Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


 Ish haqi stavkasi ko’tarilganda



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə31/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
04.масалалар туплами

32.  Ish haqi stavkasi ko’tarilganda:
a)bandlik qisqaradi, agar mehnatga bo’lgan talab elastik bo’lsa;
b) bandlik qisqaradi, agar mehnatga bo’lgan talab mutloq Noelastik bo’lsa;
v) bandlik miqdori oshadi, agar mehnatga bo’lgan talab elastik bo’lsa;
g)bandlik miqdori oshadi, agar mehnatga bo’lgan talab Noelastik bo’lsa;
d) to’g’ri javob yo’q.
IV BOB. INDIVIDUAL VA BOZOR TALABI
Asosiy tushunchalar
Umumiy naflik – iste’mol qilingan ne’matlardan olingan jami naflik.
CHekli naflik – oxirgi yoki navbatdagi birlik ne’matni iste’mol qilishdan olinadigan naflik.
CHekli naflikning kamayish qonuni - biror-bir ne’matdan har birlik qo’shimcha iste’mol (boshqa ne’matlar iste’moli hajmi o’zgarmaganda) oldingisiga nisbatan kamroq naf berib borishi tushuniladi.
Naflik funktsiyasi – iste’mol qilingan ne’matlar miqdorining o’zgarishi natijasida olinadigan naflikni o’zgarishini ifodalovchi funktsiya . ; U – naflik; x1x2… xn – iste’mol qilingan ne’matlar miqdorlari.
Ne’matning chekli nafligi naflik funktsiya sidan ne’mat miqdori bo’yicha olingan xususiy hosilaga teng:
Iste’molchining muvozanat holati
MUxi – i - ne’matning chekli nafligi, bu yerda i=1,2,3……n.
Pi – i - ne’matning narxi.
Funksional talab – tovar sifatiga bog’liq bo’lgan talab.
Nofunktsional talab – tovar sifatiga bog’liq bo’lmagan omillarga asoslangan talab.
Ko’pchilikka qo’shilish samaradorligi – bu iste’molchi talabining o’sish samarasi bo’lib, ko’pchilik sotib oladigan tovarni umumiy qabul qilingan me’yorlarga ko’ra sotib olish.
Snoba samarasi – talabning o’zgarish samarasi bo’lib boshqalar iste’mol qilgani uchun iste’mol qilinadi.
Veblen samarasi – tovarning narxi juda yuqori bo’lganligi bilan bog’liq bo’lgan iste’mol talabining o’sish samarasi.
CHayqovchilik muhiti talabi (spekulyativ) – narxni kelajakda ortishining kutilishi tovarga bo’lgan talabning bugungi kunda ortishiga olib keladi (tovarni bugungi kunda iste’mol qilishdan naflik ortadi).

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə