastga tushish uchun hech narsa yo‘q edi. Obid nafsini avray boshladi: “Ey nafsim, kechayu kunduz haris bo‘lib, yetmish yildan beri ulug‘ rabbingning rizoligini axtarasan. Mana bu bir marotaba bo‘ladigan maishat esa, yetmish yillik ibodatlaringni bekor qilib yuboradi. Agar yana unga ro‘baro‘ keladigan bo‘lsang, u ishni qilmasliging kerak. Qilsang, amallaring bekor bo‘ladi. Yaxshisi o‘zingni mana bu tomdan tashla. Shunda Allohga bu gunohni qilmasdan, yaxshi amaling bilan yo‘qliqasan”, dedi. Keyin u o‘zini qasr tepasidan tashlamoqchi bo‘lib turganida, Alloh
taolo Jabroilga (alayhissalom): “Ey Jabroil, bu bandam Mening g‘azabimdan, Menga osiy bo‘lishdan qochib, o‘zini o‘ldirishni xohlayapti. Sen uni yerga tushmasidan qanoting bilan ushlab qol. Unga biror ziyon yetmasin”, dedi.

Obid o‘zini qasr tepasidan tashlaganida, Jabroil (alayhissalom) qanotini uning tagiga yozdi va uni ushlab olib, xuddi ota o‘g‘lini yerga ehtiyotlab qo‘yganidek, oxista tushirdi. Xullas, u pastga eson-omon tushib olib, uyiga keldi. Savatlari saroyda qoldi. Bu vaqtda quyosh botgan edi. Obidning xotini: “Savatlarning puli qani?” deb so‘radi. Shunda u aytdi: “Bugun men savat sotib, pul topolmadim”. “Unda nima bilan iftorlik qilamiz?” dedi xotini. Obid: “Sabr qilamiz, sen turib tandirni o‘tin bilan to‘ldir. Qo‘shnilarimiz tandirimizga o‘tin solinmaganini ko‘rishsa, bularning uyida yegulik narsasi yo‘q ekan,


deb bizni o‘ylab, xafa bo‘lishadi. Bu narsa yaxshi emas”, dedi. Xotin obidning aytganini qilib, tandirni o‘tin bilan to‘ldirdi-da, erining oldiga kelib o‘tirdi. Shunda qo‘shni
ayollardan bittasi obidning xotinini chaqirib, o‘tin so‘radi. “Ha, o‘tin bor, - dedi xotin, - kir-da, tandirning ichidagi o‘tinni olib ketaver”. Shunda qo‘shni ayol ichkari kirib, qaytib chiqdi va: “Ey falonchi, men senga hayronman, sen bu yerda ering bilan gaplashib o‘tiribsan, tandirda esa, noning pishib, kuyib ketay, deb turibdi”, dedi. Obidning ayoli borib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tandirning ichi nonga to‘la! Obidning xotini nonlarni bir idishga solib, erining oldiga olib bordi va eriga aytdi: “Mana qarang, tandirimiz nonlarga to‘lib qolibdi. Albatta, Rabbingiz bu ne’matni sizga bejizga yubormagan. Siz Rabbingiz huzurida ulug‘ odamsiz. Allohga duo qilib, umrimizning qolganida yaxshi yashashimiz uchun bizga ko‘p rizq berishini so‘rang»”

Obid xotiniga qarab: “Ey xotin, shu kunimizga ham sabr qil”, dedi. Ammo xotini: “Allohga duo qiling”, deb tinimsiz so‘rayverganidan keyin obid: “Mayli, duo qilaman”,


dedi va yarim kechasi turib, namoz o‘qidi, so‘ng Allohga: “Xotinimga qolgan umrida keng rizq bergin”, deb duo qildi. Obid mana shu so‘zlarni aytib duo qilib turgan paytida,
uyning shifti ochilib, tepadan bir qo‘l qimmatbaho yoqut tashladi. Uning nuri bilan uy yorug‘ bo‘lib ketdi. Xuddi sham uyni yoritganidek. Obid xotinining oyog‘idan turtib uyg‘otdi. Xotini endi uxlagan edi. Obid xotiniga: “O‘rningdan tur-da, so‘ragan narsangni ol”, dedi. Xotin: “Duo qilishga shoshilmang. Shuning uchun meni uyg‘otdingizmi hali? Men uyqumda bir tush ko‘rdim. Usti yopiq va zabarjad bilan qoplangan, tizilib qo‘yilgan oltin kursilarga qarab turgan edim. U kursilarning orasidagi bitta kursining bir joyi ko‘porib olingan ekan, men: “Mana bu cheti qo‘porilgan kursi kimniki?” deb so‘radim. Ular aytishdiki: “Bu kursi ering o‘tiradigan joy”. “Nima uchun buning cheti qo‘porilgan?” deb so‘radim. “Bu qo‘porilgan joyni ering ertaroq so‘rab olgan”, deyishdi. Men: “Sizning kursingizga nuqson yetkazadigan biron narsa menga ke rak emas”, dedim”. Obidning
xotini mana shu tushida bo‘lgan voqealarni aytib berdi va eriga: “Rabbingizga duo qiling, bu yoqutni joyiga qo‘yib qo‘ysin”, dedi. Keyin obid Allohga duo qildi, boyagi qo‘l kelib, yoqutni qaytib olib ketdi”.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə