Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə49/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

«(Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men sizlardan bu (da’vatim) uchun ajr-mukofot so‘ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do‘stlik, yaqinliknigina (so‘rayman)» (Sho‘ro, 23); «Mening ajr-mukofotim yolg‘iz Allohning zimmasidadir» (Sa’ba, 47). Shuningdek, olimlar ham payg‘ambarlarga ergashmoqliklari va bergan ilmlariga haq olmasliklari lozim bo‘ladi.

Ammo Iso alayhissalomning so‘zidagi «qahqaha bilan kulishlik» makruhdir. Ushbu amallar, axmoqlarninggina amallaridandir. «Kechasi bedor bo‘lmay, yana kunduzi uxlashlik», ya’ni kunduzning avvalida uxlashlik, kechasi bedor bo‘lmasdan, bu ham ahmoqlikdir.


248. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kunning avvalida uxlashlik ahmoqlik, o‘rtasida uxlashlik xush xulqlilik, kunning oxirida uxlashlik nodonlikdir».


249. Ibn Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) bir kuni masjidga chiqdilar, qavm gapirib, kulishib turardi. Payg‘ambar (s.a.v.) ularning oldida to‘xtab, salom berdilar va ularga: «Lazzatlarni kesuvchi narsani ko‘p zikr qilinglar», dedilar. Bizlar: «Yo Rasulalloh, lazzatlarni kesuvchi narsa nima?» deb so‘radik. «O‘lim», dedilar. Shundan keyin, yana bir kuni chiqdilar. Qavm kulishib turgan edi. Ularga salom


berib: «Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar men bilgan narsalarni sizlar bilganingizda edi, albatta, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar», dedilar. Shundan so‘ng, yana bir kun masjidga chiqdilar. Qavm kulishib, gapirishib turgan edi, ularga salom berib: «Albatta, Islom g‘arib holatda boshlandi va g‘arib holatga qaytadi. Qiyomat kunida g‘ariblarga qanday ham yaxshi», dedilar. So‘rashdilarki: «Qiyomat kunidagi g‘ariblar kimlar?» deb. «Odamlar buzilib ketgan vaqtda ular salohiyat va yaxshilikda bo‘ladilar», dedilar».

Faqih aytadi: Bizlarga Ishoq ibn Mansur aytadiki: «Xizr alayhissalom Muso alayhissalomdan ajralayotgan vaqtda Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: «Menga mav’iza qiling», dedilar. Xizr alayhissalom: «Yo Muso, tortishishdan saqlaning, biror hojatsiz yuruvchi bo‘lmang, sababsiz kulmang, xato qilgan kishiga xatosini aytib ayb- lamang», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Xato qilguvchilarning xatosini aytib, ayblamang va qilgan xatolaringizga yig‘lang, ey Imron o‘g‘li», degan edilar».


250. Ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar, balki tabassum qilardilar, qaraganlarida ham hammaga barobar qarar edilar».


Bu xabar tabassum qilishning mubohligiga dalildir. Albatta, qahqaha otib kulishdan qaytardilar. Kishi qahqaha otib ozgina kulsa, oxiratda ko‘p yig‘laydi. Endi o‘ylangchi, dunyoda ko‘p kulsa, qiyomat kunida uning holi qanday bo‘ladi? Alloh taolo: «Bas, o‘zlarining kasb qilgan narsalarini (ya’ni kofirlikni tanlaganlari) jazosiga (bu dunyoda) ozgina kulsinlar, (so‘ngra oxiratda) ko‘p yig‘lasinlar!» (Tavba, 82).


Rabi’ ibn Husayma deydi: Allohning kalomida: «Ozgina kulsinlar» – dunyoda va «ko‘p yig‘lasinlar» – oxiratda jahannam o‘tida «qilgan kasblariga jazo bo‘lib», deyilmoqda.


Hasan Basriy aytdi (roziyallohu anhu): «Ajabo kuluvchidan! Uning orqasida do‘zax! Ajabo xursand bo‘luvchidan! Uning orqasida o‘lim!»


Aytiladiki: «Hasan Basriy kulib turgan yigitni oldidan o‘tdi va unga qarab: «Ey o‘g‘lim, sirotdan o‘tdingmi?» dedi. Yigit: «Yo‘q!» deb javob qildi. Yana savol qildi: «Senga ravshan bo‘ldimi jannatda yoki do‘zaxda bo‘lishing?» Yigit: «Yo‘q!» dedi. Hasan Basriy so‘radi: «Kulishingga ne sababdir?»


Bu suhbatdan keyin o‘sha yigitning kulgani ko‘rilmadi. Hasan Basriyning so‘zlari uning qalbiga o‘rnashib, kulishdan tavba qilgan ekan».


Zikr qilinishicha, o‘sha zamonning olimlari shunday edilar. Ular biror mav’izada gapirsalar, ularning kalomlari eshituvchiga ta’sir qilardi. Chunki ular ilmlariga amal qilardilar, ularning ilmlari boshqalarga ta’sir qilardi. Ammo bizning zamonamiz olimlari ilmlariga amal qilmaganidan, boshqalarga ham ilmlari foyda bermaydi.


Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Kim kulib gunoh qilsa, u do‘zaxga yig‘lab kiradi».




Aytildi: «Odamlarning dunyoda ko‘p kulganlari oxiratda ko‘p yig‘laydilar. Dunyoda ko‘p yig‘laganlari jannatda ko‘p kuladilar».
Yahyo ibn Maoz Roziy aytadi: «To‘rt xislat mo‘minning kulishdan va xafa bo‘lishidan
man’ qilib qo‘yadi: 1) oxirat g‘ami; 2) yashash bilan shug‘ullanish; 3) gunohlar g‘ami; 4)
musibatlarning og‘riqlari».

Mo‘min kishiga mana bu to‘rt xislat bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim. Bu xislatlar kulishlikdan uni man’ qiladi. Albatta, kulish mo‘minning amalidan emas.


Alloh taolo kulish bilan yurgan qavmni aybladi: «Ey mushriklar, hali sizlar mana shu so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi? (Undagi oyatlarning benazir va bemisl o‘git-nasihatlaridan ta’sirlanib) yig‘lamasdan, g‘ofil bo‘lgan hollaringizda kulursizlarmi?» (Najm, 59–61).


Yig‘lash bilan yurgan qavmlarni maqtadi: «Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va (Qur’on) xokisorliklarini ziyoda qilur» (Al-Isro, 109).


Va aytildi: «Tiriklarning g‘ami besh narsadir. Inson mana shu besh g‘am bilan yurmog‘i lozim bo‘ladi:


1. O‘tgan gunohlarining g‘ami, chunki u qilgan gunohlari afv qilingani ravshan emas. Mana shundan g‘amgin va mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim.
2. U yaxshi amallar qildi, ammo uning qabul qilinganligi aniq-ravshan emas.
3. U o‘tgan hayotining qanday, qaerda o‘tganini bildi, lekin qolgan umrining qanday o‘tishini bilmaydi.
4. U Allohning ikki uyi borligini biladi. Lekin qaysi birida bo‘lishini bilmaydi.
5. Alloh taolo undan rozi yoki g‘azabli ekanligini bilmaydi. Kimning hayotida bu besh narsalar bo‘lsa, albatta u kulishdan qaytadi.

Kimning hayotida mana bu besh narsa bo‘lmasa, o‘limidan keyin besh g‘am uning istiqboliga chiqadi:


1. Harom va shubhalardan yig‘ib qoldirgan narsalari va ularni dushman (vorislariga)
qoldirganiga hasrat qilishligi.
2. Yaxshi amallarni yaqinda qilaman, deb kechiktirganligiga pushaymon bo‘lishlik va amallarini kitobida (nomai a’molida) kam ko‘rganidan keyin, yaxshi amallar qilish uchun ruxsat so‘raydi, unga ruxsat berilmaydi.
3. Gunohlariga pushaymon bo‘lishligi, u kitobida ko‘p gunohlarni ko‘radi, shundan so‘ng tavba qilishga, qaytishga ruxsat so‘raydi. Unga ruxsat berilmaydi.
4. O‘zida dushmanlarni ko‘p ko‘rmoqligi. Ularga o‘z yaxshi amallarini berib, rozi qilishdan boshqa yo‘l topolmaydi.
5. Allohning unga g‘azabi borligini ko‘radi va Uni rozi qilish mumkin bo‘lmaydi»

251. Abu Zarr G‘iforiy rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Agar men bilgan narsani sizlar bilganlaringizda edi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi baland joylarga chiqib, baland ovozda Rabbilaringizga duo qilar edingizlar va yig‘lardingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi, xotinlaringiz bilan quvonib yurmas edingizlar va to‘shaklaringizga ham olmas edingizlar. Koshki, Alloh taolo meni xalq etgan kunda kesiladigan daraxt qilib yaratganda edi!»


Yunus Hasan Basriydan rivoyat qiladi: «Basriy aytdi: «Mo‘min xafa holatda kechani o‘tkazadi va xafa holatida tong ottiradi». Hasan Basriyni qachon ko‘rsam u kishiga yangi musibat kelgandek ko‘rardim».


Boshqa rivoyatda aytiladi: Hasan Basriy xuddi onasini ko‘mib kelgan kishi suratida xafa holatida ko‘rinar edilar.


Avzoiy Allohning:

Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə