Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə54/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

«Allohning ushbu so‘zini inkor qilasizlarmi? «Holbuki, shak-shubhasiz, sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘ (farishta)lar bordir» (Infitor, 10–11). Va yana:
«Zotan, o‘ng va chap (tomon)da o‘tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi farishta insonning aytgan va qilgan barcha yaxshi-yomon so‘z-amallarini) qabul qilib, yozib tururlar. U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa)
uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur(Qof, 17–18). Birontangiz kunning boshida yozilgan sahifasi ochilganda, undagi ko‘p amallari din va dunyo ishlaridan bo‘lmay, uyalib qolmaydimi?»

271. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «To‘rt narsa faqat taajjub bilan bo‘ladi. Sukut qilishlik, u ibodatning avvalidir. Tavozu’, Allohni zikr qilish va faqirligi ozgina bo‘lishi».


Bu lafz Iso alayhissalomdan ham zikr qilingan.


272. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.)


aytdilar: «Kishi musulmonligining go‘zalligi ma’nosiz so‘zlarni tark qilishligidir».

Luqmoni Hakimdan so‘raldiki: «Biz sizda ko‘rib turgan narsaga qanday yetdingiz?» deb. Aytdi: «Gapning to‘g‘riligi, omonatni ado etishlik va keraksiz so‘zlarni tark qilishlik bilan».


Abu Bakr ibn Iyyoshdan rivoyat qilindi. Aytdi: «To‘rt podshohning har biri bittadan kalima gapirishdi. Ular go‘yoki bir kamondan otilgan o‘qdek edi. Kisro aytdi: «Aytmagan so‘zimga pushaymon yemayman, aytgan so‘zimga pushaymon yeyman». Xitoy podshohi aytdi: «Gapirmagan gapimga men ega, gapirgan gapim esa, menga ega». Rum


podshohi dedi: «Men gapirmagan gapni rad qilishga gapirganimni rad qilishdan ko‘ra qodirroqman». Hind podshohi aytdi: «Ajabki, bir kishi bir kalimani gapirsa, u kalima og‘izdan chiqib, unga zarar beradi. Agar chiqmasa ham unga zarar bermasdi».

Rabi’ ibn Xusaymdan rivoyat qilindi: U kishi tong bo‘lsa, qog‘oz va qalamni olardi, hech narsa gapirmasdan faqat yozardi va yodlardi. Keyin kech bo‘lganda o‘zi bilan hisoblashardi.


Faqih aytadi: Bu ishlar zohidlarning amallaridan edi. Ular tilni saqlamoqlikni o‘z ustilariga yuklagan edilar va dunyoda o‘zlari bilan hisoblashardilar. Shuningdek, musulmon uchun oxiratda hisoblashmasdan oldin, bu dunyoda o‘zi bilan hisoblashmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki dunyo hisobi oxirat hisobidan yengildir. Tilni saqlashlik oxiratdagi pushaymonlikdan dunyoda yengilroqdir.


Ibrohim Taymiydan rivoyat qilindi: «Menga bir kishi gapirib qoldi. U Rabi’ ibn Xusaym bilan yigirma yil birga bo‘lib, undan biron yomon gap eshitmagan ekan».


Muso ibn Said aytadi: Husayn ibn Aliga, Alloh ikkovlaridan rozi bo‘lsin, musibat yetib, u kishi o‘ldirildi, shunda Rabi’ning sahobalaridan biri: «Agar Rabi’ gapirsa, bugun gapiradi», dedi. Eshigining oldiga keldi va Xusaynning o‘ldirilgani xabarini u kishiga yetkazdi. U kishi shunda osmonga qarab, bu oyatni o‘qidi: «Ayting: Allohim, (ey) osmonlar va yerni ilk bor yaratgan Zot, (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz o‘zinggina bandalaring o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan» (Zumar, 46). Rabi’ mana shundan boshqa hech narsa demadi.


Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Johil kishi olti xislat bilan bilinadi:


1. Behuda narsalarga g‘azab qilishlik, ya’ni Odam farzandiga g‘azab qilgandek, hayvonga yoki unga yomon ko‘ringan har narsaga g‘azab qiladi».
2. Foydasiz kalom. Oqil kishi o‘ziga foyda bermaydigan gaplarni gapirmaydi. Balki dunyo va oxirat ishlarida manfaat beradigan so‘zni sevadi.
3. Keraksiz joyga bermoq. Ya’ni molini ajr berishga noloyiq, uni berish mumkin bo‘lmagan joyga sarf qilishlik. Bu johillik alomatidandir.
4. Har kimning oldida sirini ochaverish.
5. Har insonga ishonaverish.
6. Do‘stni dushmandan ajrata olmaslik. Ya’ni, kishiga do‘stini topib, unga itoatda bo‘lmog‘i, dushmanini bilib, undan hazar qilmog‘i lozim bo‘ladi. Birinchi dushman shaytondir. Unga hech joyda bo‘ysunmaslik lozimdir.

Iso ibn Maryam alayhissalomdan rivoyat qilindi: «Har bir kalomda Allohning zikri bo‘lmasa, u bekordir. har qanday sukutda fikrlash bo‘lmasa, u g‘aflatdir. Har bir qarashda ibrat bo‘lmasa, u behudadir. Kalomida Allohning zikri, sukutida fikrlash va qarashida ibrat bo‘lgan kishiga qanday yaxshi».


Avzoiy aytadi: «Mo‘min kalomini kamaytiradi va amalini ko‘paytiradi. Munofiq kalomni ko‘paytirib, amalni kamaytiradi».


273. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Besh narsa munofiqda bo‘lmaydi, dinni bilishlik, til bilan taqvo qilish, yuzida tabassumlik, qalbida nurlik va musulmonlarni yaxshi ko‘rish».


Yahyo ibn Aksam aytdi: «Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallaridan ham bilinadi. Agar gapirgan gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi».


Luqmon Hakim o‘g‘liga aytdi: «Ey o‘g‘ilginam, kim yomonlik egasining suhbatida bo‘lsa, omon bo‘lmaydi, kim yomonlik kiradigan joyga kirsa, tuhmatlanadi va kimki tiliga egalik qilmasa, pushaymon yeydi».


274. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Tiliga egalik qilgan, uyidan tashqariga chiqmagan va xatosiga yig‘lagan kishiga naqadar yaxshi».


Faqih aytdi: Otam Hasan Basriydan gapirdi: «Hakimning tili yuragining orqasidadir. Agar gapirmoqlikni xohlasa, yuragiga qaraydi, mabodo unda yaxshilik bo‘lsa, gapiradi. Agar


birovning zarariga bo‘lsa, gapirmaydi. Johilning yuragi tilining atrofidadir, u yuragiga qaramaydi. Tiliga nima kelsa gapiraveradi».

275. Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Ey Allohning elchisi, Ibrohimning sahifalarida nima bor?» Aytdilarki: «Unda misollar va ibratlar bordir. Aqliga yengilmagan kishiga tilini


saqlamog‘i, zamonini bilmog‘i va o‘z ishiga yuzlangan bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki kim so‘zini amalidan hisob qilsa, foyda beradigan joydan boshqasida so‘zini kamaytiradi».

276. Ali ibn Abu Tolib aytdi: «Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, ul kishi bu so‘zlarni aytdilar: «Oqil kishi uchun uch narsaga diqqat bilan qaramog‘i lozim bo‘ladi:


Yashashni hurmat qilmog‘i. Oxirati uchun yolg‘iz bo‘lmog‘i. Harom bo‘lmagan narsalardan lazzatlanish».


Aytdilar: «Oqil kishi uchun kuni to‘rt soat bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi: bir soatida Rabbiga murojaat qilmog‘i, bir soatida o‘zining nafsi bilan hisoblashmog‘i, bir soatida din va dunyo ishida yo‘l ko‘rsatadigan va nasihat qiladigan ilm ahliga kelmog‘i, bir soatida o‘zi va lazzatlari o‘rtasida yolg‘iz qolmog‘i».


Aytdilar: «Oqil kishi uchun o‘z ishiga qaramog‘i, zamon ahlini bilmog‘i, farjini va tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi».


Faqih aytadi: «Bu kalimalar Dovud oilasi hikmatlarida yozilgan.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, «Luqmoni Hakim Dovud alayhissalomning oldilariga kirganida, Payg‘ambar alayhissalom sovut yasab o‘tirgan edilar. Bu ko‘rgan narsasidan ajablanib so‘ramoqchi bo‘libdi. Bundan hikmati qaytaribdi. Nafsini tiyib so‘ramabdi. Dovud alayhissalom ishidan bo‘shab, sovutni kiyibdilar. Keyin:


«Bu sovut urush uchun nechog‘lik yaxshi. Uni yasovchi ham qanday yaxshi!» debdilar. Shunda Luqmoni Hakim: «Jim turishlik hikmatdir va unday qiluvchilar ozchilikdir», dedi».

Shoir aytdi:



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə