Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə38/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

XVI BOB. YOLG‘ONDAN QAYTARISH

196. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “O‘zlaringga to‘g‘riso‘zlikni (sidqni) lozim tutinglar. Chunki to‘g‘ri so‘zlik yaxshilikka yo‘llaydi va yaxshilik jannatga yo‘llaydi. Kishi to‘g‘ri gapirishlikda davomli bo‘lsa va to‘g‘rilikni qasd qilsa, Alloh nazdida siddiq deb nomlanadi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar! Chunki yolg‘onchilik fujur ishlarga yo‘llaydi va fujur jahannamga yo‘llaydi. Kishi yolg‘on gapirishlikda davom etsa va yolg‘onchilikni qasd qilsa, Alloh nazdida yolg‘onchi deb nomlanadi”.


197. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Munofiqni uch narsa bilan sinab ko‘ringlar: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi va ahdlashsa buzadi”.


Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Alloh taolo uni tasdiqlab mana bu oyatni nozil qildi:


Ularning orasida: “Qasamki, agar (Alloh) bizga o‘z fazli karamidan (mol- davlat) ato qilsa, albatta biz kambag‘allarga sadaqotlar qilurmiz va solih bandalardan bo‘lurmiz”, deb Allohga ahd-paymon beradigan kimsalar ham bordir. Endi qachonki (Alloh) ularga o‘z fazlu karamidan (mol-dunyo) ato qilsa, unga baxillik qilurlar va yuz o‘girgan hollarida keturlar. Bas, (sadaqalar berurmiz) deb Allohga bergan va’dalariga xilof qilganlari va (imon keltiramiz) deb yolg‘on gapiruvchi bo‘lganlari sababli (Alloh) ularga to uning o‘ziga ro‘baro‘ bo‘ladigan kungacha dillarida nifoq bo‘lishini oqibat qilib qo‘ydi” (Tavba, 75-77).

198. Luqmoni Hakimdan so‘raldi: “Sizni shu darajaga nima yetkazdi?” Aytdi: “To‘g‘riso‘zlik, omonatni ado qilish va keraksiz bo‘lgan narsalarni tark qilish”.


199. Aytildi: “Yo Rasulalloh, mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?” Aytdilar: “Ha”. “Mo‘min baxil bo‘ladimi?” “Ha”, dedilar. “Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?” “Yo‘q”, dedilar.


200. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringizdan olti narsada men uchun kafil bo‘lingizlar, sizlarga jannatning kafolatini bergayman. Gapirsangizlar, to‘g‘ri so‘zlangizlar; va’da bersalaringiz, vafo qilingizlar; omonat olsangizlar, ado qilingizlar va farjlaringizni saqlangizlar, ko‘zlaringizni tiyingizlar. Va qo‘llaringizni harom yo‘llardan tutib turingizlar”.


Faqih aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) bu olti narsada jamiki yaxshi narsalarni jam qildilar.


1. “Gapirsangiz, to‘g‘ri gapiringizlar”. Bunda ko‘zda tutilgani tavhid kalimasidir va


boshqa kalimalar ham kirgan. Ya’ni, vaqtiki “La ilaha illalloh”, desa uning so‘zi o‘zi uchun to‘g‘ri bo‘ladi va odamlar bilan gaplashganda ham to‘g‘ri bo‘ladi.

2. “Va’da bersangizlar, vafo qilinglar”, ya’ni Alloh va uning orasidagi o‘zaro va’dadir. Ya’ni o‘zi va Alloh oldidagi va’dasi o‘z imonida sobit bo‘lmog‘idir, to o‘limi-gacha. Ammo u (banda) orasida va odamlar orasidagi va’da, odamlar bilan hamma va’dalariga vafo qilishdir.


3. “Omonat olsangizlar, ado qilinglar”. Omonat ikki xil bo‘ladi: 1) o‘zi va Alloh orasidagi


omonat; 2) o‘zi va odamlar orasidagi omonat. Alloh va o‘zi orasidagi omonat Alloh taolo o‘z bandalariga farz qilib bergan farzlaridir. Bu omonat Alloh omonatidir. Bu omonatni o‘z vaqtida ado qilishlik vojib bo‘ladi. Ammo odamlar va o‘zi orasidagi omonat, bu unga kishi moliga, so‘ziga va boshqa narsalarga omonat berishligi, so‘ngra uning omonatiga vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi.

4. “Farjlaringizni saqlangizlar”, buni saqlashlik ikki xil bo‘ladi: 1) farjini harom va shubhadan saqlamoqligi; 2) unga birovning ko‘zi tushmasligi.


201. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh qarovchiga va qaralganga la’nat o‘qiydi”. Bas, qazoi hojat vaqtida va istinjo vaqtida qarashlari mumkin bo‘lmaydigan narsalarga erkak va ayollarning ko‘zi tushmasligi uchun muslimga o‘zini ehtiyot qilmog‘i vojib bo‘ladi.


“Ko‘zlaringizni tiyingizlar”, odamlarning avratlaridan ko‘zlaringizni yerga qaratmoqliklaringiz va xotinlarga qarashlikdanki, ularga qarashlik halol bo‘lmaydi ham dunyoga rag‘bat ko‘zi bilan qarashlikdanki, Alloh taolo aytganidek:


Siz ko‘zlaringizni (Biz kofirlardan) ayrim toifalarni fitnaga solish uchun bahramand qilgan – hayoti dunyo go‘zalliklaridan iborat narsalarga tikmang” (Toho, 131).

“Qo‘llaringizni ushlanglar” so‘zi, ya’ni mollar va boshqa narsalardan, deganidir. Huzayfa ibn Yamon (Alloh undan rozi bo‘lsin) aytdi: “Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bir kalimani aytib, munofiq bo‘lib qolardi. Men u kalimani bir kunda o‘n marta eshityapman”, ya’ni kishi yolg‘on gapirib yursa, uning munofiqligiga dalil bo‘ladi.


Musulmon kishiga o‘z nafsini munofiqlarning alomatlaridan saqlashi vojib bo‘ladi. Albatta, kishi yolg‘onchilikka o‘rganib qolsa, Alloh nazdida munofiq deb yoziladi. Unga o‘zining gunohi va kim unga ergashgan bo‘lsa, ularning ham gunohi bo‘ladi.


202. Sumra ibn Jundub (Alloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lib, bizga yuzlanib: “Bu kecha kim tush ko‘rdi?” deb so‘rar edilar. Odamlar nima tush ko‘rsalar, aytib berishardi. Bir kuni bizdan: “Birortangiz tush ko‘rdingizmi?” deb so‘radilar. Biz: “Yo‘q”, dedik. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.): “Ammo men bu kecha bir tush ko‘rdim. Tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, menga, yur, deyishdi. Men ular bilan yurdim, meni bir tekis yerga olib chiqishdi, bir kishi chalqancha yotibdi, yana biri boshida tik turibdi. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmoqda edi. Men: “Bu kimdir?” deb so‘radim. Ular: “Yurgin, ketdik”, deyishdi. Yana bir joyga bordik, u yerda bir kishi o‘tiribdi va bir kishi tikka turibdi. Tik turgan kishi qo‘lidagi temir chingakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, u lunjidan chiqarardi. “Changakni sug‘urib olganda, lunji tuzalib qolardi. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu qadar to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar ediki, buni ko‘rib: “Bu nima?”, deb so‘radim. Ular: “Qani, yurgin, ketdik”, deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng chuqurlik bor ekan. Uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga bilan chuqurdan uchib chiqib ketay deyishar, alanga pasaygan vaqtda alanga bilan yana chuqur tubiga tushib ketardi. O‘tda kuyayotganlar orasida yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bor edi. “Bular kimlar?” deb so‘radim. Ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Yura-yura qonga o‘xshash qizil daryo bo‘yiga yetib


keldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida esa boshqa bir odam turibdi. Daryodagi
odam qirg‘oqqa chiqaman desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh bilan urib, daryoga qaytarib tushirib yuborardi. U yana chiqaman desa, tag‘in urib tushirib yuborar edi. “Bu nima?”, desam, ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Keyin ko‘rinishi xunuk bir odamning oldiga keldik, uning atrofida katta alanga bor, unga o‘t tashlar-di va atrofida sai’ harakat qilardi. “Subhonalloh, bu nimadir?” dedim. Ular: “Yurgil, ketdik”, deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor edi, uning tagida bir chol bir to‘da bolalar bilan o‘tirardi. Men shu choqqacha bunday muhtasham uyni ko‘rmagan edim. Uning ichida chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor ekan. Keyin meni daraxtning yuqorisidagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq edi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan ekan. Men sheriklarimga qarab: “Bu kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni aytib tushuntirib beringlar”, dedim. Ular: “Bo‘pti”, deb menga tushuntira ketdilar. Boshi majaqlanayotgan odam, Qur’ondan bexabar bo‘lib, u kechalar g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab azob berilgaydir.
Va lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob, yolg‘onchi bo‘lib, uning gaplari ufqqa qadar yetib borgandir. Unga o‘zing ko‘rganingdek azob berilgaydir. Chuqurda ko‘rganlaring zino qilgan odamlardir. Daryoda ko‘rganlaring sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol esa, Ibrohim alayhissalom, atrofidagi bolalar odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O‘t yondirayotgan kishi – o‘t yoquvchilar boshlig‘i. Sen kirgan birinchi uy umum mo‘minlar uyidir. Ammo keyingi uy esa shahidlarniki, men bo‘lsam Jabroildirman, bu esa Mikoildir”.

“Bir kishi so‘radi: “Mushriklarning farzandlari-chi?” deb. Aytdilar: “Mushriklarning ham bolalari Ibrohim alayhissalomning oldilarida bo‘ladi”.


Mushriklarning bolalari to‘g‘risida har xil xabarlar kelgan. Ba’zilar jannat ahli uchun xizmatchi bo‘ladi, deyishadi. Ba’zilar, ular do‘zax ahlidandir, deyishadi. Alloh bilguvchiroqdir.


Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytadi: “So‘zlarning to‘g‘risi – Alloh kalomi; gapning ulug‘rog‘i – Allohni zikr qilish; ko‘rlikning eng yomoni qalb ko‘rligidir. Ko‘p bo‘lib, naf bermaganidan, oz bo‘lib, naf bergani yaxshi. Pushaymonning yomoni qiyomat kunidagi pushmaymondir. Boylikning yaxshisi nafs va qalb boyligidir. Ozuqaning yaxshisi taqvodir. Aroq gunohlarning jam qiluvchisidir. Xotinlar shaytonlarning iplaridir. Yoshlik jinnilikdan bir bo‘lakdir. Kasblarning yomoni ribo (sudxo‘rlik) kasbidir. Xatolarning ulug‘rog‘i tilning yolg‘onchiligidir”.


203. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Yolg‘onchilik uch narsada durust bo‘ladi: urushda, chunki urush aldashlikdir, ikki kishining orasini isloh qilishda; er-xotinning orasini isloh qilishda”.


Ba’zi tobe’inlardan rivoyat qilindi: “Bilingki, to‘g‘rilik avliyolarning ziynatidir, albatta, yolg‘onchilik badbaxtlarning alomatidandir”.


Alloh taolo o‘z kitobida bayon qilganidek:


Bu kun (ya’ni qiyomat kuni) haq - rost imon keltirganlarga rost so‘zlari foyda beradigan kundir”. (Moida, 119) va yana aytadi: “Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va imonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz” (Tavba,
119) va yana aytdi:
Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni Muhammad (s.a.v.) va uni tasdiq etgan

Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə