Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/3
tarix03.02.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#83424
1   2   3
mustaqil ish

Birlamchi va tashqi kalitlar haqida tushuncha
Kalit — bu talab etilayotgan mohiyat nusxasini topishda yor- dam beradigan atributlarning minimal to‘plami. Minimal deyi- lishining sababi shundaki, agar to‘plamdagi istalgan biror-bir atribut yo‘qotilsa, qolgan atributlar yordamida mohiyatni iden- tifikatsiyalash mumkin emas. Har bir mohiyat hech bo‘lmagan- da bitta kalitni tasvirlaydi. Ulardan biri birinchi kalitni qabul qiladi. Birinchi kalitni tanlashda faqat minimal sonli atributlar- dan tashkil topgan maydon nazarda tutuladi. Bundan tashqari kalitni ishlatishda uzun matnli va qiymatli maydonni olish tavsiya etilmaydi (butun sonli atributlarni ishlatish foydaliroq- dir). Talabalar identifikatsiyasi uchun unikal (qaytarilmaydigan, yagona ma’nosida) nomer bo‘lgan imtihon daftarchasi nomerini yoki familiyasini, guruh nomerini va boshqa qo‘shimcha atribut- larni ishlatish mumkin. Lekin bunday hollarda ikkita bitta familiyali talaba chiqib qolishi ham mumkin.

Birinchi kalit sterjenli mohiyat bo‘lishligi ruxsat etilmaydi

(birinchi kalitda qatnashuvchi har qanday atribut). Aks holda qarama-qarshi holat yuz beradi. Shu sabab unikal birinchi kalit- ni tashkil qilish va ta’minlash kerak.

Agar C mohiyati ikkita A va B mohiyatni bog‘lasa, u holda A va B mohiyatlar birinchi kalitga mos tashqi kalitni tashkil etishi kerak.

Agar B mohiyat ikkinchi A mohiyatni belgilasa, u holda A mohiyat birinchi kalitga mos tashqi kalitni tashkil etishi kerak.

Har qanday o‘zaro bog‘lanishlarda bo‘lgan mohiyatlarni bel- gilash uchun (sterjenli, xarakteristik, belgilash, assotsiatsiya kabi) yangi birlashtirilgan termin: “Maqsad” yoki “Maqsadli mohi- yat” ishlatiladi.

Assotsiyalarni ko‘rsatish usulini tanlash muammosini qarashda ma’lumotlar bazasida “Qaysi kalit tashqi kalit?» degan

savolga javob olish kerak bo‘ladi. Keyinchalik, har bir tashqi kalit uchun uchta savolni yechish kerak bo‘ladi:



  • Ishlatilayotgan tashqi kalit aniqlanmagan qiymat qabul qi- lishi mumkinmi (NULL-qiymat)?

  • Tashqi kalitga murojaat qilayotgan maqsadli mohiyatni o‘chirishga harakat bo‘lganda nima yuz berishi mumkin?

  • Tashqi kalitga murojaat qilayotgan maqsadli mohiyat bi- rinchi kalitni yangilashga harakat qilinganda nima yuz berishi mumkin?

Shunday qilib, har bir tashqi kalit uchun ma’lumotlar bazasini loyihalovchi loyihada tashqi kalitni tashkil qiluvchi maydon yoki maydonlar kombinatsiyasini tashkil etishi kerak.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə