Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə184/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

HIKOYAT

962. Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Agar rohib


Jurayj faqih bo‘lganida, onasining chaqirig‘i nafl ibodatidan afzal ekanini bilardi”, dedilar.

Faqih Jurayj qissasini shunday boshlaydilar: Bani isroillik Jurayj kulbasida ibodat qilardi. Bir kuni u namoz o‘qiyotganida, onasi uni chaqirdi. Lekin u javob bermadi. Shunda onasi: “Alloh seni buzuqlar balosiga solsin”, deb duoibad qildi.


O‘sha shaharda bir ayol yashardi. Ish bilan ko‘chaga chiqib, bir podachi bilan uchrashdi. So‘ng undan homilador bo‘ldi. Shahar ahli zinoni ulug‘ gunoh sanar edi. Ayol tuqqanidan keyin, podshoh uni chaqirib, bolani kimdan orttirganini so‘radi. Ayol: “Rohib Jurayj meni zo‘rladi”, dedi. Podshoh ayonlarini uning oldiga yubordi. Jurayj ibodatda edi, shuning


uchun ularning chaqirig‘iga javob bermadi. So‘ng ular Jarayjni olib kelishdi. Podshoh unga: “Sen o‘zingni xudojo‘y ko‘rsatib, odamlarning nomusini toptaysan, halol
bo‘lmagan ishni qilasan”, dedi. Obid: “Nima ish qilibman?” deb ajablandi. Podshoh: “Sen falon ayol bilan zino qilibsan-ku”, dedi. Jurayj qilmadim, desa ham, qasam ichsa ham, ishonishmadi.

So‘ng: “Meni onamning oldiga olib boringlar”, dedi. Uni onasining oldiga olib borishdi. “Ey ona, - dedi u, - sening Allohga qilgan duoing ijobat bo‘ldi. Endi yana Allohga duo qil, mendan bu musibatni ko‘tarsin”, Shunda onasi: “Allohim, agar Jurayjni mening duoim bilan jazolagan bo‘lsang, endi undan musibatni ko‘targin”, deb duo qildi. Jurayj podshoh huzuriga qaytib, ayol bilan bolasini so‘radi.


So‘ng ayol bilan bolasini keltirishdi. Ayol: “Men bilan zino qilgan shu kishi”, dedi. Shunda Jurayj bolaning boshiga qo‘lini qo‘yib: “Seni yaratgan Zot haqqi, otang kim ekanini ayt”, dedi. Allohning izni bilan bola tilga kirib: “Otam falon podachi”, dedi. Ayol buni eshitib, gunohini e’tirof etdi va: “Men yolg‘on aytdim. Falonchi podachi bilan zino qilgan edim”, dedi. Podshoh rohib Jurayjdan uzr so‘rab, buzilgan qulbasini tillodan qurib berishini


aytdi. Jurayj rad javobini berib, oldingi binosini qurib berishini so‘radi.

Ibrohim Muhojir ibn Mujohiddan rivoyat qilib aytdilar: “Hech bir yosh bola kichkinaligida gapirmadi, magar to‘rttasi – Iso Ibn Maryam (a.s.), Uxdudning sohiblari, rohib Jurayjning sohiblari va Yusufning (a.s.) sohiblari gapirdilar”. Bu haqda Alloh taoloning so‘zi bor:


(Shu payt Zulayhoning) urug‘laridan biri guvohlik berib (dedi)”.


Allohning tavfiqi va karami ila kitob nihoyasiga yetdi.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə